Raxmonova d. B. 9-13mts-20 Mavzu: Tahliliy, faktik, baaholovchi turdagi kasbiy nutq. Re’ja
Download 448.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu nutq va kasb
RAXMONOVA D. B. 9-13MTS-20 Mavzu: Tahliliy, faktik, baaholovchi turdagi kasbiy nutq. Re’ja: Kirish 1. Tilning asosiy funksiyalari 2. Nutq vujudga kelishining nazariyalari 3. Nutq turlarining psixologik tavsifi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in‘ikos ettiriladigan bo’ladi. Tilning paydo bo’lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to’plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati tug‗iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o’zi hech qachon duch kelmagan, notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga ko’pchilik hissiy va intellektual ta‘sirlar hamda taassurotlar to’g‗risida o’ziga o’zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o’tmish, hozirgi zamon va kelajakka rid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma‘lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati ko’nikma hamda malakalarni o’tkazishi, uzatishi mumkin. Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan bog‗liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so’z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog‗liq bo’lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko’cha qoidalari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema-yunon. ―belgi‖) belgilar, simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya‘ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli- tuman bo’lishidan qat‘i nazar ularning eng muhimi – bu so’zdir. Har bir so’z ma‘lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o’zida aks ettiradi (masalan: mashg‗ulot, daftar, yomg‗ir va boshqalar). Download 448.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling