Referati Topshirdi: Sayidvaliyeva s qabul qildi: Maxmudov M


Download 229.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi229.22 Kb.
#1053171
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
sevara referat



Namangan davlat universiteti 
Biotexnologiya fakulteti 
ZOI-AU-21-gurux talabasi 
Sayidvaliyeva Sevaraning 
O’zbekistoning eng yangi tarixi 
fanidan tayorlagan
Referati 
 
 
 
 
 
 
Topshirdi: Sayidvaliyeva S
 
Qabul qildi: Maxmudov M 


Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda 
O'rta Osiyo allomalari merosining o’rni. 
Reja: 
1. Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash. 
 
2. Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo 
allomalari fikrlari. 
 
3. Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo 
allomalari merosi. 
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga 
azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib 
kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida 
yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab 
bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk 
ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga 
ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon 
madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir. 
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega 
bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. 
Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum 
hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov 
aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy 
merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, 


uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan 
bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi». 
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-
axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab 
yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh 
avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom 
Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida 
ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-
qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini 
shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda». 
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona 
zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning 
vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham 
bo’lmaydi. 
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda 
«Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning 
g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda 
qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib 
chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng 
tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun 
davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil 
etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-
ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy 
Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-
Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar. 
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati 
mohiyat-e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr 
madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni 
anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz 
imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan 
ajralib turadi. 


Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular 
umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos 
xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai 
nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi 
uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish davri 
XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri 
uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning 
g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz. 
Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga 
murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda 
universallikni (qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda 
namoyon bo’ladi. 
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) 
madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) 
yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) 
astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa 
tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning 
ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) 
falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning 
(notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi. 
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va 
madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik 
ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, 
Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, 
Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-
Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun 
dunyoga taralgan edi. 
O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna shaharlaridan Buxoro, Xiva, 
Samarqand kabi shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning 
markaxi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi. 


O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk 
allomalar al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning 
har ikkovi ham Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm 
sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi 

Download 229.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling