#81. Qaysi qatordagi so’zlarda a unlisi o kabi talaffuz qilinadi?
A) komandir, avtomat
+B) savob, zamon
C) baho, qayg’u
D) kombayn, kovak
#82. «MULK» so‘zi qaysi gapda ko'chma ma’noda qo'llanmagan?
A) Husn mulkida kishi tanho bo‘lurm-u muncha ham.
B) barcha gaplarda mulk so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan
+C) Davlat mulkini, xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz kerak.
D) Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma’naviy mulkiga aylandi.
#83. Tarkibida birgina qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping?
A) ho‘plam
B) Isitma
C) Atamoq
+D) Sig‘inmoq
#84.Qaysi bandda turdosh ot berilmagan?
+A) Jo’ravoy
B) tog’a
C) tikanzor
D) ko’mirxona
#85. O`rin-joy otlarini yasaydigan qo`shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A) –zor, -loq, -iston, -chi
B) –goh, -xona , -zor, -ki
+C) –xona, -zor, -loq, -iston, -goh,
D) –loq, -q, -gich, -ma, -k
#86. Ikki unli o`rtasida talaffuzda y undoshi orttirib aytilsa-da, lekin bu yozuvda aks etmaydigan so`zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Maorif, oid
+B) Shoir, doim
C) Tarbiya, shoir
D) Ilm, tabiat
#87. Chol oti shaxsni qaysi jihatiga ko’ra nomlagan?
+A) yoshiga
B) mansab-unvoniga
C) qarindoshlik darajasiga
D) ijtimoiy holatiga
#88. Qaysi gapda “ma’lum vaqt, fursat uchun yig‘ib tayyorlab qo‘ymoq” ma’nosini bildiruvchi so‘z ajratilgan?
A) Kitob sifatli chiqishi uchun yangi testlar tuzish kerak.
B) Yuklarni ko‘chishga tayyorlab qo‘ydik.
C) Bu sohaga oid barcha terminlarni bir kitobga jamladim.
+D) Qish uchun o‘tin g‘amlash kerak hali, bolam
Do'stlaringiz bilan baham: |