Referati topshirdi: Abdulazizov Begzod


Bu bosqichning asosiy natijalari


Download 392.42 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi392.42 Kb.
#1018974
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulazizov B MUSTAQILLIK YILLARIDAN KEYIN TOPOGRAFIYA VA GEODEZIYANING RIVOJLANISHI referat

Bu bosqichning asosiy natijalari: 
Yer yuzining turli qismlari ilmiy o‘rganildi; fanda yangi nazariya va gipotezalar yaratildi; kartografik proyeksiyalar va relyefni tasvirlashning yangi usullari ixtiro qilindi; yirik asarlar va kitoblar yaratildi, geografiya fanining tarkibida bir qancha mustaqil fanlar rivojlandi.
XIX asr va XX asrning 1-yarmida geografiyaning rivojlanishi. Bu bosqichga kelib milliy geografiya jamiyatlari tashkil etilishi boshlandi. Jumladan, Fransiya (1821), Germaniya (1828), Buyuk Britaniya (1830), Rossiya (1845), Turkistonda esa 1897-yilda tuzilgan. Ko‘pgina davlatlar tomonidan yirik ilmiy tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. 1821-yil F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev tomonidan Antarktida kashf etildi. 1823–1825-yillarda O.E.Kotsebu Dunyo okeani bo‘ylab ekspeditsiyada marjon orollarining kelib chiqishini o‘rgandi, fizik E.Lens esa chuqurlikni o‘lchash uchun birinchi bor batometrni qo‘lladi. D.Livingston Afrikaning ichki qismlarini o‘rgandi. P.P.Semyonov-Tyanshanskiy boshchiligida O‘rta Osiyoning ichki hududlari o‘rganildi. R.Piri 1909-yilda Shimoliy qutbni, R.Amundsen esa 1911-yilda Janubiy qutbni zabt etdi.
A.Gumboldt Yevropa, Amerika, Osiyoga ekspeditsiya uyushtirib, juda ko‘p ma’lumotlar to‘pladi. O‘simliklarning kenglik zonalligi va balandlik mintaqalanishi qonuniyatini aniqladi. Mazkur ma’lumotlarni umumlashtirgan bir necha jildlik "Tabiat manzarasi”, "Kosmos” kabi yirik asarlarini yozdi. Gumboldt tabiatni bir butun, qat’iy qonuniyatli va uzluksiz rivojlanadigan tizim sifatida qarab yangi geografiyani yaratdi. Bu geografiyaning vazifasi tabiatni rivojlanishda va bir butun, yaxlit hosila sifatida o‘rganish, tabiatdagi qonuniyatlarni aniqlash, jism va hodisalar orasidagi aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sir va bog‘liqliklarni ochish va boshqalardir.
Ch.Layel tomonidan yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. V.V.Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti, A.A.Grigorev tomonidan geografik qobiq ta’limoti, V.A.Vernadskiy tomonidan biosfera ta’limoti yaratildi.
Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya jamiyatlari tuzildi. Shimoliy va Janubiy qutblar zabt etildi va dunyo xaritasida noma’lum bo‘lgan hududlar qolmadi. Ilmiy geografiya vujudga keldi. Okeanograf ya fani shakllandi. Meteorologik va gidrologik stansiyalar bunyod etildi. Atmosfera va okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi. Yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi. Bir necha ta’limotlar: tabiat zonalligi, geografik qobiq, biosfera ta’limotlari yaratildi.
Hozirgi zamon bosqichi. Geografiya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografiya fanining rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografik tadqiqotlarda modellashtirish va tajriba usullari, geografik axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari, kosmik usullar keng qo‘llanilmoqda. Kosmik usullar yordamida aylanasimon tuzilmalar, atmosfera harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografik qobiq doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy) muammolar bilan bir paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda.
Fanda tabaqalanish, ya’ni geografik fanlar ichida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, landshaftshunoslikning ichida amaliy landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga keldi. Shuningdek, turdosh fanlar bilan "oraliqda” yangi yo‘nalish va fan tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, geografiya bilan tibbiyot oralig‘ida tibbiyot geografiyasi, geografiya bilan tarix, filologiya oralig‘ida joy nomlarini o‘rganuvchi toponimika fani vujudga keldi.


Download 392.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling