Referati topshirdi: X. Ro’zaliyeva Qabul qildi: O’. Qoraboyeva
Download 159.13 Kb.
|
SHundayin kitob bu qo‘llanma erur,
Xususan shohlarga, ki el-yurt so‘rur. El-yurtni idora etar ekan kim, Unga ne keragin aytmishdir hakim. Ne asrar saltanat, hukmdorini, Eng zarur nizomu shartlar-barini; Saltanat zavoli, baqosi nedin, Ustivorlik, ko‘ldan ketmog‘i nedin; Bahodir cheriklar, xodimlar bari, Nechuk yig‘nar, ko‘nar, safar yo‘llari; Bulariing yo‘rig‘in bir-birlab ochib, Saralab ayirgan mag‘zini echib. X-XI asr ma’naviy hayotida pandnoma — nasihatnoma ruhida asar yozish an’anasi paydo bo‘lgan edi. «Qutadg‘u bilig» ham shunday falsafiy, didaktik ruhdagi asardir. YUsuf Xos Hojib o‘z dostonida adolatni, insonparvarlikni, ilmu ma’rifatni, halol mehnatni, mehr-oqibatni tarannum etadi. SHoir kitob mundarijasini shunday bayon etadi: YAna bu kitobning bayonin aytar, To‘rt ulug‘ narsa uzra bunyod etar. Biri to‘g‘rilik uzra adolat erur, Ikkinchisi, davlat va iqbol turur. Uchinchisi, aqldir ulug‘lik bila, So‘nggisi qanoat, ofiyat ila. Badiiy adabiyotning maqsadi va vazifasi komil inson siymosini yaratish va shu orqali kitobxon qalbiga ta’sir etishdir. Bunday ta’sir lahzalari inson umrining atigi bir necha dakiqalaridangina iborat bo‘ladi xolos. Mana shunday saodatli lahzalarda inson kalbida nurafshon tuyg‘ular uyg‘onadi, ongida ezgu niyatlar tug‘ila, olamga muruvvatl va ulug‘vor nazar bilan boqadi. Insoniyat hayotidagi barcha yaxshi ishlar, buyuk kashfiyotlar, aql bovar qilmas mo‘‘jizalar inson ruhan yuksalgan mana shunday lahzalarda yuz beradi. Kamolat kasb etib, ruhan yuksalish uchun inson yaxshi xulq va chukur bilim sohibi bo‘lmog‘i kerak. Bilimni buyuk bil, uqishni ne’mat, Ikkisi yuksaltar qulni ham albat, Aql qayda bo‘lsa, ulug‘lik shunda, Bilim kimda, bo‘lsa, buyuklik unda. Insonni yaratmoqdan murod er yuzida ezgulik urug‘ini sochish edi. YUsuf Xos Hsjib mana shu fikrni asarning jon tomiriga singdirib yuborgan: Abadiy hayotni tilasang o‘zing, Ey dono, yaxshi qil xulqing va so‘zing, deydi shoir. Bu azalu azaldan bani basharga dastur bo‘ladigan purhikmat so‘zlardir. Ilm ahliga yaxshi ma’lumki, «Qutadg‘u bilig”ning uch nusxasi mavjud: Qohira nusxasi, Namangan nusxasi, Vena nusxasi. Afsuski, har uchchala nusxa ham mukammal emas. Qo‘lyozmalarda hattotlarning sahv-xatolari ko‘p. Masalan, hattotlarning xatosi tufayli Namangan nusxasi 6,095 bayt, Qohira nusxasi 5,400 bayt, Vena nusxasi esa butunlay nomukammal bo‘lib kolgan. Ulug‘ bobokalonimizning o‘zi tartib bergai va o‘sha davrda ko‘chirilgan asarning asil nusxasi haligacha topilgani yo‘k. Buning ustiga «Qutadg‘u bilig» asari ustidagi tadqiqotlar behad kechikib, faqatgina yigirmanchi asrga kelib boshlandi. XI asrda shunday asar yozilgani haqidagi ilk xabar bizning matbuotimizda 1914 yili e’lon qilindi. Oradan o‘n yil o‘tgach, professor Abdurauf Fitrat dostonning Namangan nusxasini qo‘lga kiritdi va ma’lum izohlar bilan asardan parcha e’lon qildirdi. Oradan yigirma yil o‘tgach, bu xayrli ishga turk olimi Rishod Rahmatiy Orot qo‘l urdi. U «Qutadg‘u bilig»ning dunyoda mavjud uchchala nusxasini solishtirib, nomukammalliklar o‘rnini to‘ldirdi va 1947 yili dostonning nasriy bayonini chop ettirdi. Keyinchalik nisbatan mukammal nazmiy nusxasini tayyorlab, nashr qildirdi va uni hozirgi zamon usmonli turk tiliga tarjima qildi. SHuningdek asar mundarijasiga tartib berdi. Ma’lumki, bazgacha etib kelgan barcha nusxala muvdarija yo‘k. Bundan tashqari Rishod Rahmatiy Orotning katta xmzmatlaridan biri shundaki, u YUsuf Xos Hojibning yoshlikka achinib, keksalik haqida aytganlarini, zamonning buzuqligi va do‘stlarning jafosi to‘g‘risidagi fikrlarini, kitob egasi YUsuf Xos Hojibning o‘ziga nasihatini alohida qism qilib asarga kiritdi. Turk olimining bu benazir xizmati tufayli qo‘limizda hozir biz mutolaa qilayotgan nisbatan mukammal nusxa paydo bo‘ldi. 1972 yili atoqli olimimiz Qayum Karimov «Qutadg‘u bilig»ning mazmun tarjimasini tayyorlab, nashr ettirdi. Men asarning nazmiy tarjimasini ishlashda avvalo dostonning Namangan nusxasidan, Qayum Karimovning ma’no tarjimasidan, turkcha va hozirgi zamon uyg‘ur tilida nashr etilgan she’riy tarjimalardan foydalandim. Tarjima jarayoni men uchun katta ibrat maktabi bo‘ldi. Bu xayrli ishga qo‘l urishdan avval Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk»ini o‘qib chiqdim. Undan bugun tilimizda iste’foda etish mumkin bo‘lgan so‘zlarni ajratib, o‘zim uchun mo‘‘jaz lug‘at tuzdim, devondagi maqol, matallarni, she’rlarni, qo‘shiqlarni to‘plam qildim, til, urf-odatlarga oid fikrlarni ayrim G‘arb olimlarining ilmiy asarlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib chiqdim. X-XI asr tariximiz, turk hoqonligi tuzumi, Qoraxoniylar saltanati, o‘sha davrdagi siyosiy vaziyat haqida qismai tasavvur hosil bo‘ldi. Leknn baribir, bu ikki buyuk zot haqida hozir ilm olamida mavjud tarixiy asarlarda hech narsa deyilmagani, biron joyda na ularning nomi yoxud asarlari haqida biron ma’lumot berilmagani sirligicha qolaverdi. Tarixdagi barcha ulug‘ kishilar kabi YUsuf Xos Hojib ham o‘n asrdan beri insoniyatni hayratga solib kelayotgan shoh asar yaratib qo‘ygan bo‘lsa-da, o‘zini benihoya kamtar, hokisor tutishi biz ibrat olsak arziydigan fazilatlardan biridir. Garchi dostonning boshlanishida shoirning o‘zi asari Mag‘rib va Mashriq ellarida ma’lum va mashhurligini ta’kidlagani holda doston yakunida o‘ziga o‘zi nasihat qilib shunday deydi: Download 159.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling