Referati toshkent 023 Biznes asoslari fanining mohiyati va iqtisodiyotdagi ahamiyati. Reja
Biznes faoliyatining iqtisodiyotdagi ahamiyati
Download 97.98 Kb.
|
biznes asoslari2
3.Biznes faoliyatining iqtisodiyotdagi ahamiyati.
Iqtisodiyot aniq raqamlar, hisob-kitoblar bilan birga, odamlar turmush tarzida yuz berayotgan real o'zgarishlar, natijadorlikni xush ko'radi. Davlat manfaatlarigagina xizmat qiladigan iqtisodiyot rivojlanishdan to'xtaydi. Oxirgi yillarda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohot va yangilanishlar avvalida iqtisodiyotimizdagi miqdor va sifat o'zgarishlari qamrovini kengaytirish, uning bevosita aholi turmushiga ta'sirini oshirishga e'tibor qaratilayotgani boisi ham shundan. Bu boradagi salmoq va natijalar jadal sur'atlarda oshib borayotganiga guvoh bo'lyapmiz. Aholi daromadlarida o'sish, turmush sharoitida sezilarli o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. Statistik ma'lumotlar ham 2016—2020-yillarda yurtimiz odamlarining umumiy daromadlari 2,6 baravardan ko'proqqa ortganini ko'rsatyapti. Mazkur yo'nalishda jahon maydonida egallab turgan o'rnimiz ham yil sayin yuqorilab bormoqda. Xususan, 2021-yil 26-mayda o'tkazilgan Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash bo'yicha Respublika Kengashining navbatdagi yig'ilishida esa Global innovatsion indeksda O'zbekiston 2015-yilga nisbatan o'z o'rnini 29 pog'onaga yaxshilab, 131 ta mamlakat orasida 93-o'rinni, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida 4-o'rinni qayd etgani ta'kidlandi. Bu kabi muvaffaqiyatlarning bosh omillaridan biri — mamlakatimizda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat hamda uning tarkibidan o'rin olgan chora-tadbirlar yo'nalishlarining to'g'ri shakllantirilgani bilan bog'liq. O'zbekiston taraqqiyotining yangi davrida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy siyosatning muhim va samarali yo'nalishlaridan biriga aylandi. Iqtisodiyotning “mushak to'qima”si Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jahon mamlakatlari tajribasida o'zining yuksak natija va muvaffaqiyatlari bilan mustahkam o'rin egallagan bo'lib, aksariyat xalqlarda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-70 foizni tashkil etadi. Kichik biznesning rivojlanishi iqtisodiyotdagi jo'shqinlik va samarali raqobat muhiti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, iste'mol sektorini kengaytirish orqali talabni rag'batlantirish, iste'mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to'ldirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, byudjet tushumlarini kengaytirishga xizmat qiladi. SHunga ko'ra, ko'plab rivojlangan davlatlar kichik biznes faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga intiladi. O'zbekiston mustaqilligining o'tgan yillariga nazar tashlasak, yurtimizda kichik va o'rta biznes yo'nalishi qo'shni davlatlarga nisabatan sekin rivojlangani, ko'rsatkichlar sezilar-sezilmas darajada bo'lgani, katta-katta bizneslar ma'lum insonlar qo'lida bo'lib, aholining asosiy qatlami ularning qo'l ostida ishlaganini ko'ramiz. Oddiy odamlar uchun tadbirkorlik uddalab bo'lmas mashaqqatdek ko'rinardi. Yuqori boj to'lovlari, er olish, korxona ochishdagi qator to'siqlar, birovning cho'ntagiga pul qistirmasang, bitmaydigan ishlar, bir amallab biznesni yo'lga qo'yib olganda ham, har kuni eshik qoqadigan soliqchilarga dosh berish oson emasdi. SHuning uchunmi, odamlar tadbirkorlik qilishdan ko'ra, “och qornim, ting qulog'im” qabilida ish tutishni afzal bilgan. Bugun Yangi O'zbekiston iborasini faxr bilan aytayotganimiz bejiz emas. Boisi, yaqin 4-5 yil oldin ana shu ikki jumla zamirida boshlangan ulkan islohotlar odamlarning o'z imkoniyatlaridan keng foydalanish, istalgan sohada yangiliklar yaratishga qo'rqmay qadam tashlash, eng muhimi, mustaqil tadbirkor sifatida o'zini sinab ko'rish imkoniyatini beryapti. Bu borada, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida “Haqiqatan ham, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz”, deya ta'kidlagan so'zlari xalqimizga yanada ishonch, kuch berdi. Shu o'rinda savol tug'ilishi tabiiy — aynan O'zbekiston iqtisodiyoti uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati nimalarda namoyon bo'lmoqda? Eng avvalo, iqtisodiyotning etakchi soha va tarmoqlarida kichik tadbirkorlik ulushining oshishi iqtisodiy o'sish va ijtimoiy barqarorlik ta'minlanishining mustahkam poydevori hisoblanadi. Ma'lumki, tadbirkorlik — bu tashabbus va faollik asosida kelgusida yuz berishi mumkin bo'lgan turli xatarlarni hisobga olib, mas'uliyat va javobgarlik bilan amalga oshiriluvchi iqtisodiy faoliyatdir. U erkinlik, ijodkorlik hamda raqobat muhiti uyg'unligida juda katta bunyodkorlik kuchini hosil qiladi. Ayniqsa, faoliyat ko'lami jihatidan nisbatan ixcham bo'lgan kichik tadbirkorlik iqtisodiyotdagi kon'yunkturaviy o'zgarishlarga tezlik bilan moslasha olish, iste'molchining did va qiziqishlarini anglash va e'tiborga olish, ichki imkoniyatlardan to'liq foydalanish, raqobat muhitini kuchaytirgan holda iqtisodiyotga jo'shqinlik baxsh etish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yurtimizda ushbu yo'nalishni qo'llab-quvvatlash va barcha zarur sharoitlarni yaratib berish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik tadbirkorlik subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi tobora ortib boryapti. Aniq raqamlarga to'xtaladigan bo'lsak, bu boradagi ko'rsatkich 1991-yilda atigi 1,5 foiz, 2000-yilda 31 foizni tashkil etgan edi. 2016-yilda mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 64,9 foizga yetdi. Bu raqamlar yil sayin ortsa ortyaptiki, aslo, orqaga pastlayotgani yo'q. Xususan, o'z faoliyatini yo'lga qo'ygan tadbirkorlik sub'ektlari soni 2016-yildagi 210,6 ming birlikdan 2020-yilda 411,2 ming birlikka yetdi. Umumiy korxona va tashkilotlar tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 2020-yilda 86,5 foizga qadar o'sdi. 2017-yildan boshlab mamlakatimizning yirik sanoat obyektlariga juda katta hajmda xorijiy investitsiya va kredit mablag'lari jalb etilishi natijasida ulardagi ishlab chiqarish hajmi keskin o'sa boshladi. Agar yirik korxona va birlashmalar majoziy ma'noda iqtisodiyot organizmining suyak (skelet) qismi deb hisoblansa, u holda kichik biznes ushbu qismga qayishqoqlik, moslashuvchanlik baxsh etuvchi, uning bir maromdagi harakatini ta'minlovchi mushak to'qima hisoblanadi. Bu jarayon esa yangi korxonalarning tashkil topishi orqali ta'minlanadi. Ya'ni, kichik biznes korxonalari iqtisodiyotdagi talab jadallik bilan o'sib borayotgan tarmoq va sohalarga javoban yangi ishlab chiqarishni tashkil etadi. Raqamlarga qaraydigan bo'lsak, 2017—2020-yillar mobaynida mamlakatimizda jami 288 mingdan ortiq korxonalar tashkil etildi. Shundan 14,8 mingtasi yirik korxonalar, 273,2 mingtasi kichik biznes korxonalari hissasiga to'g'ri keladi. Monopoliyani chetlashtirib... Taraqqiyotning yangi bosqichida mamlakatimizda kichik biznes faoliyati ko'lamining tobora kengayib borayotganini har 1000 nafar aholiga to'g'ri keluvchi kichik tadbirkorlik sub'ektlarining soni orqali ham kuzatishimiz mumkin. Ushbu ko'rsatkich 2017-yilda 12,2 birlikni tashkil qilgan bo'lsa, 2020-yilda 15,6 birlikka yetdi. e'tiborlisi, kichik tadbirkorlik subyektlari sonining eng yuqori o'sishi iqtisodiyotga pandemiyaning salbiy ta'siri sharoitida ro'y beryapti. Kichik biznesga xuddi iqtisodiyotga yangi kuch, yangi quvvat baxsh etuvchi soha sifatida qarash mumkin. Yangidan tashkil etiluvchi korxonalar keyingi paytda vujudga kelgan talabni, so'nggi texnologik yangilik va yutuqlarni ma'lum darajada o'zida jamlaydi va amaliyotga joriy etadi. Shunga ko'ra, korxonalarning yangilanish darajasi o'ziga xos ko'rsatkich hisoblanadi. Mamlakatimizdagi ushbu ko'rsatkichning holatini tahlil qiladigan bo'lsak, uning kichik biznes korxonalaridagi darajasi yirik korxonalarga nisbatan 2016-yilda 6,2 marta, 2020-yilda esa 6,9 marta yuqori bo'lganligini kuzatish mumkin. Ya'ni, aynan kichik biznes korxonalari iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashda o'z faolligini namoyon etmoqda. Eng muhimi, kichik tadbirkorlik subyektlari qandaydir ko'rsatma yoki undovlar ostida emas, balki iqtisodiyotdagi kon'yunkturani hisobga olgan holda erkin va mustaqil tashkil etilyapti. Aynan shu holat iqtisodiyot tarmoqlarining umumiy ko'lamiga o'ziga xos tuzatishlar kiritadi. Jumladan, 2017—2020-yillar davomida yangidan tashkil etilgan kichik biznes korxonalarining eng katta salmog'i savdo (jami korxonalarning 32 foizi), sanoat (21 foizi), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (12 foizi), qurilish (10 foizi), yashash va ovqatlanish (7 foizi) tarmoqlariga to'g'ri keladi. Bu esa mamlakatimiz yetakchi tarmoq va sohalari o'rtasidagi maqbul nisbatning shakllanishiga xizmat qiladi. Yana bir jihati, kichik tadbirkorlik iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish, uning moslashuvchanligini ta'minlashning muhim omili hamdir. Iqtisodiyotdagi raqobat muhiti bu — turli mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari va iste'molchilari o'rtasida qulay sharoitga erishish hamda erishishi ko'zda tutilayotgan foyda yoki iqtisodiy nafni maksimallashtirish maqsadidagi iqtisodiy bellashuv (kurash), deyish mumkin. Iqtisodiyotda monopoliyalarning paydo bo'lishi va amal qilishi — bu obyektiv jarayon. Ularni butunlay bartaraf etish imkoniyatdan tashqari holat hisoblanadi. Ayrim hollarda davlatning monopoliyaga qarshi kurashi ham darhol o'zining etarli samarasini bermasligi mumkin. Shu o'rinda yana kichik biznes subyektlari yordamga keladi. Yangidan-yangi kichik ishlab chiqarish subyektlarini tashkil etish va ularning rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish orqali bozordagi monopoliya darajasini pasaytirish mumkin. Shuningdek, mazkur soha iste'mol bozoridagi talab va taklif muvozanatini tiklash hamda ta'minlashda asosiy tomonlardan biridir. Hozir mamlakatimizda biron-bir mahsulotning, xoh u oziq-ovqat tovarlari bo'lsin, xoh kiyim-kechak yoki uy-ro'zg'or buyumlari bo'lsin, kuchli taqchilligining vujudga kelishidan xavfsirash holatlari mavjud emas. Chunki, o'z faoliyat xususiyatiga ko'ra iste'moldagi ahamiyatsiz o'zgarishga ham o'ta sezgirlik bilan e'tibor qaratuvchi kichik tadbirkorlar qisqa muddat ichida bozordagi har qanday taqchillikka o'z munosabatlarini bildiradi. Taqchilligi ortidan narxi ko'tarilgan mahsulotni dastlab boshqa hudud yoki chet mamlakatlardan olib kelish, o'rta yoki uzoq muddatli davrda uning milliy ishlab chiqarishini yo'lga qo'yish orqali bozordagi talab va taklif muvozanatini tiklashga harakat qiladi. Kichik biznesning yangi ish o'rinlarini yaratish, aholini ish bilan bandlik darajasini oshirishdagi faolligi uning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yana bir ahamiyatli jihatini namoyon etadi. O'zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar va uning dastlabki pallasida iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, milliy ishlab chiqarishning tashqi va ichki talabga mos kelmasligi oqibatida mamlakatimizda muayyan darajada ishsizlik vujudga kelgan edi. Shunisi e'tiborliki, mustaqil taraqqiyotning dastlabki pallasida mazkur holat iqtisodiyotdagi ahamiyatli pasayish oqibatida kelib chiqqan tsiklik ishsizlik ko'rinishida namoyon bo'lsa, hozirga kelib uning asosiy qismi mazmunan ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifning tarkiban nomuvofiqligini ifodalovchi tarkibiy ishsizlik hisoblanadi. Holbuki, mamlakatda ish o'rinlari yetishmovchiligi to'g'risida so'z borgan bir vaqtda, tegishli malakadagi ishchilar etishmayotgan sohalar ham mavjudligi namoyon bo'lmoqda. Davlatimiz rahbari raisligida shu yilning 16-iyun kuni oliy ta'limni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda bugungi kunda xizmat ko'rsatish sohasida 40 mingta, sanoatda 38 mingta, qurilishda 12 mingta, qishloq xo'jaligida 10 mingta, aloqa va axborot texnologiyalarida 4 mingta oliy ma'lumot talab etadigan bo'sh ish o'rinlari borligi, lekin bitiruvchilar son jihatidan ham, malaka bo'yicha ham bu talabni qondira olmasligi ta'kidlandi. Shunga ko'ra, ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifni o'zaro muvofiqlashtirish, yangi ish o'rinlarini yaratish orqali ish bilan bandlik darajasini oshirishda kichik tadbirkorlik sub'ektlarining salohiyatidan keng foydalanilmoqda. Ma'lumotlardan ko'rinadiki, 2016—2020-yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotdagi jami bandlarning to'rtdan uch qismidan ko'prog'ini qamrab olgan bo'lib, bu hattoki jahondagi bir qator rivojlangan mamlakatlar ko'rsatkichlaridan ham yuqori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yangi ish o'rinlari yaratish borasidagi imkoniyat va salohiyati uning harakatchanligi, ko'lam jihatidan ixchamligi va yo'nalishni tez o'zgartira olishi kabi xususiyatlari orqali namoyon bo'ladi. To'g'ri, mantiqan qaraganda, yirik korxona kichik korxonaga nisbatan bir necha o'nlab, yuzlab, hattoki, minglab marta ko'proq ishchilarni yollash orqali mutlaq ustunlikka ega bo'lishi mumkin. Biroq, masalaning boshqa bir jihati mavjudki, yirik korxona o'z xodimlari tarkibini bir marta to'ldirgandan so'ng, uning yangi ish o'rni yaratish imkoniyati keskin qisqaradi yoki tugaydi. Kichik tadbirkorlik sub'ektlari esa, yaxlit soha sifatida ozgina qo'shimcha daromad olish imkoniyati paydo bo'lgan joyda uzluksiz tarzda va tezlik bilan yangidan-yangi ish o'rinlarini yaratishga harakat qiladi.Mahallalarda ishsizlar bo'lmasligi kerak. Mamlakatimizda bu borada, ayniqsa, mahalla instituti imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga e'tibor qaratilmoqda. 2021-yilning boshida Prezidentimiz tomonidan iqtisodiy o'sishning qo'shimcha zaxiralarini topish va safarbar qilish borasida “mahallabay” tizimini yo'lga qo'yish, har bir mahalladagi o'ziga xos “o'sish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasi belgilab berildi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagini bildirgan aholiga har tomonlama amaliy yordam ko'rsatish, bo'sh bino va er uchastkalarini aniqlab, ulardan samarali foydalanish choralarini ko'rish, mahallalardagi band bo'lmagan aholini kasb-hunar va tadbirkorlik ko'nikmalariga o'rgatishni tashkil etish orqali ularning bandligiga ko'maklashish kabi bir qator vazifalar qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi “2021-yilda yangi ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko'maklashish bo'yicha davlat dasturi to'g'risida”gi qarori asosida joriy yilda doimiy yangi ish o'rinlarini tashkil etishning yig'ma prognoz ko'rsatkichlariga binoan, jami tashkil etiladigan 457 127 nafar yangi ish o'rinlarining 209 507 nafari (deyarli 46 foizi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yaratilishi ham bu tarmoqqa qaratilayotgan katta e'tibor ifodasidir. Odatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatdagi bandlik darajasini oshirish orqali aholi daromadlari darajasini oshirishga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, kichik tadbirkorlik sub'ektlarining xususiy daromadlari hamda ular tomonidan yollanma ishchilar mehnatiga haq to'lash orqali aholi daromadlari bevosita oshirilsa, mustaqil ravishda band bo'lishga imkon yaratish va rag'batlantirish, mol-mulk hamda ijtimoiy transfertlardan olinadigan daromadlar uchun manba yaratishda ishtirok etish orqali aholi daromadlari oshishiga bilvosita ta'sir etiladi. Yuqoridagi singari ta'sir omillari natijasida mamlakatimizda aholi daromadlarining sezilarli o'sib borishi kuzatilmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, fuqarolarning nominal umumiy daromadlari 2016-yildagi 151,7 trillion so'mdan 2020-yilda 401,5 trillion so'mga qadar oshgan. Buning natijasida aholi jon boshiga nominal umumiy daromadlar tegishli ravishda 4,8 million so'mdan 11,7 million so'mga ko'tarildi. Yana bir ma'lumot, 2020-yilda aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi Jizzax, Buxoro, Xorazm viloyatlarida eng yuqori darajani tashkil etgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahrida esa yirik sanoat korxonalari va tashkilotlardagi ish haqi ko'rinishidagi daromadlarning salmog'i yuqori, ekani qayd etildi. Umuman olganda, ushbu yo'nalishning yurt taraqqiyotidagi sezilarli ta'siri, bu borada erishilayotgan yutuqlar haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. Eng muhimi, bugun mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashning muhim yo'nalishi sifatida e'tibor qaratilib, sohani yanada rivojlantirish bo'yicha manzilli va ta'sirchan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunga javoban, mazkur soha ham iqtisodiyotimizning turli jabhalarida o'zining bunyodkorlik va yaratuvchanlik, faollik va jo'shqinlik baxsh etuvchi xususiyatlarini namoyon etib, Yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lida xizmat qilyapti. Bozor munosabatlari sharoitida iqgisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Xo`sh, «tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi? Binobarin, tadbirkorlik faoliyati tizimining alohida taxlili dastlab Rarbda boshlangan bo`lsa-da, uning mohiyati va rivojlanishiga taalluqli ko`p qirrali bilimlar SHarqda tarkib topib, so`ngra G’arbda ilgari surilganiga yuqorida zikr etilgan dalillar guvoxdik beradi. Ayniqsa, ular bu yo`nalishda shakllangan va hayotda o`z o`rniga ega bo`lgan ta`limotlarda o`z ifodasini topgan. Xususan, 3 ming yillik tarixga ega Zardushtiylik ta`limotining asosi bo`lmish "Avestoda"da musulmon olamining allomalari ta`limotlari, jumladan, "Naqshbandiya", "YAssaviya", "Kubroiya" ta`limotlarida mujassamlangan. Ayniqsa, bu jihatdan "Naqshbandiya" ta`limotining ildizlari chukur mazmunga ega. "Naqshbandiya"ning "Dil bo yoru, dast ba kor", ya`ni "diling Allohda, qo`ling mehnatda bo`lsin", degan ta`limot asoschisi Xoja Bahouddin I (aqshbandiy kimxobga naqsh bog’lashda tadbirkorlik mahoratini namoyish •,»tib, xdlol mehnat bilan yashash zarurligini ibrat qilib ko`rsatgan1. Ayrim manbalar uning mato to`qiydigan do`konlari borligini ham ishora qiladi2. Ko`rinib turibdiki, Bahouddin Naqshbandiy mashxur G’arb iqtisodchi 1 olimi, xususan, Vil’yam Pettidan 400 yil muqaddam mehnat insonlarning YAI1P1N manbai ekanligini chuqur anglagan va amalda o`z faoliyati doirasida isbot etgan. Ammo Vil’yam Pettining "Boylikning otasi mexrat, onasi esa erdir" degan ta`limoti jahon iqtisodiy nazariyasi fanida yangi bosqich sifatida e`tirof etilgani holda, Naqshbandiyaning undan avvalroq hamda chuqur iqtisodiy va ma`naviy mazmunga ega bo`lgan yuqorida qayd etilgan ta`limoti hozirgacha na G’arb va na mahalliy iqtisodiy adabiyotlarida munosib o`rin egallamagan. Tadbirkorlik bo`yicha bilim va amaliy faoliyatlar zaminimizda xukmdor bo`lgan buyuk shaxslar Sohibqiron Amir Temurning "Tuzuklari"da, Mirzo Boburning "Boburnoma" asarida yorqin ifodasini topgan. Buyuk sarkarda Amir Temur mamlakat osoyishtaligini va mo`l-ko`lligiga erkin tadbirkorlik faoliyatiga ustuvorlik berilishi orqali erishish mumkinligini chuqur idrok etgan va uning tamoyillari mashhur "Temur tuzuklari" asarida aniq bir tizimga keltirilgan bo`lib, unga ko`ra: "... mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming - minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxpshdur"1, - degan xulosani ilgari surgan. Ta`kidlash joizki, Amir Temur nafaqat tinchlik davrida, balki urush holati jarayonida ham tadbirkorlik faoliyatini yuqori darajaga ko`targan va bu yo`nalishda amaliy ishlarni ham ro`ebga chiqargan. Ma`lumotlarga ko`ra, harbiy yurish chog’larida qo`shin ehtiyojlarini ta`minlaydigan turli xil kasbga ega tadbirkorlarni olib yurilgan va ularning muayyan qismi 3,5,7 yillik, deb nomlangan va oxirgi Xitoyga qarshi harbiy yurishlari paytida dehqonchilik bilan mashg’ul bo`lib, qo`shinni oziq-ovqat bilan ta`minlab turgan. Mahalliy aholini bunday og’ir vazifani bajarishda qo`llab-quvvatlab, talon-tarojliklardan muhofaza etishgan. Hattoki, Amir Temur urush holatida turgan paytida ham bunyodkorlik ishlarini davom etgirgan ekan. Ma`lumotlarga ko`ra, 1401 yili Amir Temur navbatdagi harbiy yurishlaridan birida Qorabog’ (hozirgi Qorabog’-Ozarbayjon)da qishlagan chog’ida mintaqa uchun nihoyatda zarur bo`lgan Nahri Barlos nomi berilgan kanalni bir oy ichida bitirib2, suv keltirgani obodonchilik va tadbirkorlikka asos solgan bo`lib, hozirgacha uning saxovatidan u erliklar bahramand bo`lmokdalar. Ammo qadim zamonlardan Markaziy Osiyo mintaqasida gurkirab yuksalib kelgan tadbirkorlik faoliyati chor istilosi davrida, mahalliy bozorni metropoliyadan keltirilgan oziq-ovqat va sanoat mollari egallashi munosabati bilan deyarli so`na boshlagan va mahalliy aholi turmush sharoitining pasayishi va o`ta qashshoqlashishiga olib kelgan. Oktyabr’ inqilobidan so`ng qayd etilganidek, yirik ishlab chiqarishga ustuvorlik berilishi O`zbekistonda ham kichik tadbirkorlik faoliyatining emirilishiga olib keldi va vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bu sohada 1927 yilda 118 ming kishi band bo`lgan bo`lsa, 1932 yilga kelib, u 60 ming kishidan iborat bo`ldi. Bunday vaziyatda Markaziy Osiyoning keng tafakkurga ega progressiv ziyolilari demokratik shoir va yozuvchilari (Muqimiy, Furqat), ayniqsa jadidchilar (Qodiriy, Behbudiy, CHo`lpon, Fitrat, Avloniy) va ular qatorida yirik davlat arbobi Fayzulla Xo`jaevning aholini qoloqlik va qashshoqlik girdobidan qutulishning asosiy yo`li mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va tadbirkorlikni rivojlantirish ekanligi va unda faol ishtirok etishga undashi hamda uni rag’batlantirish uchun aniq sa`y-harakatlari respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining moddiy-texnika bazasini bunyod etish uchun kuchli zamin hozirlagan edi. Buyrukbozlik iqtisodiyotiga asoslangan tizim barham topishi bilan mamlakatlarda bozor iqgisodiyoti va uning o`zagini tashkil etuvchi tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va metodologik asoslari to`g’risidagi tafakkur kengaydi va nazariy bilimlar chuqurlashdi. U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste`dodi» ta`minlaganligini ta`kidlagan edi. J.B. Seyning asosiy tezisida mahsulot ishlab chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat yuritadi deyiladi. J.B. Seyning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ish-lab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni o`z vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni o`z bo`yniga oladi. Qayd etish lozimki, iqtisodiyot fanining asoschilari tadbirkorlik shakliga kam e`tibor berganlar. Tadbirkorlik faoliyati ularning ilmiy -tadqiqot ishlarining tahlil ob`ekti bo`lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (1723-1790) va D. Rikardo (1772-1823) iqtisodiyotni o`z-o`zini muvofiqlashtiruvchi mexanizm deb qabul qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka o`rin yo`k edi. «Xalqlar boyliklarining moqiyati va sabablarini tadqiq etish» (1776 y.) kitobida A. Smit tadbirkor ta`rifiga alohida e`tibor bergan edi. A. Smitning fikricha, tadbirkor - kapital egasi. U muayyan tijorat goyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A. Smitning fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o`zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga liyaik qiladi. Bu ishlar, o`z navbatida, bozor tizimi bilan bogliq. Shu bois A. Smit bizlarni bozor tizimining markaziy mexanizmi -raqobat mexanizmi bilan tanishtiradi. O`z manfaatini ko`zlab yurgan har bir kishi bozorda shu maqsad bilan yurgan kishilarga duch keladi. Natijada, bozordagi har bir harakat qiluvchi sub`ekt raqobatchi taklif etgan narxlarga rozi bo`ladi. Bunday raqobatda o`xshash tovarlarga me`yordan ortiq narx qo`ygan ishlab chiqaruvchi xaridorni yo`qotishi hech gap emas. A. Smitning qayd qilishicha, bozor jamiyat sotib olishni xoxdagan va kerakli mikdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi. SHu bilan birga, A. Smit bozorning kudratli kuch ekanligini, u jamiyatni zarur tovarlar bilan doimo ta`minlashi va bu tizim o`z-o`zini muvofiqlashtirishini ko`rsatib berdi. Uning fikricha, o`z-o`ziga qo`yib berilgan bozor tizimi rivojlanadi va bunday tizimi bor xalqning boyligi ortaveradi. X1X-XX asrlar chegaralarida tadbirkorlik institutining ahamiyati va rolini ko`pchilik anglay boshladi. Frantsuz iqtisodchisi Andre Marshall (1907-1968 yy.) birinchi bo`lib ishlab chiqarishning uchta omiliga (er, kapital, mehnat) to`rtinchi - tashkillashtirish omilini qo`shdi. SHu vaqtdan boshlab, tadbirkorlik tushunchasi va shu sohada olib boriladigan ishlar ko`lami kengayib bormoqtsa. Amerikalik iqtisodchi J.B. Klark (1847-1938) J.B.Seyning «uchlik formulasiga» bir oz o`zgartirish kiritdi. Uning fikricha, ishlab chiqarishda doim to`rt omil ishtirok etadi: 1)kapital; ishlab chiqarish vositayaari va er; tadbirkorlik faoliyati; ishchining mehnati. Har bir omil ishlab chiqarishdan olinayotgan o`ziga xos foydani aks ettiradi: kapitaldan kapitalist qo`shimcha foiz oladi; er renta beradi; kapitalistning ishbilarmonlik faoliyati daromad keltiradi; ishchining mehnati uni maosh bilan ta`minlaydi. Boshqacha qilib, J.B. Klark so`zi bilan aytganda: «Erkin raqobat mehnatga mehnatdan kelgan narsani beradi, kapitalistlarga kapital yaratgan narsa tegadi, tadbirkorlar muvofiqlashtirish faoliyatidan kelgan narsani oladi»'. Tadbirkorlik faoliyatini u ana shunday tushungan. Mashhur amerikalik iqtisodchi Y. SHumpeter (1883-1950) o`zining «Iqtisodiy rivojlanish nazarnyasi»2 kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb ta`riflagan. Olim tadbirkorlik faoliyatini kapitalistik iqtisodiyotning rivojlanishida, iqgisodiy o`sishni ta`minlashda katta rol’ o`inaydigan yangiliklarni joriy etishdan iborat, deb biladi: «Vazifasi yangi kombinatsiyalarni joriy etishdan iborat bo`lgan xo`jalik sub`ektlarini biz tadbirkor deb ataymiz». Ushbu muammoga iqtisodiyot sohasida Nobel’ mukofotiga sazovor bo`lgan (1974) ingliz iqtisodchisi Fridrix Fon Xayn (1899-1984) boshqacha yondashgan. Utang fikricha, tadbirkorlik faoliyat bo`lmasdan, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish, xatti-harakatlarni ta`minlashdir3. Olim tadbirkorlikni faoliyat emas, deb talqin etadi. Na xorijda, na bizda hali tadbirkorlikning umum tomonidan e`tirof etilgan ta`rifi mavjud emas. Amerikalik olim R. Xizrich, «Tadbirkorlik o`z qiymatiga ega bo`lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayoni, tadbirkor esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini sarflaydigan, barcha moliyaviy, psi-xologik va ijtimoiy xavf-xatarni o`ziga olib, evaziga mukofot sifatida pul va erishilgan yutug’qdan qanoatlanuvchi shaxs»4, - deb ta`kidlaydi. Ingliz professori A. Xoskin esa «ishni o`z hisobidan olib boruvchi, biznesni boshqarish bilan shaxsan shug’ullanuvchi va kerakli vositalar bilan ta`minlanish uchun shaxsiy javobgarlikka ega, qarorni mustaqil qabul qiluvchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo`ladi»5, - deb izoxlaydi. Bugungi kunda tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishning to`rt bosqichi mavjud. XVIII asrdayoq vujudga kelgan birinchi bosqich - tadbirkorlik xavf-xatarini o`ziga olish, boshqacha qilib aytganda, tavakkalchilik bilan bogliq. Tadbirkorlikning ikkinchi bosqichi esa innovatsiya jarayoni bilan bogliqtsir. Amerikalik iqtisodchi olim Y. SHumpeterning fikriga ko`ra, tadbirkorlikning novatorlik xarakteri quyidagilarda aks ettiriladi: bozor uchun yangi tovar ishlab chikzrish; ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish; yangi sotish bozorlarini o`zlashtirish; - xomashyoning yangi turlari va manbalarini topish. Tadbirkorlik vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning ilohida shaxsiy sifatlari: ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning o`zgarishida I o`gri yo`l topa bilish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va kabul qilishda mustaqillik, boshqaruv qobiliyatlarining to`la namoyon bo`lishi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni to`rtinchi bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bo`lishini tadbirkor Mfakatini taxlil qilishdagi boshqaruv aspektiga ko`chirish bilan boglaydilar. Bu hozirgi vaqtda nazariyada tadbirkorlik muammolari taxdili ko`plab o`zaro bogliq fanlar doirasida olib borilishini anglatadi. Hozirgi zamon nazariy tadqiqotlarida nafaqat tadbirkorlikka ishlarni mustaqil olib borish usuli sifatida, balki firma ichidagi tadbirkorlikka 1(ki intraprenerlikka e`tibor qaratiladi. «Intra-prener» atamasi amaliyotga amsrikalik olim G. Pinsho tomonidan kiritilgan. Intraprenerlikning paydo bo`lishi ko`pgina yirik ishlab chiqarish tuchilmalari, ularda ishlab chiqarishni tashkil etishning tadbirkorlik ishkliga o`tishi bilan bog’liq,. Tadbirkorlik ishi ijod erkinligining mavjud bo`lishini ko`zda tutganligi sababli yaxlit ishlab chiqarish birikmalari bo`linmalari harakat kilish erkinligini oladilar, bu tadbirkorlikning isosida yotuvchi g’oyalarni amalga oshirish uchun zarur intrakapitalning mavjudligini nazarda tutadi. Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, tadbirkorning o`z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko`p qirralidir. Bu bozor siyosatining o`zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi , omillari ta`sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi mpnfaat (foyda) ko`rish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta`minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko`mak beruvchi zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta`minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e`tiborga olish kerak: -tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e`tiborga olib ish ko`radi; tadbirkor samaradorlikni ta`minlovchi sa`y-harakatlar qilib, ishlab chikarish xarajatlarini kamaytirish yo`llarini qidiradi; biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o`z bizneslarini erkin shart-sharoitlarda olib borishiga etarli imkoniyatlar ratadilar; kichik korxonaning pirovard natijalari, ya`ni uning oladigan foyda yoki charari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma`lum bo`ladi; kichik biznes bilan shug’ullanuvchi tadbirkor o`z mablaglarini harakatga olib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday o`lishini aniq bilmaydi. SHunday qilib, tadbirkorlik - iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g’oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyat yotadi. Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang’ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog’langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi. Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tatbiq etishda o`z ifodasini topadi. Tadbirkorning o`zi tadbirkorlik faoliyatining asosiy sub`ekti hisoblanadi. Ammo tadbirkor yagona sub`ekt emas, har qanday holda u ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatning iste`molchisi hamda har xil vaziyatlarda yordamchi yoki raqib sifatida bo`luvchi davlat bilan o`zaro hamkorlik qilishga majbur. Iste`molchi ham, davlat, ham, yollanma (ishchi) xodim ham tadbirkorlik faoliyati sub`ektlari qatoriga kiradilar. Tadbirkor va iste`molchining o`zaro munosabatlarida tadbirkor faol sub`ekt kategoriyasiga kiradi. Iste`molchi esa bunda passiv rol o`ynaydi. Bu o`zaro munosabatlarni taxlil qilishda iste`molchi tadbirkorlik jarayonining indikatori rolini bajaradi. Tadbirkor faoliyati predmetini tashkil etuvchi barcha narsa iste`molchining ijobiy bahosiga ega bo`lgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste`molchi tomonidan tovarga baho beriladi va keyin u yoki bu tovarni xarid qilishga tayyorligi aniqlanadi. Tadbirkor o`z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishda iste`molchining kayfiyati, istagi, manfaatlarini hisobga olishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitada tadbirkor uchun iste`molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishdan boshka iste`molchiga ta`sir qilishning yo`li yo`kdir. Ammo bu tadbirkor iste`molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishi kerakligini bildirmaydi. Tadbirkorning o`zi iste`molchining talabini shakllantirishi, yangi iste`mol ehtiyojlarini yaratishi (agar xaridor uchun zarur bo`lgan yangi tovar yaratilsa) mumkin. SHundan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning ikki usulini keltirish mumkin: iste`molchi manfaatini aniqlash usuli; iste`molchiga yangi tovar yoki xizmatlarni «majburan qabul qildirish» usuli. SHunday qilib, tadbirkorning asosiy maqsadi o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga ehtiyojni aniklashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda kuyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak: tovarning yangiligi va uning xaridor manfaatiga mos kelishi; tovar yoki xizmatlarning sifati; tovar yoki xizmatlarning narxi; tovarning universaplik darajasi; tovarning tashqi ko`rinishi, uning xaridor talabiga mosligi; sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati; tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi; tovarlar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o`ziga jalb etishi va hokazo. Xulosa shundan iboratki, agar ijtimoiy ishlab chiqarish nuqtai nazaridan tadbirkor faol sub`ekt rolida bo`lsa, unda tadbirkorlik jarayonining o`zi, uning samaradorligi va mazmuni nuqtai nazaridan iste`molchi faol rol’ o`ynaydi va tadbirkor bu omilni inkor eta olmaydi. Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta`minlanish darajasini taxlil kilish yo`li bilan iktisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini topishi; ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati; uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi; to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to`gri yo`lga quyish qobiliyati; beshinchidan, yangi texnik, texnologik goyani birinchi bo`lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi. Tadbirkorning ushbu ishbilarmonlik tamoyillari uning ijodkorligiga > asoslanadi. Aynan ana shu ijodkorlik Y. SHumpeter fikriga .asosan, tadbirkor boshqalar e`tibor bermagan va bilmagan ishlarga e`tibor berib, faoliyat yuritish imkonini beradi. Ijodkorlik tadbirkorni ta`riflashda asosiy mezon bo`ladi, ammo u turli shakllarda namoyon bo`lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday samarali foydalanish mumkinligini biladi. SHu bilan birga, u bu yangiliklardan xaridorning qiziqishini uyg’otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo`llarini topa oladi. Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb etishni talab qilmaydigan odDiyroq shakllarda ham namoyon bo`ladi. Masalan, u tovar o`ramining yangilanishi, an`anaviy tovarga yangi xususiyat va sifatlar berish ko`rinishida namoyon bo`lishi mumkin. Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini qo`llashi mumkin. Masalan, u ishlab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o`rnatadi, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalaridan foydalanadi. Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g’oyalarning amalga oshirilishi bozorda qanday qabul qilinshshshi oldindan ko`ra bilish qobiliyatida namoyon bo`ladi. SHu jihatdan yangilikni bozorda tatbiq etish va iste`molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir. Ko`pgina tadqiqotchilar jamiyatda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar soni ko`payib borayotganligani ta`qidlaydilar. Ma`lumotlarga ko`ra, mustaqil faoliyat yurituvchi aholining 18-20% qismi tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Tadbirkorlik har qanday boshqa kasb kabi ishbilarmonlik sifatlarini talab etadi. Tadbirkor kishidan, avvalo, o`ziga va o`z qobiliyatiga ishonish talab etiladi. O`ziga, o`z kuchiga ishonmaydigan inson nafaqat tadbirkorlik, balki har qanday sohada ham ishni oxirigacha etkazishga qodir emas. Tadbirkorning muvaffaqiyatini belgilovchi keyingi shart agressdavlikdir. Bunda gap, birinchidan, tadbirkorga nimadadir birinchilikka ega bo`lish ishonchini beruvchi, ikkinchidan, tadbirkorning aniq maqsadga qaratilgan harakatlarni bajarishida tashabbusni tortib olishga harakat qiluvchi agressivlik haqida gap ketayapti. SHunday qilib, bu o`rindagi agressivlik amalda g’oyalar, loyiha va tashabbusni tortib olish va uni tez amalga oshirishni bildiradi. Bunday agressivlik atrofdagilarga (hammadan oldin raqiblarga) to`g’ridan - to`g’ri zarar keltirmaydi, u bevosita zarar keltirishi mumkin (agar birov qandaydir tovarni ishlab chiqarishda tashabbusni o`z qo`liga olsa, boshqa kipga bunday tovarni ishlab chiqara olmaydi, demak, tovar ishlab chiqarish bo`yicha tashabbusni birinchi bo`lib boshlagan tadbirkorning harakati u mo`ljallagan daromadni olishiga imkon bermaydi). Tadbirkor ko`pgina hollarda o`z jamoasi bilan harakat qiladi, shuning uchun tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish jarayoniga samarali ta`sir etuvchi jamoani yaratgandagina, muvaffaqiyatga erishadi. SHu munosabat bilan tadbirkorning oldida murakkab muammolar turadi. Bular biznesning muvaffakiyati uchun qanday ixtisosdagi mutaxassislar kerakligi, ular qanday sifatlarga ega bo`lishlari zarurligi, ularning tadbirkor shakllantirayotgan ruhiy muhitga kira olishlari mumkinligini aniqpash muammolaridir. Har qanday faoliyatdan kutiladigan samara insonga, avvalo uning mehnat madaniyati darajasiga bog’likdir. Masalan, yaponlar «ikqisodiy mo``jizalari» asosida nafaqat ilm, fan-texnika va texnologiya yutuqpari, balki mehnat madaniyatining o`zgarishi yotganligini ta`kidlaydilar. YAponiya ekspertlarining fikriga ko`ra, buning uchun yapon jamiyatiga 30 yil kerak bo`lgan. Mehnat madaniyati deganda ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi, mehnatning yangi, samaraliroq usullarini qo`llash, hamkasblar va qo`l ostidagilar bilan muomalada samimiylik, yangi goyalar, texnologiyalarni izlash, mulkka va ishlab chiqarish munosabatlariga ehtiyotkorona yondashish tushuniladi. Korxona faoliyatini boshqarishda to`g’ri qaror qabul qilish tadbirkorning eng muhim sifatlaridandir. Boshqacha qilib aytganda, bu tabirkorning o`z faoliyati, o`z biznesi sohasida javobgarlikni o`z zimmasiga olishidir. Haqiqatan ham tadbirkor, qaror qabul qilib, uni amalga oshirishda nafaqat o`z sheriklari oldida, balki o`zining kelajakdagi qarorining oqibati uchun javobgarlikni ham o`ziga oladi. Binobarin, javobgarlikni o`ziga olish jarayoni, ayni bir vaqtda, xavf-xatarni o`ziga olishni ham bildiradi. SHunday qilib, xavf-xatarni ko`ra bilish va uni bartaraf etish uchun tayyorlik ham tadbirkorga xos muhim sifatdir. Tadbirkorlik niyatini amalga oshirish belgilangan darajada tadbirkorning motivlashuvi (manfaatdor bo`lishi)ga bog’liq. Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y. SHumpeter uchta asosiy motivni ajratgan: birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta`sir qilishga ehtiyoj; ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish ehtimoli bo`lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat; - uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi. Ammo, Y. SHumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi garbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy tomirlariga ega O`zbekistonda tadbirkorlikning :»amonaviy haqiqatlarga asoslangan o`z motivi bo`lishi kerak. O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o`ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo`ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi alomatlarga ega: - o`z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish; eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalar-ni amalga oshirish istagi; to`rachilik tuzilmalari bilan bog’likliqtsan qochish, harakatlar erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo`lish; qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish; o`zining ijtamoiy maqomi va obro`sini oshirishga intilish hamda o`ziga va o`z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta`minlash. Ko`rsatib o`tilgan istaklarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tadbirkor bir qator izchil harakatlarni amalga oshirishi kerak. Bu harakatlar tanlab olingan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shakllariga bogliq. SHu munosabat bilan tadbirkor o`z faoliyatini tashkil etishning quyidagi ikki tarkibiy qismini taxlil qilishi kerak: bozor va unda vujudga keladigan vaziyat; ishlab chiqarish tuzilmasi. Ish muhitini taxlil qilishda tadbirkor bu qismlar o`rtasida o`zaro aloqalar o`rnatishning samarali usulini topishi kerak. Ammo, bunga erishish qiyin, chunki birinchidan, ikkala tarkibiy qismning sifati turlicha. Bozor dinamik o`zgaruvchan mexanizmdan iborat. Unga doimo kuzatiladigan talab, taklif, narx, raqobat sharoitlarining o`zgarishi xosdir. SHu bilan bir vaqgda ishlab chiqarish tuzilmasi konservativ, kam o`zgaruvchan. Ishlab chiqarish dasturlari kundalik o`zgarishlarni ko`zda tutmaydi. Ikkinchidan, bozor va ishlab chiqarish fazo va vaqtga bo`lingan. Fazoviy bo`linishga ko`ra, bozordagi o`zgarishlar ishlab chiqarish tuzilmasidagi xuddi shunday o`zgarishlarni keltirib chiqara olmaydi. Bu holat vaqt bo`yicha bo`linish bilan ham chuqurlashadi, tadbirkor ishlab chiqarish dasturini shakllantiradi va uni bozordagi vaziyat haqidagi axborotlar bilan asoslaydi. Ammo dasturni bajarish ma`lum bir vaqtni talab etadi, shu vaqt ichida bozorda jiddiy o`zgarishlar ro`y berishi mumkin. Buning natajasida ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatlar bozorda kerak bo`lmay qolishi mumkin. SHuning uchun tadbirkor muhim qarorlarni qabul qilish uchun asos bo`lib xizmat qiluvchi marketing tadqiqotlari bozorda vaziyatning rivojlanish bashoratiga asoslanishi kerak. Qaror qabul qilish, mas`uliyatni zimmasiga olish kabi vazifalar tadbirkorlikni boshqarish faoliyati bilan bog’laydi. SHuning uchun ham tadbirkorni menejerdan ajratish zarur. Bularning har biri o`ziga xos vazifalarni bajaradi. Bir tomondan tadbirkorlik faoliyatining mazmuni boshqarish faoliyatidan kengroq bo`lsa, boshqa tomondan har bir ishbilarmon ham menejment vazifalarini bajara olmaydi. Menejment asoslariga bag’ishlangan kitobda bu haqda yaxshi fikr bildirilgan: «SHaxsiy tavakkalchilik, moliyaviy imkoniyatga bo`lgan munosabat, tinimsiz mehnat Qrshish kabi xususiyatlarga ega tadbirkor yiriklashib borayotgan korxonani boshqara oladi, degan gap emas»1. Menejerning «shakllanmagan tuzilmani shakllantirish» qobiliyati ishi yurishib ketayotgan ishbilarmonga doimiy xos bo`lavermaydi. SHu sababli yirik korxonalar rahbariyati tarkibiga menejerlar kelmokda. Xulosa qilib aytganda, bugungi sharoitda «tadbirkor» tushunchasi «menejer» tushunchasiga juda yaqin turadi. SHu bilan birga, tadbirkor mulkdor bo`lsa, menejer boshqaruvchidir. Amalda esa, aksariyat mulkdorlar menejer vazifasini bajaradi, qator menejerlar esa o`zlari boshqarib turgan ishlab chiqarish korxonalariga ega bo`lib qolmokda. «Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning entsiklopedik lugatida kuyidagicha ta`riflanadi: Tadbirkorlik - (ingl. enterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas`uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan ta`qiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslaxdt berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko`zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag’ bilai bog’liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta`rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta`rifda tadbirkorlik faqat ma`lum faoliyat bilan shug’ullanish emas, balki bevosita faoliyat yuritishdan iboratligi ta`kidlangan. Tadbirkorlikka berilgan qator ta`riflarda eng muhim holat, ya`ni* shaxsiy daromad bilan ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko`rsatilmagan. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi: xo`jalik faoliyati olib borayotgan sub`ektlarning mustaqilligi va - rkinligi. Hukuqiy me`yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin; iqtisodiy manfaatdorlik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni ko`zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o`z xdosasini qo`shishdir; xo`jalik tavakkalchiligi va mas`uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham poaniqlik va tavakkalchilik bo`lishi mumkin. Download 97.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling