Regression va korrelyatsion tahlil ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar va ularning turlari


Download 144.07 Kb.
bet2/8
Sana23.01.2023
Hajmi144.07 Kb.
#1111831
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
REGRESSION VA KORRELYATSION TAHLIL

Korrelatsion boglanish deganda shunday bog‘lanishni tu­shun­moq kerakki, unda har qanday natijaviy belgi qiymatiga ko‘p sondagi asosiy va asosiy bo‘lmagan belgilar qiymatlarining mos kelishligi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tushuniladi.
Korrelatsion bog‘lanishlarning xarakterli xususiyati shundan ibo­ratki, bunda natijaviy belgi qiymatiga ta’sir qiluvchi barcha omil­larning to‘liq kuchini (ta’sir doirasi hajmini) aniqlash mum­kin emas. Buning sababi ta’sir qiluvchi omillar ro‘yxatini to‘liq aniqlash mumkin emaslidadir. Masalan, paxta hosildorligi, sut mah­suldorligi kabi sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga ta’sir qi­luvchi omillarning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning to‘liq ro‘y­xa­tini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ularning omillar bi­lan bog‘lanishini to‘liq ta’minlaydigan tenglamasini ham tuzish mum­kin emas. Bunday bog‘lanishlar, ya’ni hosildorlik bilan omil­lar o‘rtasidagi bog‘lanish korrelatsion bog‘lanishdir.
Hodisalar orasidagi bog‘lanishlar umumiy yo‘nalishi bo‘yi­cha quyidagi ikki turga bo‘linadi:

  1. To‘g‘ri bog‘lanish (bevosita bog‘lanish).

  2. Teskari bog‘lanish (bilvosita bog‘lanish).

Hodisalar o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘lanish deganda omilli belgi (x) darajasining o‘sib, oshib borishi bilan natijaviy belgi (u) qiy­matining o‘sib, oshib borish jarayoni tushuniladi. Masalan, 1 s jun­ning o‘rtacha sotish bahosi (x) ning oshib borishi bilan foyda da­rajasi oshib boradi, jun mahsuldorligining oshib borishi bilan mehnat unumdorligi ham oshib boradi va hokazo.
Hodisalar orasidagi teskari bog‘lanish deb nima tushuniladi?
Hodisalar orasidagi teskari bog‘lanish deganda omilli belgi da­rajasining (x) o‘sib borishi bilan natijaviy belgi qiymati (u) ning pasayib borish jarayoni tushuniladi. Masalan, jun mahsuldorligi da­rajasining (x) oshib borishi uning tannarxini (u) pasayib (ar­zon­lashib) borishiga sababchi bo‘ladi. Yoki 1 s mahsulot tannarxining (x) oshib borishi olinadigan foyda (u) summasining kamayishiga sababchi bo‘ladi va hokazo.



Download 144.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling