Referati Tayyorladi : Akramov. B qabul qildi: Karimov. F toshkent -2022 Mavzu: Arab bahorining ahamiyati
« Arab bahori » dan keyingi holatlar
Download 352.22 Kb.
|
Referat Akramov.B
3. « Arab bahori » dan keyingi holatlar
2010-yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada "arab bahori" nomini olgan voqealar boshlandi. Xalq zulmkor hukumatlar, adolatsiz siyosat, iqtisodiy nochorlik, korrupsiyaga qarshi bosh ko'tardi, ko'plab mamlakatlarda ommaviy namoyishlar o'tkazildi, hukumatlar almashdi. Biroq inqilob yuz bergan hech bir mamlakatda o'ylangan maqsadga erishilmadi. Na qashshoqlik va korrupsiyadan xalos bo'lishni istagan oddiy xalqning, na G'arbdagi kuzatuvchilar va homiylarning umidlari oqlandi. Inqiloblar eng boshida G'arb mamlakatlari poytaxtlarida nishonlandi, ko'plab arab yoshlarini progressiv g'oyalarga ilhomlantirdi. Avtokratik rahbarlarning ketishi va saylovlarni o'tkazish bilan ijobiy o'zgarishlarga erishish mumkin deb o'ylagan odamlarning bir necha oydan so'ng umidlari puchga chiqdi. Mintaqada vaziyat barqarorlashmadi. O'zgarishlardan eng avvalo jihodchilar unumli foydalandi. Muammar Qaddafiyning hokimiyatdan ag'darilishi ketidan Liviya beqarorlikka cho'mdi. Hokimiyat uchun bir-biriga qarshi guruhlar kurasha boshladi, jihodchilar AQShning Bing'ozidagi diplomatik vakolatxonasiga hujum qilib, elchi Kristofer Stivens va yana uch amerikalikni o'ldirdi, "Islomiy davlat" to'dasi mamlakatda chuqur ildiz otdi. Misrda esa islomiy hukumat shakllanib, progressiv kuchlar va sobiq rejim tarafdorlarini g'azabga soldi. Armiya bosh ko'tarib, Prezident Muhammad Mursiy va taradforlarini hibsga oldi, general Abdul Fattoh Sissiy hokimiyatga keldiyu, yangi rahbar "arab bahori" natijasida ag'darilgan Husni Muborak siyosatini davom ettirishga kirishdi. Mart oxirida Misrda prezident saylovlari o'tkaziladi, biroq Sissiy poygada u bilan bellashmoqchi bo'lgan to'rt kishini hibsga olishni buyurdi. Yamanda esa fuqarolar urushi boshlanib, bir-biriga raqib Saudiya Arabistoni va Eron manfaatlari to'qnashdi. Ekstremist kuchlar bosh ko'tarmoqda. "Arab bahori"dan eng qattiq zarar ko'rgan Suriya bo'ldi. Bu mamlakatda hukumatga qarshi namoyishlar va qo'zg'olonlar qattiq bostirildi, jihodchi guruhlar ko'payib, Rossiya, AQSh, Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar kabi davlatlar mojarodagi turli taraflarni qo'llab-quvvatlab, yuz minglab odamlarning hayotiga zomin bo'ldi. "Arab bahoridan so'ng: Islomiy kuchlarning Yaqin Sharq inqiloblaridan foydalangani haqida" degan kitob muallifi Jon Bredlining aytishicha, G'arb hukumatlari va arab dunyosidagi progressiv kuchlar "arab bahorini" Berlin devori qulashiga qiyoslab, erta olqishlashi xato bo'lgan. Boshqalar "arab bahori" kutilgan natija berishi mumkin edi, degan fikrda. Tahlilchi Mettyu Partrijning aytishicha, Amerika va Yevropa kuzatuvchi bo'lib turmasdan, bu ishga bosh-qosh bo'lishi kerak edi. Ba'zi tahlillarga qaraganda, mintaqadagi inqiloblarga sabab bo'lgan omillardan biri yoshlar orasida ishsizlik bo'lib, muammo hanuz hal etilgani yo'q. "Arab bahori"ni boshidan kechirgan mamlakatlarda aholi yosh bo'lib, hukumatlar ularni band qilishga ojiz. Biroq inqilobdan keyin aholi turmush darajasi yaxshilanmadi. Hokimiyatga islomiy kuchlar keldi, dunyoviy qarashdagi guruhlar yangi hukumatni va’dalarining ustidan chiqmagani uchun tanqid qilmoqda. Steysi Gutkovski, Yaqin Sharq bo’yicha mutaxassis: “Inqilob so’zida romantik bir ma’no bor. Uni eshitganimizda odatda Berlin devorining qulashi kabi dramatik hodisalarni tasavvur qilamiz. Vaholanki, mintaqada bunday hodisa kuzatilmadi. Jiddiy o’zgarish bo’lmadi”. Gutkovski fikricha, hukumatlar ag’darilib, yangi rahbarlar hokimiyatga kelgan jamiyatlarda ham odamlarning umidi puchga chiqdi. Bundan tashqari shimoliy Afrikadagi jarayonlar dunyoning boshqa qismiga tarqalmadi. Masalan, Suriyada hukumat va muxolifat o’rtasida qonli to’qnashuvlar davom etmoqda, minglab fuqarolar nobud bo’ldi. Fors ko’rfazi bo’yidagi davlatlarda yakkahokim rahbarlar hali ham hokimiyat cho’qqisida. Xalq ularga qarshi ko’tarilgani,yo’q. Bu mintaqada hukumatlar bir-biridan farq qiladi, siyosiy madaniyat ham boshqa-boshqa, deydi Britaniyaning Liviya va Erondagi sobiq elchisi Richard Dalton. “Arab uyg’onishining voqelikka aylanishi uchun bir avlod umri ham kam. O’zgarish turli sur’atlar bilan kechadi. Ammo arab dunyosining har bir burchagida o’zgarish yuz berayotganiga shubha yo’q”. O’zgarish ba’zi hollarda sust bo’lsa, boshqa hollarda salbiy, xuddi orqaga chekinishdek. Chunki odamlar avtoritar rahbarlar paytida duch kelmagan masalalar, xususan iqtisodiy muammolarni hal etishga majbur. Aksariyat aholining hayoti og’irlashdi. Ayollar va ozchilik guruhlar huquqlari cheklanayotgani haqida ma’lumotlar bor. Mintaqaning ayrim mamlakatlaridagi yangi rahbarlar G’arb va Isroilni keskin tanqid qilsa, boshqa mamlakatlarda yakkahokimlar G’arb bilab hamkorlikni davom ettirmoqda. “Hokimiyatga kim kelishidan qat’i nazar, davlatning milliy manfaatlari tubdan o’zgarmaydi. Ham xalq, ham hukumat foydasini ko’zlaydigan siyosat olib borish qiyin,” - deydi sobiq elchi Richard Dalton. Download 352.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling