Registon tarixi Registondagi madrasalar
SAMARQANDDAGI MIRZO ULUGʻBEK MADRASASI TAʼMIRLANISHIGA DOIR
Download 98.2 Kb.
|
Registron
SAMARQANDDAGI MIRZO ULUGʻBEK MADRASASI TAʼMIRLANISHIGA DOIRSamarqand shahri oʻzining qadimiyligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. U oʻzining salkam uch ming yillik tarixini oʻzida mujassamlashtirgan. Oʻz tarixining turli yillarida bunyod etilgan muhtasham binolar shahar koʻrinishiga zeb bagʻishlaydi. Ana shunday muhtasham inshootlardan biri Ulugʻbek madrasasidir. U oʻzining mahobatliligi, noyob meʼmoriy xususiyati, boy qurilishi va taʼmirlash tarixi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning qadim va navqiron Samarqand shahrining boy madaniy merosini saqlash boʻyicha: “Samarqanddagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettiriladi ” deya bejizga aytmagan edilar. XV asr oʻrtalarida shakllangan Registon ansamblidan hozirgi vaqtgacha saqlangan madrasalardan biri Ulugʻbek madrasasi boʻlib, u hijriy 820-823 yillarda (1417-1420 milodiy) bunyod etilgan. Oliy diniy oʻquv yurti sifatida bunyod etilgan ushbu madrasa Ulugʻbek zamonida dunyoviy ilm markaziga aylanib, uning darsxonalarida diniy ilmlardan tashqari astronomiya. falsafa. matematika kabi fanlardan maʼruzalar oʻqilgan. Samarqanddagi Registon maydoni haqida ikkita monografiya, bir necha oʻnlab ilmiy maqolalar va maʼruzalar tayyorlanib chop etilgan. Registon maydoni haqidagi nashr etilgan monografiyalardan biri “Mavzaley Registan” deb yuritilib, olimlar hammualifligi, M.E.Masson tahriri ostida yozilgan ilmiy maqolalar toʻplamidan iborat. U 1958 yilda rus tilida chop etilgan. Kitobda yodgorlikka doir deyarli barcha masalalar: yodgorlikning meʼmoriy rejaviy yechimi, uning naqshi-nigorlari, yodgorlik ustida olib borilgan meʼmoriy-arxeologik izlanishlar natijalari, yodgorliklarning qurilish tarixi kabi masalalar yoritib berilgan. Mualliflarga G.A.Pugachenkova, M.E.Masson va boshqalar kiradi. M.E.Masson rahbarligi ostida 1929 yilda nashr qilingan “Registan i yego medrese” deb nomlangan kitob Samarqandda nashr etilgan boʻlib, asosan Registon ansambli va uning madrasalari va ularning dastlab, qurilishdan oldingi loyihalaridan tortib, madrasalardagi har bitta hujralar haqida alohida taʼkidlab oʻtilgan. Bundan tashqari, 100 yil oldingi eski shaharning bunyod etilishi bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar keltirib oʻtilgan. Mustaqilligimiz sharofati bilan meʼmorchilik sohasida juda katta yutuqlarga erishildi va bu borada meʼmorchilikka oid bir nechta kitoblar chop etilgan. Bulardan biri “Samarqand asrlar chorrahasida” deb nomlanib, 2001 yil nashrdan chiqqan bu kitob Samarqand shahriga “Amir Temur” orderi berilishi bilan bogʻliq boʻlib, bu erda mustaqillikdan keyingi olib borilgan ishlar toʻgʻrisida va meʼmorchilikda boʻlayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtilgan. Yodgorlik haqidagi ikkinchi monografiya R.Sh.Zohidovning “Registon maydoni tarixi” deb ataladi. U 2007 yilda chop etilgan. Ushbu asarda muallif Registon maydoning yaʼni Tillakori, Sherdor va Ulugʻbek madrasalarining taʼmirlash jarayoni toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar keltirib oʻtilgan. Ammo toʻliq holda taʼmirlashning yilma-yil olib borilganligi koʻrsatib oʻtilmagan. Madrasa loyihasi Shohruh Mirzoning saroy meʼmori Qavmiddin Sherozoy hisoblanadi. Ulugʻbek madrasasi binosi meʼmorchilik asari jihatidan va sifat nuqtai nazardan ham musulmon Sharqida ana shu tipdagi binolarning klassik namoyondasidir. Ulugʻbek madrasasining saqlanib qolgan qiyofasining oʻzi, oʻtmish meʼmorchilik sanʼati naqadar yuksak ekanligidan darak beradi. Madrasa toʻgʻri toʻrtburchak boʻlib, sathi 56 x 81 metr toʻrtburchak (chorburchak), hovlining sathi 30 x 40 metr, uning oʻrtasida sakkiz qirrali hovuz boʻlgan. Registonga qaragan tomoni bosh tomon boʻlib, katta peshtogʻi chuqur tokchadan iborat va 15 metrli nayzasimon ark bilan yopilgan. Keyinchalik peshtoq oʻqida joylashgan bosh darvozadan yana ikki tomonidagi rovoq tokchalari oʻrtasidan ikkita egri-bugri shakldagi yoʻlaklardan eshik ham oʻtkazilgan. Ikki yonboshdagi koʻchalardan kirish uchun yordamchi eshiklar qilingan. Binoning burchaklarida toʻrtta oʻquv xonalari mavjud. Beshinchisi choʻzilgan shaklda boʻlib asosiy tomonning roʻparasida joylashgan va masjid vazifasini oʻtagan. Darsxonalarga kiradigan eshiklar, tepasi yopilgan yoʻlaklardan oʻtadi va hovlining toʻrt tomonida joylashadi, oʻquv xonalariga yorugʻlik kichkina oynachalardan kiradi. Oynalar binoning tashqi yuzasida joylashgan. Kirish darvozalari, ayvon va darsxonalar balandligi ikki oshyonli hujralar balandligi bilan teng. Ikki oshyonli hujralar ichki hovlini oʻrab olib, har tomondan oltitadan tutashtirilgan, faqat birinchi qavatdagi kirish yoʻlaklar toʻrtta qanos enligini egallab bu tutashuvga kirmagan. Reja tuzilishi binoning oʻqiga nisbatan simmetrik berilgan. Yashash hujralariga kirishdagi yoʻlaklarda tokchalar va peshayvonlar mavjud, xonalarning sathi 3×3,7 yoki 3,2 x4,6 boʻlib, toʻrida yordamchi xona ham bor. Ulugʻbek madrasasi yopiq toʻrtburchakli hovli boʻlib orqasida masjid va xonaqo boʻlgan. Ansamblning toʻrt burchagida toʻrtta minora boʻlgan. Hovlining atrofida hujra boʻlib ulardan yuzdan ortiq madrasa talabalari yashaganlar. Boshlangʻich koʻrinishda Ulugʻbek madrasasi xonaqolar ustiga oʻrnatilgan. Toʻrtta gumbazdan va ikki qavatli binodan iborat boʻlgan. Madrasa maydonga ulkan ark koʻrinishida qaratilgan. Ularning qolgan uchta tomoni xam oʻqsimon ark bilan bezatilgan. Orqa portal minoraning kirish qismidir. Portallar ushbu inshootlarning eng ajoyib elementlari hisoblanib bezak vazifasini bajargan, inshootga ulugʻvorlik baxshida etgan. Bu ulugʻvorlik juda oddiy usul bilan eshik oʻyiqlarini katta qilib koʻrsatish bilan amalga oshirilgan. Inshoot odamda nafosat va yengillik hislarini uygʻotadi. Devorlarda releyef bezaklari va uning qalinligi ishora qiladi, baʼzida bu narsa yoʻqqa chiqadi geometrik bezak ornamentlari arkning bezak pannosi, devorning koʻk, havorang bezaklari insonlarning binoning ogʻir gʻisht qatlamlaridan iborat ekanligi haqida oʻylantirmaydi. V.L.Vyatkinning soʻzlariga qaraganda u “Oʻrta Osiyodagi saqlanib qolgan qadimgi madrasalardan biri hisoblanadi”. XV asrning 20-40 yillarida Registon maydonida koʻplab monumental binolar qad koʻtarib, bu maydon Samarqand shahrining bosh maydoniga aylanadi. XVI asrlarda Ulugʻbek madrasasidan qolgan binolar vayronaga aylanganligi tufayli ular yigʻishtirib olinadi. XVII asrda esa bu yerda Yalangtushbiy Bahodir tomonidan ikkita madrasaning bunyod etilishi natijasida Registon maydoni hozirgi koʻrinishga keladi. Temuriylardan keyin Samarqand taxtiga oʻtirgan shayboniylar bu shaharning obodonchiligi borasida katta ishlar qildilar. Tarixchi Xofiz Tanish Buxoriyning yozishicha, Abdullaxon II 1581 va 1587 yillarda, ikki marta, Samarqanddagi meʼmorchilik yodgorliklarini taʼmirlashga farmon bergan, shu maqsadda katta mablagʻlar sarflangan. Registon maydoni XVIII asrning boshlarida yana ulkan qurilish maydoniga aylandi. 1868 yilda madrasa minorasining biri qulab tushadi. Qolgan uchtasi hozirgacha saqlangan boʻlsada ularning yuqori qismi buzilgan. 1932 yilda madrasaning qariyb 2 metrga ogʻgan shimoli-gʻarbiy minorasi tiklanadi. Download 98.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling