Referatning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi? Annotatsiya so’zining ma’nosini izohlab bering. Javoblar


Download 24 Kb.
bet2/5
Sana07.01.2023
Hajmi24 Kb.
#1082227
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Akademik yozuv 2 mavzu topshiriqlariga javoblar

Referat haqida umumiy ma’lumot

Rеfеrаt - ilmiy uslubga xos bo‘lgan matn. U oldindan tayyor matn asosida yaratiladi. Referat yozishdan maqsad – manba sifatida o‘rganilayotgan matnning mazmunini qisqacha bayon qilishdir. Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi.Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi.


Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinshini, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referat ma’lum bir tuzilishga ega:
- Kirish;
- Asosiy qism;
- Xulosa
Referatda quyidagi savollarga javob beriladi:
Nima haqda? Kimga va nima qiziqarli? Nima uchun bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi?
Referat oxirida o‘quvchi nuqtai nazaridan umumiy xulosa beriladi va quyidagi konstruksiyalar qo‘llanadi. O‘quvchi qiziqish bilan tanishib chiqadi, o‘rganganlarim men uchun foydali bo‘ldi, o‘zi uchun topadi, men bu fikrga qo‘shila olmayman va b.

Referat so‘zi lotincha “referre” negizidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda “bildirish, xabar berish” degan ma’nolarni anglatadi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:

Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi. 

Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

1. Titul varag‘i;

2. Reja;


3. Kirish qismi;

4. Asosiy qism;

5. Xulosa;

6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.




Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling