Raxmonova d. B. 9-13mts-20 Mavzu: Tahliliy, faktik, baaholovchi turdagi kasbiy nutq. Re’ja


Nutq turlarining psixologik tavsifi


Download 448.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana13.01.2023
Hajmi448.73 Kb.
#1089975
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu nutq va kasb

3. Nutq turlarining psixologik tavsifi 
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag‗ishlangan bir talay ilmiy 
tadqiqot natijalari mavjud bo’lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar 
birligi, uning evolyusion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda 
mohiyat hamda shakl jihatdan o’xshashlik yo’q. Nutqning neyropsixologik asoslari, 
mexanizmlari, artikulyasion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fonema, 
fleksiya) to’g‗risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar 
umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning
filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo bo’lishi, o’sishi, o’ziga xos 


tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi bo’yicha xilma-xil yondashuvlar 
mavjuddir. 
Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o’rganilishi ham 
o’ziga xoslik, uning qirralari, hakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, tasniflanishi, mavjud 
bo’lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o’zaro tafovutlanadi. 
YOndashuvlar tahliliga to’xtalishdan oldin, nutqning psixologik tavsiflari yuzasidan 
mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshirishga xizmat qiladi. 
Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan‘anaviy tasnifini 
berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson – texnika munosabatini amaliy jihatdan 
namoyish qilgan bo’ladi (odatda og‗zaki va yozma turkumga ajratilar edi): verbal va 
noverbal. 
Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisoblanadi, chunki 
insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, s o ‗zsiz nutq 
turlarini paydo bo’lgan bo’lib, u o’z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini 
qamrab olgandir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyasion 
apparati paydobo’lgunga qadar, imo-ishora negiziga qurilgan. Ma‘lumki, 
qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida 
qanday funksiyani bajarayotgan bo’lsa, o’sha davrda ham xuddi shunday 
vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma‘lumotlar ko’lami torbo’lganligi tufayli
insonlar noverbal nutqdan ko’p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. 
Avlodlar tarbiyasi ma‘lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan
ijtimoiy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon 
bo’lgan, tobora takomillashib borgan. 


Download 448.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling