Reja : I. Kirish II. Asosiy qism
Download 84.9 Kb.
|
Soliq
Kredit kanali pul-kredit siyosatining asosiy ta’sir kanallaridan biri bo‘lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi iqtisodiyotning real sektoridagi jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur kanalning samaradorligi ko‘p jihatdan kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanligiga bog‘liq hisoblanadi.
Bugungi kunda iqtisodiyotdagi pul massasi oshishining asosiy qismi kredit kanali hissasiga to‘g‘ri kelganligi bois, uning o‘zgarishi ichki bozordagi narxlar darajasiga o‘zining salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi milliy valyutadagi moliyaviy aktivlar daromadlilik darajasining mos ravishda o‘zgarishiga olib kelib, almashuv kursiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi jarayonida milliy valyuta almashuv kursining devalvatsiyasi aholining inflyatsion kutilmalarini oshirib, valyuta kanalining inflyatsion kutilmalar kanali bilan aloqasini kuchaytirdi. Bunda, inflyatsion targetlashga o‘tish almashuv kursining erkin bozor sharoitida shakllanishi talab qilinishini inobatga olib, valyuta kursi kanali va aholining inflyatsion kutilmalari darajasi orasidagi aloqadorlikning muntazam ravishda kamaytirib borilishi o‘rta muddatli davrdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. (valyuta siyosati qismida batafsil yoritilgan)
Download 84.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling