Referati topshirdi: Abdulazizov Begzod


Geodeziyaning rivojlanishining qisqacha ta’rifi


Download 392.42 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi392.42 Kb.
#1018974
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulazizov B MUSTAQILLIK YILLARIDAN KEYIN TOPOGRAFIYA VA GEODEZIYANING RIVOJLANISHI referat

Geodeziyaning rivojlanishining qisqacha ta’rifi.
Geodeziyaning rivojlanishining qisqacha ta’rifilari haqida. Geodeziya qadimiy fanlardan birdir. U kishilik jamiyati hayotiy talablari asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarini taraqqiy etishi bilan rivojlana borgan. Geodeziya fani Arabiston, Xitoy, Xindiston, O‘rta Osiyoda taraqqiy etgan. Masalan IX asrning boshlarida arab xalifasi Mamun topshirig‘i bilan Mesopotomiya tekisligida yer sharining kattaligini aniqlash maqsadida gradus o‘lchash ishi olib borilgan. Olimlar yer shari meridianini 1 yoy uzunligini 111,8 km ekanligini aniqlaganlar.
1680 yilda I. Nyuton o‘zini dunyo tortilish qonuniga asoslanib, yer – ellipsoid shaklida degan fikrni olg‘a surdi.
XIX asr boshlarida turli mamlakatlarda astronomiya, geodeziya soxasida olib borilgan ishlar yerni shakli ellipsoiddan bir oz farq qilishini ko‘rsatdi. Masalan ulug‘ olim Laplas Fransiya va boshqa davlatlarda olib borilgan gradus o‘lchashlar natijasini analiz qilib, meridian 1 sining uzunligi ekvatordan qutblarga tomon bir xilda kamaymasligini aniqladi. SHunga asoslanib yer o‘ziga xos noaniq shaklga ega ekan, degan xulosaga kelindi. 1873 yilda nemis fizigi I. V. Listing yerning bunday shaklini geoid deb atalishini taklif etdi.
Yerning kattaligini aniqlashda Rossiyada bajarilgan gradus o‘lchashning axamiyati juda katta.
Masalan 1816 yildan boshlab geodezist K. I. Tennyer raxbarligida Rossiyaning g‘arbiy chegarasidagi gubyerniyalarda astronom V. YA. Struve raxbarligida Boltiq bo‘yi gubyerniyalarida gradus o‘lchash ishlari olib borilib, bu ishlar 1850 yilgacha davom etgan va Dunay daryosining quyilish joyidan to Skandinaviya yarim orolining shimoliy qirg‘og‘igacha bo‘lgan 25′-20′ meridian yoyining uzunligi xisoblab chiqarilgan.
Geodeziya fanini nazariy jihatdan rivojlantirishda rus olimlari P. L. CHebo‘shev, A. P.Bolotov, N. YA. Singer, A. A. Tillo va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
X1X asr boshida Rossiyada olib borilgan geodezik ishlar natijasida Rossiyani 10% gina topografik jixatdan o‘rganilgan edi.
Sovet hokimiyati dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz territoriyasini geodezik va topografik jixatdan o‘rganishga katta axamiyat berildi. 1928 yilda mashxur rus geodezisti F. N. Krasovskiy davlat territoriyasida geodezik tayanch shaxobchalarini barpo etish va topografik plan olish ishlarini programmasini tuzib chiqdi.
1933 yilda davlat territoriyasini gravimetrik planini olish ishlari olib borildi. 1945 yilda mamlakatimiz territoriyasini 1:1000000 masshtabli kartalari tuzildi. Aerofototopografik plan olish ishlariga Drobishev, Konshin, Lobanov va boshqa olimlar turli injenerlik inshootlarni barpo etishda geodezik ishlarini bajarish metodlarini yaratishga olimlar N.G.Viduev, G.F.Glotov, N.N.Lebedev va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Sovet hokimiyati davrida yangidan-yangi, mukammal optik va avtomatik asboblar, aerofotos’yomka apparatlari, fotogrammetrik asboblar, hamda svetodalnomer, radiodalnomer, lazerodalnomerlar yaratildi va o‘zlashtirildi.
Kartografiya soxasida ham katta yutuqlarga erishildi va yirik kartografik asarlar yaratildi.
Geodeziya fani xalq manfaatini ko‘zlab, xalq xo‘jaligini rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish uchun xizmat qilmoqda.
Download 392.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling