Referendum tushunchasi va o'zbekiston siyosiy huquqlarni kengaytirish o’tkazilgan referendum anotatsiya
REFERENDUMDA KELIB CHIQADIGAN TUSHUNMOVCHILIKLAR
Download 195.97 Kb.
|
REFERENDUM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Referendumda kimlar ishtirok etadi
- Referendumda ovoz berish
REFERENDUMDA KELIB CHIQADIGAN TUSHUNMOVCHILIKLAR
O‘zbekiston Respublikasida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun dastlab 1991 yil 18 noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur Qonun yillar davomida xalqaro tajribani, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001 yil 30 avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi. Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Referendum O‘zbekiston Respublikasining butun hududida o‘tkaziladi. Referendumda kimlar ishtirok etadi? Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqlidir. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar. Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi. Referendumda ovoz berish Referendumda ovoz berish byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz berish byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir. Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masala bo‘yicha o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “x” belgisini qo‘yadi.
Download 195.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling