Referendum va saylovning farqi


Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari


Download 37.56 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi37.56 Kb.
#1609590
1   2   3
Bog'liq
referendum maqola

Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari] :

  • „Tanish teraklar“ (1985)

  • „Bulbulga bir gapim bor“ (1987)

  • „Iltijo“ (1988),

  • „Uyqudagi qiz“ (1989)

  • „Halima enam allalari“ (1989)

  • „Ishq kemasi“ (1990)

  • „Koʻnglimda bir yor“ (1991),

  • „Bevafo koʻp ekan“ (1993)

  • „Yolgʻonchi yor“ (1993)

  • „Erka kiyik“ (1995)

  • „Osmonimga olib ketaman“ (1998)

Mazkur kitoblarga kirgan sherlarda Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda.
Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida 2001-yil 29-iyulda vafot etgan. Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi. O‘zbekiston xalq shoiri, elimizning sevimli farzandi Muhammad Yusufning she’rlarini yod olmagan, qo‘shiqlarini sevib ting­lamagan inson kam bo‘lsa kerak. Uning sodda, ravon va xalqchil she’rlarida kattayu kichik o‘z dardu tashvishi, quvonchu shodligini his etadi, shuning uchun ham har bir satrini yuragiga jo qiladi,u xar doim qalblarda mangu yashaydi.
Download 37.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling