Registr triggerlarini nol holatiga o`tkazish
Download 38.75 Kb.
|
Registrlar
Registrlar Ikkili sanoq sistemasida ifodalapgan n xonali sonni xotirlashga va uning ustida qator mantiqiy o`zgartirishlarni bashqarishga mo`ljallangan maxsus sxema (uzel) registr deb ataladi. Registrga yozilgan sonning har bir xonasiga registrning triggerlardan iborat xonasi to`g`ri keladi. funksional vazifasi bo`yicha registrlar jamg`aruvchi (xotira) va siljituvchi registrlarga bo`linadi. Jamg`aruvchi registrlar umumiy holda quyidagi amallarning bajarilishini t`aminlaydi: - registr triggerlarini nol holatiga o`tkazish; - boshqa uzellardan va qurilmalardan axborot qabul qilish (kiritish) va uni istalgan vaqt mobaynida saqlash; - boshqa registrga axborotni uzatish; - to`g`ri kodda ifodalangan axborotni teskari kodga aylantirish va aksincha. Siljituvchi registrlar jamg`aruvchi registrlar bajara oladigan yuqoridagi amallar bilan bir qatorda quyidagi amallarni ham bajaradi; - axborotni o`ngga va chapga istalgan xonalar soniga siljitish; - ketma-ket kodda berilgan axborotni parallel kodga aylantirish; - xonalar bo`yicha mantiqiy amallarni (mantiqiy jamlash, ko`paytirish va xonalar bo`yicha jamlash) bajarish. Jamg`aruvchi registrlar RS triggerlar asosidagi jamg`aruvchi registrlar axborot kiritish (qabul qilish) usuli bo`yicha kiritiluvchi signallarni bir fazali (ichki simli) va ikki fazali (ichki simli) uzatish sxemalariga bo`linadi. YOKI - EMAS va HAM-E`MAS mantiqiy e`lementlarda qurilgan axborotni bir simli uzatuvchi registrlarning sxemalari mos holda 2.1 va 2.2 - rasmlarda keltirilgan. Bu registrlapga axborot ikki bosqichda ketiriladi. Ettinchi-bosqichda kirish yo`lariga beriladigan y 2 boshqarish signali ta`sirida registrning barcha treggerlari nol holatga o`tadi. Ikkinchi bosqichda y1 boshqarish signallari berilishi bilan A shina orqali keladigan axborot qabul qilinadi (A ==a 1,a2,…,a n). 2.1-rasmdagi registr YOKI - E`MAS mantiqiy e`lementi asosida qurilgani sababli axborot qabul qilishda u, boshqarish signali nol satrga ega bo`lishi, a 1, a2, . . ., an kirish yo`li signallari esa teskari kodda berilish shart. Bu holda i - triggerning S kirish yo`liga keladigan signal Si=a2 V y = ai^yi mantiqiy munosabat bilan aniqlanadi, ya`ni ai = 1 bo`lsa,Si = 1 va ai = 0 bo`lsa, Si = 0 bo`ladi. HAM - E`MAS mantiqiy e`lementi asosida qurilgan registrda (2.2- rasm) uni "0" holatiga o`tkazuvchi y1 boshqarish signali nol sathga e`ga bo`lib, informasiya y1 boshqarish signali "1" .qiymatiga e`ga bo`lgan paytda qabul qilinadi. Kirish yo`li signallari to`g`ri kodda beriladi. Ko`rilgan ikkala sxemaning kamchiligi sifatida registr triggerlarini oldindan "0" holatiga o`tkazish zarurligini ko`rsatish mumkin. Bu kamchilikdan kiritiluvchi signallarni ikki simli uzatish sxemasi (2.3-rasm) holidir. Bu shemada axborot to`g`ri va teskari (parafaz) kodda kiritiladi, ya"ni u, boshqarish signali berilishi bilan triggerlarning R va S kirish yo`llaridagi signallar doimo uzaro invers (qarama-qarshi) holatlarda bo`ladi. Aytaylik, yi, = 0, bu vaqtda hamma E1E2n mantiqiy e`lementlarning chiqish yo`llari "1" qiymatini qabul qiladi, registr triggerlari o`z holatlarini o`zgartirmaydi. y1 = 1 bo`lsa, regnstr i - triggerining R va S kirish yo`llarvdagi signallar Ri = Si Vy, va Si = ai Vy1 mantiqiy munosabatlar orqali aniqlanadi. Misol uchun, a1 = 1 bo`lsin, y holda E1 mantiqiy e`lementnnng chiqish yo`lida S1 = 0, E2 mantiqiy e`lementning chiqish yo`lida e`sa, uning kirish yo`llarining biriga S1 = 0 signal ta`sir qilgani sababli, "1" qiymati (R1 = 1) hosil bo`ladi. Bu signallar ta`sirida T1 trigger birlik holatiga o`tadi. Shu vaqtda a2 = 0 bo`lsa, E3 mantiqiy e`lementning chiqish yo`lida S2 = 1, E4 mantiqiy e`lementning chiqish yo`lida esa, uning ikkala kirish yo`llarida “1" qiymatlari mos kelishi sababli, nol qiymati hosil bo`ladi (R2 = 0). Bu signallar ta`sirida T2 trigger nol holatga o`tadi. Demak, axborotni registrga parafaz kodda kiritilganda triggerlarni oldindan nol holatiga o`tkazish shart e`mas. Universal triggerlar asosidagi jamgaruvchi registrlarda (2,4, 2.5- va 2.6- rasmlar) axborotni kirituvchi y1 boshqarish signali triggerlarning sinhronlovchi S kirish yo`llariga beriladi va triggerlarni oldindan nol holatiga o`tkazish talab qilinmaydi. RS va universal JK triggerlar asosidagi registrlarda (2.4-va 2.5-rasm) kiritiluvchi signallar parafaz (to`g`ri ai ham univers ai) holda berilishi lozim. Universal D triggerlar asosidagi registr (2.6-rasm) soddaligi bilan ajralib turadi. 2 .7-rasmda to`rt honali sinhron D triggerlar asosida qurilgan jamg`aruvchi registrning shartli ko`rinishi berilgan. Registr deb bir necha sondagi trigerlar, mantiqiy elementlar birlashmasidan tashkil topib, berilgan axbarotni o`z xotirasiga saqlash, kerak bo`lgan holda o`zgartirish va uzatish uchun mo`ljallangan tezkor xotira qurilmasiga aytiladi. Registerlar vazifasiga ko`ra, axbarotni qabul qiluvchi, saqlovchi, uzatuvchi, sonli kodlarni kuzatuvchi, mantiqiy amallarni bajaruvchi turlarga bo`linadi. Kompyuterda qo`llaniladigan registerlar static va dinamik tartibda ishlaydi. Axbarotni o`zida saqlovchi registerlar esa dinamik tartibli bo`ladi. Barcha registerlar ishlash taktiga ko`ra bir va ko`p taktli bo`lishi mumkin, ular axbarotni yozish usuliga ko`ra parallel va ketma-ket ishlaydigan turlariga bo`linadi. Registrlar jamlagich bilan ishlaganda prosessorda amallarni bevosita bajarishda qatnashib, qo`shish, ko`paytirish, bo`lish, ayirish va boshqa amallarni bajarishi mukin. Download 38.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling