Regression va korrelyatsion tahlil ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar va ularning turlari


Download 377.07 Kb.
bet1/8
Sana10.11.2023
Hajmi377.07 Kb.
#1765264
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
REGRESSION VA KORRELYATSION TAHLIL


REGRESSION VA KORRELYATSION TAHLIL


1. Ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar
va ularning turlari


Jamiyat va tabiatda sodir bo‘ladigan barcha hodisa va ja­ra­yon­lar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Biri ikkinchisiga, ikkin­chi­si bi­rin­chisiga bog‘liq, bir-biridan ta’sirlanadi, biri ikkinchisiga ta’sir qi­­­ladi. Birining o‘zgarishi ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. Bun­­­­day o‘zgarishlar sodir bo‘lishi ijtimoiy hodisalar orasida mu­ayyan aloqalar borligini bildiradi. Mazkur aloqalar bevosita va bil­­­vosita bog‘liqlikda sodir bo‘ladi. Masalan, sanoat va qish­loq xo‘­jalik korxonalari orasidagi bog‘liqlikni misol qilib ko‘rsa­tish mum­kin. Qishloq xo‘jalik korxonalarining taraqqiyoti albatta sa­noat kor­xonalarining taraqqiyotiga sababchi bo‘ladi. Masalan, paxta ish­lab chiqarish miqdori oshgan sayin sanoat ishlab chi­qarishi ham rivojlanib boradi. Yoki boshqa misol. Qishloq xo‘­ja­lik korxo­na­la­ridagi mehnat unumdorligining o‘sishi mahsulot ish­lab chiqa­rish­ning ko‘payishiga hamda ishlab chiqarish xarajatlari daraja­si­ning kamayishiga olib keladi. Mehnat unumdorligi bilan ishlab chi­qa­rish hajmi orasida bevosita, mehnat unumdorligi bilan xa­ra­jatlar darajasi orasida bilvosita bog‘liqlik mavjud.
Hodisalar orasidagi bog‘liqlik cheksizdir. Shuning uchun ij­timoiy hodislarni o‘rganishda ularning belgilari orasidagi bog‘­la­nishni aniqlash va statistik tahlil etish muhim ahamiyatga ega
Hodisalar orasidagi bog‘lanish va bog‘liqliklar quyidagi ikki ko‘­rinishda bo‘ladi:
1. Funksional bog‘lanish.
2. Êorrelatsion bog‘lanish.
Funksional bog‘lanish deganda bir belgining qiymatiga har do­im bir yoki bir necha belgilar qiymatlarining mos kelishligi tushu­niladi. Boshqacha aytganda, funksional bog‘lanish deb bir nati­ja­viy belgining qiymatiga har doim omilli belgilar qiymatining mos kelishlik jarayoni tushuniladi.
1-misol. Uchburchakning yuzi (S) uning asosi (a) bilan ba­land­ligi (h) ga bog‘liq bo‘lib, bu bog‘lanishni quyidagicha ifo­da­lash mumkin:

2-misol. Qorako‘l qo‘ylaridan qirqib olingan jami jun miq­do­ri (q) qo‘ylar soni (S) bilan jun mahsuldorligi (R) darajasiga bog‘­liq. U bog‘lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:

Bunda natijaviy belgi (q) qiymati omilli belgilar (S, R) qiy­mat­larining ko‘paytmasiga teng. Shuning uchun ham, ushbu bog‘­la­nish funksional bog‘lanishga misol bo‘ladi va uni ta’riflaydi. Ma­salan, qo‘ylardan qirqib olingan jami jun hisobot yilida 3000 kg ni, qo‘ylar soni 2000 boshni, har bir qo‘ydan olingan o‘rtacha jun (o‘rtacha jun mahsuldorligi) 1,5 kg ni tashkil qilgan.

q = 3000 kg


S = 2000 bosh
R = 1,5kg.

Ushbu bog‘lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:






Download 377.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling