Referatlar Diplom ishi Dars ishlanma Slaydlar Ensiklopediya Referat yuklash


Download 23.04 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi23.04 Kb.
#1497341
TuriReferat
Bog'liq
Muqumiy lirikasi


KIRISH
A'zo emasmisiz? Ro'yxatdan o'ting


Referatlar
Diplom ishi
Dars ishlanma
Slaydlar
Ensiklopediya
Referat yuklash

Asosiy ReferatAdabiyotMuqimiy lirikasi


Muqimiy lirikasi
Kategoriya Adabiyot
Bo'lim Referat
Sana
28-06-14
Yuklangan
142
Fayl hajmi
19,31 kB
Yuklab olish shartlari Referat haqida
1.Shoir lirikasining mavzu rang barangligi, janriy xususiyatlari.
2.Lirik qahramon turmushdan zavqlanish ishq va oshiqlik.
3.Lirik qahramonning hasrat ohanglari, muhitdan noroziliklari
4.Shoir she’rlarining badiyati va xalq qo`shiqlariga yaqinligi.
Referat haqida toliq malumot:
Muqimiy lirikasi

Muqimiy qoldirgan adabiy merosning katta bir qismini lirik g`azallar,murabba va muxammaslar tashkil etadi.Oz adabiy faoliyatini g`azallardan boshlagan shoir umrining oxirigacha,qariyib 35-40 yil davomida tinimsiz va barakali ijod etib,bu davr o`zbek poeziyasining rivojiga jiddiy hissa qo`shdi.


Muqimiy ham bir qalam ahllari kabi,ma’lum ijodiy evolyutsiyani o`z boshidan kechirgan.Uning salmoqdor lirik merosida taqlidiy mashqlar ekani sezilib turgan,mazmunan sayoz,badiiy jihatdan esa hali etilmagan ayrim g`azallarning ham uchrashi, siqalangan(ayrim g`azallarning ham uchrashi) asrlar davomida qolipga tushgan «tayyor» obrazlarning qayta-qayta qo`llangan toshbehlarning (ra’no kad», «Sarv kad»v.b.mavjudligi shundan darak beradi.Muqimiy «uchradi nogoh»-39 bet (As.tup.1tom,1960).
Lekin Muqimiy asta-sekin taqlidchilik,shogird-lik davrini orqada qoldirib,mustaqil mushohada qilish davriga-izlanish,qidirish bosqichiga o`tdi.Shoir lirikasining ham g`oyaviy, ham badiiy kamolatga erishuvida,xalqchil va xaqqoniy bo`lishida x.o.i.bilan bir qatorda ko`p asrlik she’riyatimizdagi eng yaxshi an’analarning ahamiyati katta bo`ldi.Muqimiy o`tmish o`zbek,fors-tojik va ozarbayjon klassiklari gazetalaridan ko`p baharamand bo`ldi,ulardan ijodiy o`rgandi.
Muqimiyning fors-tojik adabiyotining ulug` namoyandasi Abdurahmon Jomiyni o`ziga ustoz sifatida tanlashi ham shu Sharq poeziyasini maroq bilan o`rgangan davrlariga to`g`ri keladi.Shoirning she’riy merosi ichida Jomiyga bag`ishlab yozilgan bir necha she’rlar uchraydi.Shogirdning ustoziga muhabbatini, sadoqatini,ixlosini ifodalovchi,ayniqsa, «Mekuni e ne»radifli muxammasi xarakterlidir.273-bet
Muqimiy lirikasining markazida muhabbat tematikasi turadi.Faqat klassik adabiyotimizda yoxud Sharq poeziyasidagina emas,balki jahon adabiyotida ham juda eski,ammo hamma vaqt yosh,abadiy barhayot bo`lgan bu tema ko`p ishlangan va unda qanchadan-qancha shox asarlar yaratilgandir.Bu tema ulug` A.Navoiyga XU asrda qanday bitmas-tuganmas ma’nolar bag`ishlagan bo`lsa,oradan qariyib 5 asr o`tgandan keyin ham Muqimiyga shunday ilhom manbai bo`lib xizmat qildi.Bu tasodifiy emas,albatta.Chunki,adabiyotning asosiy ob’ekti insondir.Insonni muhabbatsiz tasavvur qilish mumkin emas,muhabbat inson ma’naviy hayotining ajralmas qismidir.
Muhabbat haqida qo`shiq to`qish hayotni kuylash demakdir.Shu ma’noda Muqimiy lirikasi chuqur hayotiy lirikadir.Shoir lirikasining zo`r sotsial qiymatini ham uning hayotiyligi-ta’min etadi.Chunki islom ruhoniylari diniy fonatizmni,tarki dunyochilikni, mistikani targ`ib qilib,jamiyatda pessimizm urug`larini sochib turgan bir paytda hayot to`g`risida kuylash,muhabbatni tarannum qilish katta ijtimoiy qiymatga ega bo`lgan zo`r jasorat edi.
Bu davrdagi diniy-mistik adabiyotning yirik vakillaridan biri Yusuf Saremiy:
Bu muammodir tiriklik uzlukingdin urmo dam,
Bu jahon oynadek asrorini xayronidur
San tumon etma, «baks bor?»deb,jahon ayvonida,
Bil yaqin avvalda foniy erdi,oxir foniydur!»
Deb jamiyatda «odam-yo`qlik»ni, «foniylik»ni targ`ib qilib turgan bir paytda,butun hokim ideologiya din, oxirat,toat-ibodat haqida jar solib turgan va odamlarni xilvatga,tarki dunyochilikka chaqirib turgan bir paytda Muqimiyning:
Navbahor ochildi gullar,sabza bo`ldi bog`lar.
Suhbat aylaylik kelinglar,jo`ralar o`rtoqlar!
Kabi xitob bilan chiqishi zulmat sukunati qoplangan kechada urilgan bong taassurotini tug`dirar va gangigan boshlarda hushyorlik yaratar edi.
Muqimiy muhabbat temasida ko`p dilrabo she’rlar yozdi.Ularda insoniy kechinmaning turli holatlari tasvir qilinadi.Muqimiy ba’zan shunday zo`r ijodiy mahorat ko`rsatadiki,so`z san’atining namunasi bo`lgan bu she’rlarni o`qiganda,kishining qo`z o`ngida jonlimanzara,sehrli rassom qalami bilan chizilgan ajoyib lavha namoyon bo`ladi.Shoir xayolida yaratilgan lavha jonli va qonli hayot manzarasiga aylanib ketadi.Chunonchi «Yolg`iz» radifli g`azal shunday san’at mo`jizalaridan biri bo`lib,u rassom uchun ham,haykaltorosh uchun ham tayyor materialdir.
Banogoh uchradi,ot o`ynatib bir dilrabo yolg`iz,
Rikobiga surib ko`z,qo`l ochib duo yolg`iz. . .
100 bet
Bu she’rda tasvir qilingan manzara o`zining realligi va jonliligi bilan kishini o`ziga maftun etadi: ot o`ynatib kelayotgan go`zal –mahbuba,ot uzangisiga ko`zini surib,go`zal haqiga duo qiluvchi oshiq.Bu manzarada Sharq adabiyotiga xos qanchadan-qancha romantika va insoniy his tuyg`u bor.
Muqimiy lirikasida xastni sevishga hayotdan zavqlanishga chaqirib,turmushning ozod va baxtiyor bo`lishini orzu qilish asosiy va etakchi motivni tashkil qiladi.Lirik qahramondagi bu ulug` niyatlarni amalga oshirish,turmushni farovon qilish va quvnoq qilish ikki yoqlama zulm hukmronlik qilgan adolatsiz,mudxish kalonial tuzum sharoitida mumkin emas edi.Shoir istaklari bilan hukmron muhit o`rtasidagi bu qarama-qarshilik uning poeziyasida hasrat,nolish,shikoyat motivlarini tug`dirdi.
«Toleim»,(145-bet), «Ohkim holimni so`rmas» (282-bet), «Intizor o`lturg`usi» (284-bet), «Dog`men» (307-bet), «Maktubot»(102-bet) P-tom.
Shuni aytish kerakki,shoir poeziyasidagi alam,hasrat va shikoyat motivlari umidsizlik belgisi bo`lmay,balki lirik qahramondagi zo`r orzular,ulug` g`oyalar va ularning amalga oshishiga bo`lgan zo`r umid natijasida tug`ilgan motivlar edi.Mavjud tuzumdan qanoatlanmagan va o`z yuksak g`oyalarini amalga oshirish uchun turmushda hali etarli ijtimoiy zamin topa olmagan Muqimiy istiqbolga qarab intiladi va o`ziga o`zi:
Kelur oxir seni ham yo`qlagudek bir zamon yaxshi,-
Deb xitob qiladi. . . Kelajakda yaxshi zamonlardan darak beruvchi bu satrda Muqimiy poeziyasining eng kuchli tomoni,shoir lirik qahramonining asl qiyofasi yaqqol ko`rinib turadi.. .
Adabiyotimiz tarixida Muqimiy o`z murabba’lari bilan mashhur.Shoir murabba’lari uning ko`pchilik g`azal va muxammaslari kabi,o`zbek xalq kuylariga moslab yozilgan.Ehtimol ularning ba’zilari maxsus ashula uchun atab yozilgandir.
Bizga Muqimiy murabba’laridan 21 tasi ma’lum bo`lib,ular o`zining g`oyaviy va badiiy xususiyatlari bilan alohida diqqatga sazovordir.Ularning deyarli hammasi ishqiy temada yozilgan.Mazmunan tugallangan, shakllangan kam-ko`stsiz yozilgan ko`p murabba’larning bir namunasi sifatida «Ko`nglum sandadur» murabba’sini olaylik: (243-bet)
Ko`rinib turibdiki,unda muhabbat kechinmalari tasvirlanadi.Lekin shoirning ustaligi,mahorati shundaki,kichik hajmdagi she’rda muhabbatning butun bir sarguzashti,tarixi:muhabbatning tug`ilishi,boshidan kechgan kunlar, amal-hasratlari,shodliklari va nihoyat, uning taqdiri ko`rstiladi.
Keltirgan bu bandalar mazmunidan ko`rinib turibdiki,she’rning ma’lum va aniq muqadimmasi va xotimasi (1-va 7-bandlar) bor.Mahbubani ko`rib oshiq bo`lgan va uning visoliga erisholmay ,ertayu kech hijron o`tida yongan oshiq duogo`y bo`lib turish bilan qanoatlanishga majbur.

MUQIMIY LIRIKASINING BADIIY XUSUSIYATLARI


Muqimiy lirikasining katta shuhrati,mangu barhayotlik va hamisha navqironligini ta’minlagan asosiy omillardan biri –ilg`or g`oya,hayotiy mazmunni haqqoniy va xalqchil ifodalashdagi badiiy barkamollikdir. Badiiylikni belgilovchi komponentlar rang-barang va xilma-xil.Uslubning soddaligi,bayonning ravonligi, fikrning ravshan hamda detallarning konkret va hayotiyligi ham,adabiy til normalari doirasida jonli so`zlashuv til boyliklaridan o`rinli foydalanish va xalq maqol-matallarini maqsadga bo`ysundirib qo`llash ham,omma diliga yaqin qo`shiq-ko`ylari yo`lidan borib,lirikaning vazn engilligi,o`ynoqiligi va musiqiyligini ta’minlash va b.Muqimiy lirikasining fazilatlaridir.
Shoir asrlar davomida ko`plab ijodkorlar lirikasida takrorlanib “Sinovdan o`tgan” qofiyalardan tez-tez o`rinli foydalanadi.Shuningdek,jonli xalq tilidagi “oddiy” so`zlarni qofiya o`rnida qo`llab ularga yangi jilo berishga,yaqin qirralarini ochishga ham intilib,bu sohada qator yutuqlarga erishadi.Shu ma’noda «Kelur» radifli g`azal xarakterlidir: 196-bet
Muqimiy oshiq va ma’shuqa xarakterlarini ochishda turli badiiy va uslubiy san’atlarni ishga soladi.M: dialog shaklidagi g`azallar shular jumlasidandir.Bu usul obrazlarning ichki kechinmalarini,ko`ngil nozini yuzma-yuz uchrashuvda «o`z so`zlari» bilan ifodalashga, jonli manzara chizishga imkon beradi.
Aydi kulib: «Ey notavon,hajrimda ranging
za’faron;»
Jabru jafo qildim yomon,ma’zur tut,chekting sitam.
Aydimki: “Qulikka bitib,kelgan zamon tashrif
etib
Qoldi ko`ngillardan ketib har qanchakim ranju
alam”.
. . . Ma’shuqa bilan kutilmaganda yuz bergan uchrashuv oshiqni gangitib qo`yadi.U o`zini batamom yo`qotadi,hatto,xalq iborasi bilan aytganda «Tili so`zga kelmay qoladi».Ma’shuqa esa o`zining bunday ta’siridan mamnun.U hazil-mutoyiba aralash oshiqqa «tegajaklik»,qiladi, «qizishtirib» qo`yadi:
Otarda er,kelmay qoldi til so`zga,kulub aytdi:
-«Qalaysiz? Kamnamosiz,gangu lolu bezabonim siz».
Mana bu baytda esa ma’shuqaning ko`pchilik oldida iymanib, hayo bilan ko`chadan o`tishi, uni, ayni zamonda,qandaydir qo`rquv,vahima qurshaganligi shahar g`ala-g`ovuri o`rtasiga tushib qolgan olazarak saxro ohusiga o`xshatiladiki,bu ma’shuqaning o`sha vaziyat,o`sha ondagi andisha- iztirobini ham,ruhiy kechinmalarini ham o`quvchi ko`zi oldida nihoyatda real gavdalantiradi:
Xalqdin etib xayo,vaxshat chekib beixtiyor,
Shaxrga tushgan kabi bir ohuyi sahro kelur.
Qator o`rinlarda Muqimiy qadimdan xalqimizga xos bo`lgan milliy xususiyat va urf-odatlar ishora qilib,jonli badiiy lavhalar chizadi.Dutor chertib mayin-xonish qilish,ayniqsa,Farg`ona ayol-qizlari orasida keng tarqalgan:
Asr emas qayu bir fe’lu atvoring,xususankim,
Olib ilgingga chalganda dutor oxista-oxista.
Mehmon kutishda qudalarga suv sepib,yo`llarni tozalab qo`yish eng yaxshi odatlarimizdan biri.Lirik qahramon ham ma’shuqani intizorlik bilan kutar ekan,ko`z yoshidek suv sepib,uning kelish yo`llarini tozalab qo`yadi:
Suv sepib ko`z yoshidin,qo`ydim yo`lingiz tozalab,
To kelur vaqtida domonni g`ubor etmay keling.
Shoirning yuksak badiiy san’atini namoyish etuvchi bu kabi misollar uning lirik merosida nihoyatda ko`p uchraydi.
MUQIMIYNING IJODIY MEROSI
Muqimiy o`zbek klassik poeziyasining zabardast lirik shoirlaridan biri bo`lishi bilan birga,adabiyotimizda xajviyatni yangi bosqichga ko`targan va satira maktabini yaratgan xajvgo`y ham edi.Adabiyotimizda she’riy usulda yozilgan ajoyib «Sayohatnoma»lar Muqimiy ijodi tufayli maydonga keldi.Muqimiy maktub shaklidagi epistolyar adabiyotning ham chiroyli namunalarini yaratdi.
Afsuski,Muqimiy yaratgan shunday boy ijodiy meros «Devon» «majmua» yoki «Bayoz» holida bizgacha to`liq etib kelgan emas.Muqimiy hayot vaqtida o`z qo`li bilan asarlarini bir muqova ostiga to`plagan emas.Uning yaratgan mazmundor va boy asarlari turli manbalarda uchraydi.bu manbalarni to`rt gruppaga ajratish mumkin.
A)Davlat fondidagi qo`l yozma manbalar;
B)Ayrim adabiyot havaskorlari to`plagan kollektsiyalar;
V)Turkistonda revolyatsiyadan ilgari litografiya va tipografiya yo`li bilan nashr qilingan materiallar (gazeta,jurnal,to`plam va kitoblar);
G)Og`zaki manbalar.
Muqimiyshunoslikning hozirgi bosqichida, demokrat shoir qoldirgan meros batamom to`plandi,degan xulosaga kelash qiyin albatta.Lekin hozirgi kunda shoir yaratgan ijodiy meros asosan to`plandi va nashr etildi.
Professor G.Karimovning o`qtirishiga Muqimiy-dan bizgacha etib kelgan merosning umumiy hajmi, hozircha,taxminan 10 ming misradan iboratdir.
Bu katta hajmdagi she’riy merosni janrlar jihatidan qo`yidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.
1.Lirik she’rlar (g`azal,muxammas,murabba’,masnaviy,
ruboiy,tuyuk,fard kabi).
2.Hajviyot (satira,yumor)
3. «Sayohatnomalar».
4.Maktublar (she’riy va przaik shakllarda).
Teglar: Muqimiy bilan qilish bo96lgan lirikasining badiiy lirik uning ko96p ijodiy katta zo96r she’riy shunday uchun yaratgan turgan yaxshi mumkin muhabbat

Mavzuga doir boshqa referatlar


2014-06-28 Muhammad Aminxo`ja Muqimiy -
Qoidalar Reklama Biz bilan aloqa Русский
© 2012-2018 | Arxiv.uz
Топ рейтинг www.uz
Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling