Regression va korrelyatsion tahlil ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar va ularning turlari


O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari


Download 144.07 Kb.
bet3/8
Sana23.01.2023
Hajmi144.07 Kb.
#1111831
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
REGRESSION VA KORRELYATSION TAHLIL

2. O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari

Ijtimoiy hodisalarning bog‘lanish va bog‘liqliklarini o‘rganish maxsus usullar yordamida amalga oshiriladi.


O‘zaro bog‘lanishlar funksional bog‘lanish ko‘rinishida na­mo­yon bo‘lsa, hodisalarning bog‘liqligini, o‘zgarishini tekshirish uchun balans va iqtisodiy indeks usullari keng qo‘llaniladi. Agar bog‘lanishlar korrelatsion bog‘lanish tariqasida yuzaga kelsa, bu holda ushbu bog‘lanishlarni o‘rganish va xulosalar chiqarish uchun statistik guruhlash, parallel qatorlar, dispersion tahlil, korrelatsion-regression tahlil usullari keng qo‘llaniladi.
Ushbu usullarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Hodisalar ora­sidagi bog‘lanish funksional bo‘lgan vaqtda qo‘llaniladigan usul­lar­dan biri balans usulidir.
Balans - hodisa va jarayonlarni ifodalovchi o‘zaro bir-biri bi­lan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, ularni bu­tunligicha o‘rganish va statistik tahlil etish usulidir.
Êorxonaning moddiy resurslari balansi, neft mahsulotlari ba­lansi, asosiy ishlab chiqarish fondlari balansi, ishlab chiqa­rilgan mahsulotlar balansi, mamlakat yoki region bo‘yicha ishlab chiqa­rish bilan iste’mol, iste’mol bilan jamg‘arma kabi jarayonlarni ifo­dalovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar nisbatlari orasidagi yoki ularning ichki bog‘lanishlarini o‘rganishda, xulosalar chiqarishda balans usu­­li keng qo‘llaniladi. Masalan, shirkat xo‘jaligi bo‘yicha asosiy fondlarining dastlabki qiymati bo‘yicha tuzilgan balansini va shu jum­ladan ularning turlari bo‘yicha balansini quyidagi tenglik aso­sida tekshirish mumkin.


F1 + K = Ch + F2

Bunda: F1 – asosiy fondlarning dastlabki qiymati bo‘yicha


yil boshiga qoldig‘i;
F2 – asosiy fondlarning dastlabki qiymati bo‘yicha yil
oxiriga qoldig‘i;
K – asosiy fondlarning dastlabki qiymati bo‘yicha yil
davomidagi kirimi;
Ch – asosiy fondlarning dastlabki qiymati bo‘yicha yil
davomidagi chiqimi.
Hodisalar orasidagi bog‘lanish korrelatsion bo‘lganda ular­ning natijalarini tekshirishda statistik guruhlash usuli, ayniqsa, tahliliy guruhlash usuli keng qo‘llaniladi. Tahliliy guruhlash usu­li orqali omilli belgilar bilan natijaviy belgilar orasidagi bog‘liq­lik, ya’ni omilli belgilar darajasining oshishi yoki kamayishi bi­lan natijaviy belgilar darajasining o‘zgarishi (oshishi yoki kama­yi­shi) o‘r­ganiladi, ijobiy va salbiy ta’sirlari ko‘rsatilib, xulosalar chi­qa­ri­la­di, imkoniyatlar ko‘rsatiladi. Tahliliy guruhlash asosan omil bel­gi­si asosida amalga oshiriladi. Tashkil qilingan har bir gu­­ruhning na­tijaviy belgilari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlari aniq­lanadi. Shun­dan so‘ng omil va natijaviy belgilar orasidagi bog‘lanishni kuzatish maqsadida natijaviy belgilarning o‘zgarishi omil belgi o‘zgarishi bi­lan taqqoslanadi, so‘ngra ularning o‘zaro bog‘lanish qonuniyati aso­sida hodisalar o‘zgarishiga, bog‘liqligiga baho beriladi. Ushbu usulning mazmuni, uning qo‘llanilishi va ahamiyati statistik ma’­lumotlarni jamlash va guruhlash bo‘limida to‘liqroq bayon qi­lin­gan.
Hodisalar orasidagi bog‘lanish korrelatsion bog‘liqlikda bo‘l­ganda parallel (yondosh) qator usulidan ham foydalanib, bog‘­liq­lik o‘zgarishini o‘rganish mumkin. Bu usuldan foydalanishdan ol­din hodisalar orasidagi bog‘liqlikni nazariy jihatdan aniqlab olish za­rur. Shundan so‘ng omil qatori bilan natijaviy qator yonma-yon joylashtirilib, bir-biri bilan qiyoslanadi. Masalan, paxta ho­sildorligi darajasi bilan 1 s paxta tannarxi darajasi o‘rtasidagi be­vosita bog‘lanishni ikki davriy dinamika qatorlarini tuzish orqali tekshirish mumkin. Paxta hosildorligi darajasi oshishi bilan pax­ta tannarxi pasayib borgan bo‘lsa, bog‘lanish qonuniyati mavjud­li­gi ma’lum bo‘ladi.
Hodisalar orasidagi korrelatsion bog‘lanish jarayonini o‘rga­nish­­­ning asosiy usullaridan biri korrelatsion tahlil usuli hi­­sob­la­na­di.



Download 144.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling