Registrlar va ularning turlari
Download 0.69 Mb.
|
registr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Registrlar va ularning turlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITUTI SAMARQAND FILIALI TALABA:Esirgapov A O’QITUVCHI:Narkulov AMavzu: Registrlar, tarkibi va ko‘rsatgichlari xamda tadbiqi Reja: 1.Registrlar va ularning turlari 2. Registr turlari va tasnifi 3. Mikroprotsessorning sistemali regstrlari Samarqand 2023Registrlar va ularning turlari Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi. 1) Sonning kodini o‘zgartirish; 2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish; 3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha; 4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish; Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi. Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi: xotira (siljitmaydigan) registr; siljituvchi registr. Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz. Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi. Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin. Parallel kodlarda; Ketma – ket kodlarda.Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling