Referatning mavzusini qanday tanlaysiz? Qanday tayyorgarlik ishlari bajariladi?


Download 23.59 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi23.59 Kb.
#221130
TuriReferat
1   2
Bog'liq
TOPSHIRIQ-3

Tayyorgarlik ishlari:

  • Asosiy manbalarni o’rganish Siz referat mavzuini tanlagach, 1) tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqing:
    • leksiya materiallarini ko’zdan kechiring,
    • fan bo’yicha o’quv dasturiga ko’ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qiling.
    Bu Sizning mavzuning mohiyati, uning o’rganiladigan kursdagi o’rni va ahamiyati to’g’risida aniq tasavvur olishingizga imkon beradi.
    2) TDIUning axborot-kutubxona majmuida, shuningdek Toshkent shahar kutubxonalarida mavjud bo’lgan kataloglardan foydalanib, referat mavzui bo’yicha adabiyotlar manbalari doirasini kengaytiring.
    O’quv va monografiyali adabiyotlar bilan bir qatorda davriy nashrlarda, shu jumladan: «O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi», «Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana», «Marketing», «Lizing revyu», «Bozor, pul va kredit», «Kompaniya», «Ekspert», «Sekret firmы», «Dengi», «Iskusstvo upravleniya», «Problemы teorii i praktiki upravleniya», «Ekonomist», «Voprosы ekonomiki» kabi va boshqa jurnallarda e’lon qilingan maqolalardan ham foydalanish zarur.

  • O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tadqiqot mavzuiga tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlari va qarorlarini bilish ham referat sifatini oshirishga yordam beradi.
    Ishning dastlabki bosqichi yakuni bibliografiyadan iborat bo’ladi.

    Referat rejasini qanday tuzish mumkin?

    Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yo’nalish olishga imkon beradi, uning to’g’ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi.


    Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o’ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g’oyat muhim shartidir.
    Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.

    Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan chambarchas bog’lanadigan statistik materialga ega tahlil zarur.


    Keng hajmdagi statistik ma’lumotlarni jadvallarga yig’ish maqsadga muvofiq. Statistik ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish va rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni qurish mumkin.
    Referatda keltiriladigan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik ma’lumotlar olingan manbalarning sarlavhalari ko’rsatilgani holda qayd qilinishi lozim.
    Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari ko’rsatilishi kerak.
    Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan ko’chirmalar, fikrlar, qoidalar, xulosalar so’zma-so’z ko’chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur.
    Munozarali masalalar bo’yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qo’shiladigan yoki o’zining pozisiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi.
    Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni o’rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni o’z ichiga oladi.

    1. Referatni rasmiylashtirish usuli qanday?

    Referatni kompyuterda bajarish talab qilinadi.(garnitura Times New Roman, shrift 14), interval 1,5, hoshiyalar: yuqori va pastdan – 2; o‘ngdan-3; chapdan-1,5. Ixtiboslar 12 shrifda beriladi. Titul varag‘ida nomer qo‘yilmaydi, ammo betlarning umumiy soniga kiritiladi.


    Referat betlarining umumiy soni 15 betdan oshmasligi kerak. Bunda ilovalar inobatga olinmaydi. Referat betlarining oshib ketishi ishning kamchiligi hisoblanadi. Bundan muallif materiallarni to‘g‘ri tanlay qayta ishlay olmagan, degan xulosa chiqishi mumkin. Ilovada yordamchi va qo‘shimcha materiallar joylashtiriladi.



    1. Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog’ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o’ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak.
      Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo’ladi va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varag’i va ish rejasi bo’lib, ular raqamlanmaydi). Sahifa raqami yuqorida o’rtaga yoki o’ng tomonga qo’yiladi.

      Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.


      Referatning tuzilishi:
      1) titul varag’i;
      2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko’rsatilgan ish
      rejasi;
      3) kirish;
      4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bo’lingan
      matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham
      ko’rsatiladi;
      5) xulosa;
      6) foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
      7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar.

    2. Ilovalar ular mazmunini ko’rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib qo’yiladi.
    3. Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo’yicha kafedra belgilagan ko’rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.


       


     
    Download 23.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling