Referati tuzuvchi: sst 70/22 guruh talabasi isoqjonov davronbek. Tekshirdi: qambarali to’raboyev
Hunarmandlar uchun soliq imtiyozlari
Download 53.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqdavronbek soliq
Hunarmandlar uchun soliq imtiyozlari: Prezidentimizning 28.11.2019 yildagi PQ-4539-son qaroriga muvofiq, 1.01.2020 yildan 1.01.2023 yilga qadar “Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori uchun YaTTlar aylanmadan olinadigan soliq to‘lov stavkasini 2 % miqdorida to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasiga asosan, yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasining a’zolari ijtimoiy soliqni to‘lashdan ozod etiladi. Shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi lozim. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozlarga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki tugatilgan taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq yuzaga kelgan yoki tugatilgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi. Shuningdek, 2022-yildan boshlab “Hunarmand” uyushmasining a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari va “Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrda yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi belgilandi. “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo‘lgan hunarmandchilik sub'yektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘zaro elektron axborot almashinuvi tizimini ikki oy muddatda yo‘lga qo‘yadi; hunarmandlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati turlariga muvofiq bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ushbu huquqbuzarlik aniqlangan kalendar oyidan e'tiboran amalga oshirilgan faoliyat turi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan stavkalarda undirish choralarini ko‘radi. “Hunarmand” uyushmasiga, qonunchilikda belgilangan hunarmandchilik yo‘nalishlariga zid faoliyat turi bilan shug‘ullangan holda soliq imtiyozlaridan foydalangan shaxslarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zoligi masalasi uyushma tomonidan ko‘rib chiqilishi tavsiya etildi. “Usta-shogird” maktablari asosida shogird sifatida biriktirilgan shaxslarga berilgan shogirdlik guvohnomasi orqali ularning hisobini yuritish mexanizmini joriy etish va shu orqali milliy hunarmandchilik an'analari asosida tahsil olayotgan shogirdlarning yagona milliy bazasini shakllantirish; “Usta-shogird” maktablarida tahsil olayotgan hamda guvohnomaga ega bo‘lgan shogirdlar to‘g‘risida hududiy mehnat organlarini xabardor qilinishi tizimini yaratish; hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha shogirdlarni tayyorlash malaka talablari va o‘qitish muddatlarini belgilash tavsiya etiladi. Tadbirkor davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan bir paytda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lovchi sifatida davlat ijtimoiy sug‘urtalanadigan shaxsga aylanadi. Tadbirkorning pensiya olishga bo‘lgan huquqi u pensiya yoshiga to‘lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi. Tadbirkor o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishi o‘zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan ijtimoy soliqlarning eng kam miqdori har oyda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazoviy hisoblash miqdori (BHM)dan kam bo‘lmagan miqdorni, yoshiga oid pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo‘lgan tadbirkorlar uchun esa bazoviy hisoblash miqdori (BHM)ning kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Tadbirkor belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turgan paytida ijtimoiy soliqlar to‘lanmaydi, va bu davr stajga qo‘shilmaydi. Ijtimoy soliqlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadidan soliq to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanadi. Tadbirkorlar soliq haqidagi qonunlarga muvofiq ijtimoy soliqlarni o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javob beradilar. Tadbirkorning mehnat stajiga u budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoy soliqlar to‘lagan davrlar kiritiladi. Pensiyalar tayinlash uchun mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar to‘langan ijtimoiy solqilar summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan bazoviy hisoblash miqdori (BHM) kam bo‘lmasa (to‘langan penyalarni hisobga olmagan holda), stajga kalendar yil qo‘shiladi. Tadbirkorning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoy soliqlar to‘lanishidan qat’i nazar pensiyalar tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shiladi. To‘liq kalendar yil mobaynida tadbirkorning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash bo‘lgan hollarda, agar mazkur yilda ijtimoy soliqlar kamida 9 oy mobaynida to‘langan bo‘lsa stajga kalendar yil qo‘shiladi. Tadbirkor sifatidagi ish faoliyati va uning davomiyligi guvohlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi. Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun tadbirkorning daromadi to‘langan oylik ijtimoy soliq summasini ish beruvchilar va xodimlar uchun ijtimoy soliqni ajratishning qonun hujjatlarida belgilangan jami foiziga bo‘linadi va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Pensiyalar tadbirkor yashash joyi bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil qilgan holda yoki yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona hisoblanadi (kichik tadbirkorlik subyekti). Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma ishchilarning umumiy soni qonunchilik bilan o‘rnatilgan kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik sonidan ortishi mumkin emas. Oilaviy korxona ishtirokchilarining minimal soni 2 nafardan kam bo‘lmasligi kerak. Oilaviy korxona to‘liq yoki qisqartma firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Oilaviy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomi va “oilaviy korxona” so‘zlaridan iborat bo‘lishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartma nomi va “oilaviy korxona” so‘zlari yoki “OK” abbreviaturasidan iborat bo‘lishi kerak. Oilaviy korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi: Oila boshlig‘i, uning rafiqasi (turmush o‘rtog‘i), farzandlari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga layoqatlilik yoshiga yetgan boshqa qarindoshlari (farzandlar va nabiralarning turmush o‘rtoqlari, tug‘ishgan yoki o‘gay aka-uka va opa-singillar, ularning turmush o‘rtoqlari va farzandlari, amaki-tog‘a va amma-xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Ishtirokchilardan birigina oilaviy korxona boshlig‘i bo‘lishi mumkin, oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan unga ularning nomidan ish yuritish huquqini taqdim etadi. Oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi oilaviy korxonanining oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari tomonidan tuziladigan ta'sis shartnomasi oilaviy korxonaning ta'sis hujjati hisoblanadi. Oilaviy korxonaning ustav fondi 2 230 000,00 so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak. Oilaviy korxona turar-joy va noturar joy binolari, jumladan, oilaviy korxona ishtirokchilari mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda egalik qiladigan ishlab chiqarish, xo‘jalik imoratlari va boshqa binolarda faoliyat yuritishi mumkin. Turar joy binolarini oilaviy korxona faoliyatida foydalanish uchun noturar joy binolariga o‘tkazish talab etilmaydi. Alohida faoliyat turlari uchun qonunchilik bilan belgilangan holatlar bundan mustasno. Xususan, ko‘p qavatli turar joylarda oilaviy korxona tomonidan sanoat faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy korxona aksiz markali mahsulotlar ishlab chiqarish, yer qa'ri uchastkalaridan foydalangani uchun soliqqa tortiladigan foydali qazilmalarni qazib olish, shuningdek, yuridik shaxslar uchun qat'iy belgilangan soliq yoki yagona yer solig‘i to‘lash ko‘zda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullana olmaydi. Oilaviy korxona faoliyatida inson va atrof-muhit uchun yuqori xavf tug‘diruvchi zaharli, radioaktiv moddalar va materiallar, yuqori bosimli va boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy korxonalar foydalana olmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Oilaviy korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni naqd va (yoki) naqd pulsiz hisob-kitob orqali sotishi mumkin. Oilaviy korxona mahsulotini sotish u ishlab chiqarilgan joyda amalga oshirilishi mumkin. Soliq huquqi ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Huquqiy tartibga solish predmeti – bu ijtimoiy munosabatlar doirasidir. Ijtimoiy munosabatlar o’zining хususiyatiga ko’ra huquq normalari o’rtasidagi alohida bog’liklikni vujudga keltiradi va ularni yaqinlashtiradi. Shu sababli, ijtimoiy munosabatlar huquq normalarini ma’lum bir tarmoqqa birlashtirishda asos bo’lib хizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi faniga ko’ra huquqiy tartibga solish predmeti quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: huquqiy tartibga solish predmeti sub’ektlari; sub’ektlarning хulq-atvori, хatti-harakatlari; atrof-muhit ob’ektlari; ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi ijtimoiy faktlar (hodisa va harakatlar). Demak, huquqiy tartibga solish predmeti – bu huquqiy ta’sir doirasidagi barcha ijtimoiy munosabatlardir. Huquqiy tartibga solish predmeti shaхslar o’rtasida vujudga keladigan va bekor bo’ladigan aniq munosabatlar doirasi bo’lib, ular ob’ektiv ravishda huquqiy tartibga solishga muhtojdir. Jamiyatda vujudga keladigan munosabatlar turlicha bo’lgani holda, ular muayyan umumiy хususiyatlarga ham egadir: birinchidan, bu munosabatlar – shaхslar uchun hayotiy muhim bo’lgan munosabatlardir; ikkinchidan, bu munosabatlar – stiхiyali tarzda bo’lmay, balki doimo aniq maqsadga yo’naltirilgan munosabatlardir; uchinchidan, bu munosabatlar – barqaror, ya’ni takrorlanib turadigan munosabatlardir; to’rtinchidan, bu munosabatlar – shaхslarning хatti-harakatlari orqali ifodalanganligi sababli, ularni nazorat qilish mumkin. Soliq huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlarga , ya’ni predmetiga (O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga tayanib) quyidagilarni kiritish mumkin: 1) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlar; 2) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy etish bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlar; 3) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlar; 4) Davlat byudjetiga soliqlarni to’lash bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlar; 5) Davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlarni to’lash bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlar; 6) soliq majburiyatlarini bajarish (javobgarlikni belgilash) bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlar. Qayd etilgan barcha ijtimoiy munosabatlarda davlat organi ishtirok etadi. Bu qonuniydir, chunki soliq solish davlat funktsiyalarini amalga oshirish (davlat boshqaruvi) shakllaridan biridir. Soliq sohasida davlat nomidan harakat qiladigan va uning хohish-irodasini ifodalaydigan davlat organi (mansabdor shaхs)ning ishtirokisiz, soliq huquqi predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bo’lishi mumkin emas. Shu sababli ikki fuqaro o’rtasida vujudga keladigan, хo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida shartnoma munosabatlari soliq huquqi predmetiga kirmaydi. Chunki ular tegishli huquq sohalari normalari bilan tartibga solinadi. Download 53.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling