by Asadbek Odiljonov Me’moriy rejaviy yechim Lanshaft loyiha qilishdan oldin parkning to’liq me’moriy-rejaviy yechimi: attraksionlar, park imoratlari va qurilmalari, park maydonlari, yo‘laklar hamda xiyobonlar, suv havzalari va ular egallagan joylar aniqlab chiqiladi. Me’moriy lanshaft yechim Parklarni me’moriy lanshaft loyihalashda parkning funksional zonalariga mos tarzda park imoratlari va qurilmalari, daraxt va butalar, gulzorlar, maysalar, yeryopar o‘simliklar park hududiga ekish uchun tanlanadi. Qanaqa daraxt va butalarning turlari, gullar va lianalar, qayerga va qancha, nima maqsadda, ular qanday yashil landshaft kompozitsiyalari asosida ekiladi. Park markaziy qismining lanshaft yechimi Park markaziy qismining rejasi ko'pincha muntazam stilda yechilib, shunga mos ravishda gulzorlar va xiyobonlar shakllantiriladi. Doim yashil butalardan oddiy va kazasskiy mojjevelniklarni ekish tavsiya etiladi. Ularning birinchisi piramidasimon tik shaklga ega bo‘lsa, ikkinchisi yer bag‘irlab sochilib o ‘sadi. Bunday guruhlar yam-yashil maysazor fonida yanada yaxshi manzara beradi, biroq kazasskiy moijevelnik yonida atirgullar ekilsa samara yanada oshadi Tinch dam olish va sayr zonasi Bu yerlarda, ya’ni markazdan chetroq joylarda parkning tinch dam olish va sayr zonasi joylashgan bo‘lib, yuqorida aytilgan ko‘p yilliklardan tuzilgan landshaft kompozitsiyalari (guruhlar) park skameykalari, pergola, voishlar yonlariga ekiladi.Bu zonani ko‘kalamlashtirganda ochiq va yopiq yashil muhitlar tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqki, buning uchun o‘tloq maysazorlar, pastqam butalar va soya beruvchi daraxtlar massivini qollashni tavsiya qilish mumkin.
Asadbek Odijonov
asadbekodiljonov7@gmail.com
t.me/@Asadulloh_architect
Do'stlaringiz bilan baham: |