Raxmonova d. B. 9-13mts-20 Mavzu: Tahliliy, faktik, baaholovchi turdagi kasbiy nutq. Re’ja


Download 448.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana13.01.2023
Hajmi448.73 Kb.
#1089975
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu nutq va kasb

Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va 
o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o’qituvchilar va 
murabbiylar); 
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti- harakatlarini 
boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi (masalan: ―Leksiya bo’lmaydi‖, ―Bugun 
bayram‖ – ta‘sir qilishdan, ta‘sir o’tkazishdan iboratdir); 
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli
sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni 
rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish). 
Odam hayvonot olamidan farqli o’laroq o’zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat 
bo’lishidan qat‘i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish echimi 
uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning asosiy quroli 
tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tilning eng asosiy funksiyasi – bu 
kommunikatsiyadir. 
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtiri, 
avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy harakatlarini 
rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. 
Nutq axborot, xabar, ma‘lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni echish 
faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha 


jarayonining o’zidir. 
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari 
1. Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir 
bo’lishi mumkin. chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi 
qo’zg‗atuvchilardan iboratdir (masalan: ―Marsh‖, ―Salom‖). 
2. Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson ―signallarni - 
signali‖ (I.P.Pavlov) tarzdagi so’zlardan foydalanishi mumkin. mazkur jarayon bosh 
miya katta yarim sharlarining po’stida amalga oshadi. 
4. P.Broka (1861 y.) miya po’stining ma‘lum qismi (miya chap yarim shari 
peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa
bemorlarda nutq artikulyasiyasining buzilishini kasb etgan va ―so’z obrazlarini 
harakatlantiruvchi markaz‖ deb atagan. 
4. K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa 
tomonida ―so’zlarning sensor obrazlari‖ joylashgan deb dalillashga harakat qiladi. 
5. P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta‘minlashda juda ham sodda 
elementar ―stimul-reaksiya‖ tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining 
yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning ichlan
programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega 
bo’lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar. 

Download 448.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling