Reja: № Bo`lim
Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi
Download 1.45 Mb.
|
mustaqil ish milliy pochta
Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi:
Кому (Kimga) – yangi xat yuborilayatgan elektron pochta qutisining manzili. Agar xat bir nechta joyga yuboriladigan bo‘lsa, manzillar bir – biri bilan vergul yordamida ajratiladi. Тема (Mavzu) – xatning mavzusi, sarlavha. Elektron pochta tizimining oddiy pochtadan farqli joylarida biri xatning mavzusi degan tushunchadir. Elektron maktubga sarlavha qo‘yish shart emas, bu katakchani bo‘sh qoldirsangiz ham bo‘ladi (odatda, pochta dasturlari «Siz maktubga sarlavha qo‘ymabsiz, nomsiz ketaversinmi?» deb birrov so‘rab qo‘yishadi). Lekin, xatga sarlavha qo‘yish juda qulay va ma’qul narsa. Masalan, «12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» degan xat yozsangiz, uning javobi «Re: 12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» deb kelsa, yuzlab xatlarning ichidan aynan shu shartnoma bo‘yicha yuborgan savollaringizga qanday javob kelganligini topishingiz oson bo‘ladi. Mavzuning tagidagi katakka xatning matni kiritiladi. Elektron pochtaning yana bir muhim imkoniyati – fayl yuborishdir. Biroq, pochta qutilarida faylning yuborish mumkin bo‘lgan o‘lchamlari cheklangan bo‘ladi. Pochta xizmatlari odatda xatga qo‘shib yuboriladigan fayllarning soni va o‘lchami qanchadan oshmasligi kerakligini ko‘rsatib turishadi. Mayl.ru pochta xizmatidan odatda 20 mb gacha bo‘lgan hajmdagi fayl yuborish mumkin. Biroq, bu o‘lchamni sozlash ham mumkin. Buning uchun Отправить файл > 20 mb degan havolani va uning yonidagi “Настроить” havolasini bosiladi. Xatga fayl qo‘shib yuborish uchun Прикрепить файл (Fayl biriktirish) tugmasi bossangiz, kerakli faylni ko‘rsatish oynasi ochiladi. Bu erdan yubormoqchi bo‘lgan faylingizni ko‘rsatib, Открыть (Ochish) tugmasini bosasiz. Faylning katta-kichikligi va internetga ulanish tezligiga qarab, fayl biriktirishga bir necha soniya yoki daqiqa ketadi. Fayl biriktirilgach, uning yonida yashil belgi paydo bo‘ladi. Endi xatni yuborish mumkin. Xatni yuborish uchun Отправить (Yuborilsin) tugmasi bosiladi. Agar xatni keyinroq yubormoqchi bo‘lsangiz, uni saqlab qo‘yish mumkin. Buning uchun Сохранить (Saqlab qo‘yilsin) tugmasini bosasiz. Yozayotgan xatni bekor qilish uchun Отмена (Inkor) tugmasi bosiladi. Xat jo‘nab ketgach, Ваше письмо отправлено! (Xatingiz yuborildi!) yozuvi paydo bo‘ladi. Yuborilgan xatlar ro‘yxati Отправленные (Yuborilganlar) bo‘limida turadi. Bu bo‘limga ham chap tomondagi menyudan kiriladi. Черновики (Xomaki nusxalar) bo‘limida saqlab qo‘yilgan xatlar ro‘yxati turadi. Спам bo‘limida elektron pochtangizga kelgan va spam deb hisoblangan xatlar saqlanadi. Ularning spam yoki spam emasligini elektron pochta tiziminiyu o‘zi ham maxsus algoritmlar yordamida baholiqudrat aniqlaydi. Lekin biror xatni o‘zingiz ham spam yoki spam emas deb belgilashingiz, spamga oid tartib-qoidalarni o‘zingiz sozlashingiz ham mumkin. Корзина (Savatcha) bo‘limida o‘chirib tashlangan xatlar turadi. Ularni tiklash, butunlay o‘chirib tashlash kabi ishlar shu bo‘limda bajariladi. Oyna ostidagi Настройки (Sozlashlar) bo‘limida elektron pochta qutisiga oid barcha sozlash ishlari amalga oshiriladi. Masalan, bu yerda pochta qutisining tashqi ko‘rinishi, parollar, xavfsizlik, SMS-xabarlar va boshqa sozlashlarni boshqarish mumkin. Pochtangizni parolini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, Sozlashlar bo‘limdagi Пароль havolasini bossangiz, kalit so‘zni o‘zgartirish sahifasi ochiladi. Bu erda Текущий пароль (Joriy parol) katagiga hozirgi parolni, Новый пароль (Yangi parol) va Повтор нового пароля (Yangi parolni takrorlash) kataklariga esa yangi parolni yozasiz. Укажите код, размещенный на картинке degan joyga suratdagi raqam va harflarni kiritasiz. Yangi parolni saqlab qo‘yish uchun Сохранить (Saqlab qo‘yish) tugmasi bosiladi. Elektron pochta qutisi – Sizning shaxsiy mulkingiz, o‘zingizgagina tegishli ma’lumotlar, yozishmalar, hatto tijoriy sirlar saqlanishi mumkin bo‘lgan joydir. Shuning uchun uni begona ko‘zlardan, g‘arazli kimsalardan himoya qilish zarur. Shuning uchun ham elektron pochta bilan ishlashning eng muhim qoidalaridan biri qutidan chiqib ketishdir. Agar parolni yozib, qutiga kirgandan keyin brovzerni o‘chirib ketsangiz, Sizdan keyin uni ochgan odam pochta qutingizga kirishi, undan foydalanishi va hatto parolni almashtirib, Sizni pochta qutingizdan mahrum qilib qo‘yishi ham mumkin. Shuning uchun parolni yozib kirganingizda brovzer bu parolni eslab qolishni taklif qilsa, hech qachon rozi bo‘lmang. Pochta qutisi bilan ishni yakunlash uchun yuqorida, o‘ng tarafdagi Выход (Chiqish) havolasi bosiladi. Elektron pochta bilan ishlashga oid eng qisqa va dastlabki ma’lumotlar mana shulardan iborat! Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling