Regression va korrelyatsion tahlil ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar va ularning turlari
Download 144.07 Kb.
|
REGRESSION VA KORRELYATSION TAHLIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksional bog‘lanish
REGRESSION VA KORRELYATSION TAHLIL 1. Ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar va ularning turlari Jamiyat va tabiatda sodir bo‘ladigan barcha hodisa va jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Biri ikkinchisiga, ikkinchisi birinchisiga bog‘liq, bir-biridan ta’sirlanadi, biri ikkinchisiga ta’sir qiladi. Birining o‘zgarishi ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. Bunday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi ijtimoiy hodisalar orasida muayyan aloqalar borligini bildiradi. Mazkur aloqalar bevosita va bilvosita bog‘liqlikda sodir bo‘ladi. Masalan, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari orasidagi bog‘liqlikni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Qishloq xo‘jalik korxonalarining taraqqiyoti albatta sanoat korxonalarining taraqqiyotiga sababchi bo‘ladi. Masalan, paxta ishlab chiqarish miqdori oshgan sayin sanoat ishlab chiqarishi ham rivojlanib boradi. Yoki boshqa misol. Qishloq xo‘jalik korxonalaridagi mehnat unumdorligining o‘sishi mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishiga hamda ishlab chiqarish xarajatlari darajasining kamayishiga olib keladi. Mehnat unumdorligi bilan ishlab chiqarish hajmi orasida bevosita, mehnat unumdorligi bilan xarajatlar darajasi orasida bilvosita bog‘liqlik mavjud. Hodisalar orasidagi bog‘liqlik cheksizdir. Shuning uchun ijtimoiy hodislarni o‘rganishda ularning belgilari orasidagi bog‘lanishni aniqlash va statistik tahlil etish muhim ahamiyatga ega Hodisalar orasidagi bog‘lanish va bog‘liqliklar quyidagi ikki ko‘rinishda bo‘ladi: 1. Funksional bog‘lanish. 2. Êorrelatsion bog‘lanish. Funksional bog‘lanish deganda bir belgining qiymatiga har doim bir yoki bir necha belgilar qiymatlarining mos kelishligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, funksional bog‘lanish deb bir natijaviy belgining qiymatiga har doim omilli belgilar qiymatining mos kelishlik jarayoni tushuniladi. 1-misol. Uchburchakning yuzi (S) uning asosi (a) bilan balandligi (h) ga bog‘liq bo‘lib, bu bog‘lanishni quyidagicha ifodalash mumkin: 2-misol. Qorako‘l qo‘ylaridan qirqib olingan jami jun miqdori (q) qo‘ylar soni (S) bilan jun mahsuldorligi (R) darajasiga bog‘liq. U bog‘lanishni quyidagicha ifodalash mumkin: Bunda natijaviy belgi (q) qiymati omilli belgilar (S, R) qiymatlarining ko‘paytmasiga teng. Shuning uchun ham, ushbu bog‘lanish funksional bog‘lanishga misol bo‘ladi va uni ta’riflaydi. Masalan, qo‘ylardan qirqib olingan jami jun hisobot yilida 3000 kg ni, qo‘ylar soni 2000 boshni, har bir qo‘ydan olingan o‘rtacha jun (o‘rtacha jun mahsuldorligi) 1,5 kg ni tashkil qilgan. q = 3000 kg S = 2000 bosh R = 1,5kg. Ushbu bog‘lanishni quyidagicha ifodalash mumkin: Download 144.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling