Referati voleybol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari reja
To’p kiritish vaqtida o’yinchilarning joy аlмashishi
Download 1.52 Mb.
|
VOLEYBOL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joylashishda xatoga yo’l qo’yish
- Joy almashish
To’p kiritish vaqtida o’yinchilarning joy аlмashishiTo’p kiritish vaqtida o’yinchilar o’z maydonchalari va zonalari chegarasida joylashgan bo’lishlari kerak (to’pkirituvchio’yinchibundanistisno) (9.1, 7.6.1, 13.4.2.). O’yinchilarning joylashishi quyidagi tartib raqamlari bilan ifodalanadi: To’r bo’ylab turgan uch o’yinchi – oldi chiziq o’yinchilari – 4- 3 – va 2 – zonalarda joylashadi, qolgan uch o’yinchi – orqa chiziq o’yinchilari – 5 – 6 – va 1 – zonalarda joylashadi. O’yinchilarni to’gri joylashishi Har bir orqa chiziq o’yinchisi oldingi chiziqo’yinchilaridan orqada joylashishi kerak. Oldingi va orqa chiziq o’yinchilari Qoidaning 7.4.1. - bandida qayd etilganidek gorizontal ravishda - joylashishi kerak. O’yinchilarning to’g`ri joylashishi ular oyoqlarining maydon yuzasida joylashish xolatiga qarab aniqlanadi va nazorat qilinadi. Xar bir oldingi chiziq o’yinchisi oyoqlari orqa o’yinchilari oyoqlariga nisbatan o’rta chiziqqa yaqin joylashishi lozim (1.3.3.). Har bir o’ng qanot (chap qanot) o’yinchisi oyoqlari markaziy o’yinchi oyoqlariga nisbatan o’ng (chap) qanotchizig’iga yaqin joylashishi lozim (1.3.2). To’p o’yinga kiritilgandan so’ng o’yinchilar maydonchani istalgan joyida yoki bo’sh zonada xarakatlanishlari mumkin (12.2.2). Joylashishda xatoga yo’l qo’yish:To’p kiritilayotgan vaqtda biror o’yinchi noto’g`ri joylashgan bo’lsa, joylashish xato deb topiladi (7.3, 7.4). To’p kiritayotgan o’yinchining xatosi (13.4. 3.7.1) joylashish xatosidan ustun turadi. To’pni o’yinga kiritgandan so’ng to’p xatolikka uchrasa (to’rga tegib qarshi maydonga o’tmasa, maydon chegarasidan chiqib ketsa (13.7.2) bu xolda joylashish xatosi xisobga olinadi. Joylashish xatosi quyidagi oqibatlarga olib keladi: Jamoa to’p kiritishdan maxrum bo’ladi (6.3). O’yinchilar o’zlarining to’g`ri joylashishini tiklaydilar (7.3,7.4). Joy almashishTo’p kiritish tartibi va o’yinchilarning to’g`ri joylashishi bilan belgilanadigan xamda nazorat qilinadigan joy almashish tartibi partiyaning oxirigacha saqlanishi shart (7.3.1, 13.2, 7.4.1). To’p qabul qiluvchi jamoa to’p kiritish xuquqiga ega bo’lganda, uning o’yinchilari soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha navbatdagi zonalarga o’tib, joy almashadi: ya’ni 2—zona o’yinchisi 1 —zonaga. 1—zona — 6 — zonaga, 6—zona — 5 —zonaga vahokazo (13.2.2.2). Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling