Referati Topshirdi: Sayidvaliyeva s qabul qildi: Maxmudov M


Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak


Download 229.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi229.22 Kb.
#1053171
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
sevara referat

 Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak 
qadrlaydi. Uni eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi 
ko’rsatgan. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi 
hind-sanskrit tilini o’rganib, bu tilgan Evklidning “Elementlar”, 
Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjima qildi va hind olimlarni 
yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O’zi esa hindlarning ilmi, 
adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi. 
Bu haqida Beruniyning o’zi shunday deb yozadi: “O’zimni ... ularning 
munajjimlari huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan 
tutar edim... So’ng hisob ilmining haqiqiy yo’llarini ularga 
ravshanlashtiradigan bo’ldim... ularning kattalari meni o’z tillari bilan 
“Daryo” deb maqtar edilar”. 
Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi 
– yaxshilik va qoralanuvchi – yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar 
bo’lib, ularning tayanchini poklik va tozalik deb ko’rsatdi. 
Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysi edi. U 
mamlakat ravnaqini fan, ma’rifat ravnaqida ko’rgan. Ilm-fan, ma’rifat 
sahovatli xizmatni o’tashi mumkin deb hisoblaydi. U shunday yozadi: 
“Mening butun fikru-yodim, qalbim – bilimlarni targ’ib qilishga 
qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo’ldim. 
Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”. 


Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag’allar haqida 
g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, inoq, 
ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan 
madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy 
hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan 
allomadir. 
Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada 
“Shayx-ur-rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali 
ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z 
umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” 
nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada 
medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. 
Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish, g’ayrat bilan ilmlarni 
o’rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan 
vaqtimda ham o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p 
masalalar tushumda menga ayon bo’lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, 
mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan 
darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir 
marta qayta o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin 
shunday bo’lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna 
olmasdim”, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni 
Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi. 
Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay – 
matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, 
psixologiya, filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan 
mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, 
xolos. Ular qatoriga o’rta asr ilmining barcha muhim sohalarini o’z 
ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, matematika, metafizikani to’liq 
qamrab olgan “Kitob ash-shifo”, 20 tomdan iborat “Kitob ul-insof”, 
“Donishnoma”, “Lison ut-tayr”, “Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn 
Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida 
hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga 


quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson 
xatti-harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi. 

Download 229.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling