Registrlar, jamlovchi-siljituvchi registrlar. Chiziqli o’zgaruvchan kuchlanish generatori


Download 7.69 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi7.69 Kb.
#1377017
  1   2
Bog'liq
Registrlar, jamlovchi-siljituvchi registrlar. Chiziqli o’zgaruvc-fayllar.org


Registrlar, jamlovchi-siljituvchi registrlar. Chiziqli o’zgaruvchan kuchlanish generatori

Registrlar, jamlovchi-siljituvchi registrlar. Chiziqli o’zgaruvchan kuchlanish generatori

Reja:


  • Registrlar haqida tushuncha.

  • Jamlovchi va siljituvchi registrlar.

  • Chiziqli o’zgaruvchan kuchlanish generatori.

      Foydalangan adabiyotlar.

Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish


va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha 
so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi.
Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar 
ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar
to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga 
teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos
razryadi to‘g‘ri keladi. 
Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular
quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish;
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish; 
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga
bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi 
impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar
konyuktorlar orqali registrlarga tushadi. 
Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi:  xotira (siljitmaydigan) registr;
 siljituvchi registr. 
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.
Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. 
Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va
mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi.
Ikki son xonalarini jamlash amalini bajaruvchi EHM uzeli jamlagich deb ataladi. U odatda bir xonali jamlovchi sxemalar majmuidan iborat bo’ladi.
Jamlagichlarni quyidagicha tasniflash mumkin. 
Bir xonali sonlarni jamlash usuli bo’yicha kombinatsion va to’lovchi jamlagichlarga;
Bir xonali sonlarni jamlash sxemasidagi kirish yo’llari soni bo’yicha ikki 
kirish yo’li bir xonali yarim jamlagich va uch kirish yo’lli bir xonali jamlagichlarga;
Ko’p xonali sonlarni jamlash usuli bo’yicha: ketma -ket, parallel jamlagichlar 
Sanoq tizimining asosi va qabul qilingan kodlash usuli bo’yicha: ikkilik,
ikkilik-o’nlik jamlagichlarga Ko’chirish zanjirini tashkil qilish usuli bo’yicha: ketma-ket,boshdanoyoq, guruhli, shartli ko’chirishli va ko’chirish qiymatini xotirada saqlovchi
jamlagichlarga.
Kombinatsion jamlagich - kirish yo’llariga qo’shiluvchilarning kodlari bir 
vaqtda berilishi bilan chiqish yo’llarida yig’indi va keyingi (katta) xonaga ko’chirish
qiymati xabarini hosil qiluvchi mantiqiy qurilmadir. +o’shiluvchilarning 
xabarlaridan biri olib tashlanishi bilan kombinatsion jamlagichning chiqish yo’lidagi
yig’indi yo’qoladi. 
Yarim jamlagichlar - ikki kirish yo’liga va ikki chiqish yo’liga ega bo’lgan
mantiqiy sxema. 
Uchta kirish yo’li bir xonali jamlagichda oldindagi (kichik) xonadan
kelayotgan ko’chirish xabari hisobiga olingan xolda chiqish yo’llaridan va keyingi 
xonaga ko’chirish xabarlari qiymati aniqlanadi.
To’lovchi jamlagich xotiralash elementlari (triggerlar) asosida quriladi. Kirish yo’liga ketma-ket berilgan qo’shiluvchilarning kodlari jamlagichda yig’indi 
ko’rinishda to’lanadi va xabarlar berilishi to’xtatilsa ham unda saqlanadi.
Bir xonali to’’lovchi jamlagichlar mod2 bo’yicha qo’shish amalini bajaruvchi 
sanoq kirish yo’lli trigger asosida quriladi.
To’plovchi jamlagichlarda qo’shish amalini bajarishda qo’shiluvchilarning 
biri oldindan jalagichga kiritilgan bo’ladi.
Ko’p xonali jamlagichlar ikki turda ketma-ket va parallel bo’ladi. Ketma-ket 
ko’p jamlagich qo’shiluvchilarning ketma-ket kodini ular yig’indisini ketma-ket
kodga aylantiradi. 
Chiziqli o‘zgaruvchan kuchlanishli debqandaydir vaqt  oralig‘ida kuchlanish chiziqli qonuniyat bilan o‘zgarib, so‘ng tez- lik bilan boshlang‘ich darajaga qaytishiga aytiladi. Kichik dara- jadan, kuchlanish katta darajaga o‘zgarsa, chiziqli ortuvchi, katta darajadan kichikka o‘zgarsa chiziqli kamayuvchi deyiladi. Bunday kuchlanishlar arrasimon kuchlanishlar ham deyiladi.
CHO‘KG-GLIN quyidagi rejimlarda ishlashi mumkin:
1)avtotebranish;
2)kutish; 3)sinxronizatsiya rejimida. Shuningdek, tashqi boshqaruv rejimi ham ta’kidlanadi, kutish rejimining turlaridan. Ushbu rejimda ishchi yo‘li kengligi boshqaruvchi impulsning kengligi bilan aniqlanadi. Kutish rejimida to‘g‘ri yo‘l boshlanishini, kichik boshqaruvchi impuls aniqlaydi, to‘g‘ri yo‘lni esa CHO‘KG-GLIN ning vaqt belgilovchi kuchlanishini aniqlaydi. Sinxronizatsiya rejimida — CHO‘KG-GLIN chastotasi tashqi sinxronlovchi impulslar chastotasiga karrali bo‘ladi. Avtotebranishli sxema tashqi boshqaruvchi impulslarsiz ishlaydi. 



Download 7.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling