Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” hamda “


Zamonaviy ta’limni faqatgina zamonaviy, maqomi baland, bilimi keng o’qituvchilar bera oladi


Download 67.85 Kb.
bet11/16
Sana01.04.2023
Hajmi67.85 Kb.
#1315440
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11-maktab referendum bayonnoma

Zamonaviy ta’limni faqatgina zamonaviy, maqomi baland, bilimi keng o’qituvchilar bera oladi.
Konstitutsiyaga o’qituvchilar bilan bog’liq modda kiritilayotgani – jamiyatda ushbu kasb egalariga nisbatan yillar davomida shakllangan munosabatni ijobiy tomonga o’zgartirish yo’lida tashlangan qadam, deya baholash mumkin. CHunki ta’lim sifatining orqaga ketishi – o’qituvchining mehnati qadrsiz bo’lgani bilan bevosita bog’liq.
Mustaqillikning dastlabki mashaqqatli yillaridan bosh­lab ijtimoiy soha vakillari, xususan o’qituvchilarning obro’si va mavqei sezilarli darajada tushib ketdi. Oylik maoshlari, ish sharoitlari haminqadar bo’lganining ustiga ularni turli qo’shimcha yumushlar bilan ham band qilinar edi. Bunday sharoitda ishlaydigan o’qituvchi sifatli ta’lim berishi mumkinmi?
Ishonch bilan aytishimiz mumkin-ki, bu borada so’nggi yillarda salmoqli o’zgarishlar amalga oshirildi. Birinchi nav­batda o’qituvchilar majburiy mehnatdanpaxta terimi, obodonlashtirish ishlariga jalb qilishdan xalos qilindi.
Ta’lim dargohlaridagi ortiqcha qog’ozbozlikka ham chek qo’yildi. Qonunchilikda belgilangan 6ta ish hujjatidan bosh­qa hisobot va taqvimlar yuritilishi qat’iyan man qilindi.
Yuksak salohiyatli o’quvchilarni tayyorlash ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni shakllantirish maqsadida Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablar maktablar tashkil etilib, ta’lim sifatining ilg’or andozalari qo’llanilmoqda.
Qog’ozbozlikdan ozod qilish, hisobotlarni qo’lda yozish, har bir dars bo’yicha har yili qayta-qayta ko’chiriladigan dars rejalarini qayta yozish va hokazolarga chek qo’yish uchun «Kundalik» elektron ta’lim platformasi keng joriy qilindi.
Va, eng asosiysi, o’qituvchilarning oylik maoshlari muttasil oshirib borilmoqda. Umumta’lim fanlari bo’yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oy qo’shimcha 20 foizdan 50 foizgacha ustama to’lanadi. O’qituvchilarga imtiyozli iste’mol kreditlarini berish, olis hududlarga borib ishlayotgan yuqori malakali pedagoglar uchun ustamalar belgilash joriy etildi.
SHuningdek, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalari kutubxonalari va «Bolalar kutubxonalari» xodimlarining lavozim maoshi miqdori 1,2 baravarga oshirildi.
Mazkur norma davlat organlari va boshqa tashkilotlarning pedagoglarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga to’sqinlik qilishning har qanday shakllariga, o’qituvchilarning huquqlari buzilishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko’rishga xizmat qiladi.
SHuningdek, O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan 685 mingdan ortiq o’qituvchilarni davlat tomonidan professional o’sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo’llab-quvvatlanishini kuchaytirilishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va obro’sini yanada oshirishga olib keladi.
O’qituvchilarning obro’sini oshirish, qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligini ta’minlash kabi vazifalarni Konstitutsiyada belgilab qo’yilishi bolalarimizning sifatli va zamonaviy ta’lim olishiga, kelajakda farovon yashashiga xizmat qiladi.
O’qituvchilarning aksariyati — byudjetdan maosh oladigan insonlardir. Ularni mahalliy amaldorlar yana tekin xizmatkorga aylantirib qo’ymasligi uchun ham ushbu norma juda muhim. Konstitutsiya orqali ularning maqomi oshirilishi o’qituvchilarga bo’lgan ehtiromni va ushbu kasbning qanchalik qadrli ekanini ko’rsatadi.



Download 67.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling