Referati Tayyorladi : Akramov. B qabul qildi: Karimov. F toshkent -2022 Mavzu: Arab bahorining ahamiyati


Download 352.22 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi352.22 Kb.
#1262741
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Referat Akramov.B

2. Inqilobning yuzaga kelishi
Tunisning chekka bir qasabasida amal-taqal kun koʻrib yurgan baqqol yigitning oʻz joniga qasd qilishi – butun arab dunyosini saratondagi chaqindek larzaga solishi, larzaga solish ne, ostin-ustin qilishi, sokin hayotini toshqin daryoga aylantirishi mumkinligi hech kimning xayoliga kelmagandi.
2010 yil 17 dekabr. Sidi-Buzid bozorida savdo-sotiq qilayotgan 26 yoshli Muhammad Buaziziy va mirshab ayol Faida Hamdi oʻrtasida gap qochadi. Yigitcha hujjatsiz oldi-sotdi qilayotganidan xabar topgan Hamdi xonim uning yuziga tarsaki tushiradi, ikki ogʻiz nordon gap aytib, qoʻliga jarima pattasini tutqazadi. He yoʻq-be yoʻq haqoratlangan, boz ustiga, “zaifa” mirshabdan tarsaki yegan yalangtoʻsh yigitcha oyogʻini qoʻliga olib, shahar hokimligiga chopadi. Ammo uning arziga quloq osadigan dodxoh topilmaydi. Oʻzini tahqirlangan deb hisoblagan Muhammad Buaziziy hokimlik binosi yonida oʻz ustidan benzin quyib, oʻt qoʻyadi.
1914 yil 28 iyunda Sarayevoda ersgersog Frans Ferdinandning oʻldirilishi Birinchi jahon urushi boshlanishi va undan keyin qirgʻinbarotlarga bahonai sabab boʻlgandi. Tarix yana takrorlandi. Muhammad Buaziziyning vujudini kuydirgan olov koʻp oʻtmay dahshatli alangaga aylanib, butun arab dunyosini oʻz domiga tortdi. Yangi davr tarixiga “Arab bahori” degan shoirona nom bilan tirkalgan tinch namoyishlar qonli davlat toʻntarishlariga ulanib ketdi. Oʻrmonga oʻt ketsa, hoʻlu quruq baravar yonadi: siyosiy tartibning izdan chiqishi barcha sohalar qatori fan, taʼlim, sanʼat, adabiyotga ham xatarnok taʼsir koʻrsatdi. Koʻp asrlik gʻaflat uyqusidan uygʻonib, oʻzligini tanish yoʻliga oʻtayotgan arab olami koʻz ochib yumguncha harbu zarb maydoniga aylandi-qoldi.
Eʼtirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxoʻrligi va qattiqqoʻlligiga achchiq qilib oʻzini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi. Tunis toʻntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi oʻxshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar toʻlqini qoʻshni mamlakatlarga oʻtdi, jumladan eʼtirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi, nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga tushdi. Koʻpgina vaziyatlarda eʼtirozli kunlar "jahl kunlari", deb ataldi.
Eʼtirozlar natijasida birinchi boʻlib oʻzgargan hukumat Tunisniki boʻldi: sobiq Prezident Zayn al-Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta eʼtirozlar Misrda 2011-yil 25-yanvarida boshlandi. Toʻrt kunlik namoyishlardan soʻng Prezident Husni Muborak islohotlar oʻtkazishga vaʼda berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan keyin davom etgan namoyishlardan soʻng Muborak 30 yillik mansabini boshqa egallamasligini, sentabrda boʻlib oʻtadigan saylovlardan soʻng isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi, Yaman Prezident Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi

  Hukumat toʻntarildi
  Fuqarolar urushi
  Hukumat baʼzi aʼzolari almashtirildi
  Davomiy tartibsizlik (Bahrayn)
  Yirik eʼtirozlar
  Kichik eʼtirozlar
  Arab dunyosidan tashqaridagi aloqador eʼtirozlar

Qachon boshlandi

Mamlakat

Qachon tugadi

E’tiroz tur(lar)i

Natija

O’limlar




18-dekabr 2010-yil




(Tunis)




O’zini yoqish
Namoyishlar

Hukumat to’ntarildi,president mamlakatdan ketdi(2011-yil)

219







28-dekabr 2010-yil




(Jazoir)




Namoyishlar

Prezident favqulodda vaziyatni bekor qildi

5





13-yanvar 2011-yil




(Liviya)

16-yanvar 2011-yil

Turar-joy muammos, korrupsiya

Hukumat aholini turar joy bilan ta’minlashga va’da berdi

0




14-yanvar 2011-yil




(Iordaniya)




Kichik e’tirozlar

Vazirlar mahkamasi tarkibi almashtirildi

0





17-yanvar 2011-yil




(Mavritaniya)

17-yanvar 2011-yil

O’zini yoqish




1





17-yanvar 2011-yil




(Ummon)

17-yanvar 2011-yil

Kichik e’tirozlar




0





21-yanvar 2011-yil




(saudiya)

29-yanvar 2011-yil

O’zini yoqish, namoyishlar




4





25-yanvar 2011-yil




(Misr)




Butun mamlakat bo’yicha namoyishalar

Vazrilar mahkamasi almashdi, president ketdi

300 tagacha









Download 352.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling