Reja : I. Kirish


Download 45.95 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi45.95 Kb.
#147963
Bog'liq
2Jyul Vern


Mavzu : Jyul Vern ijodida sarguzasht janri.

Reja :


I. Kirish
Jyul Vernning hayot yo’li
II. Asosiy qism
1. Jyul Vernning ijodi
2. Jyul Vern ijodida sarguzasht janr


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Jyul Vern jahon ilmiy fantastik romanchiligining asoschilaridan biridir.
Jyul Gabriel Vern 1828 yil 8-fevralda Luara qirg’ofidagi qadimgi Nant
shahrida tug’ildi, bu shahar Fransiyaning eng katta portlaridan biri bo‟lib u yerdan
kemalar xar-xil uzoq davlatlarga yo’l olganlar.
Jyul Gabriel Vernning otasi Pier Vern advokat bo’lgan, uning advokatlik
idorasi bor edi va otasi o’g’lini ishini davom ettirishini hohlagan Jyul Gabriel
Vernning onasi kelib chiqishi Allot de la Fyuyelardan bo‟lib, ajdodlari kema
egalari va kema sozlovchilari bo’lgan. Port shaharning romantik ruhiyati 11 yoshli
Jyulni Hindistonga olib ketishga undadi, va kemada yunga sifatida ishga kirmoqchi
edi. Lekin u vaqtda unga berishmagandi, bo’lajak mashhur yozuvchi shuni tan
olardiki “Men dengizchi bo’lib tug’ilganman va dengizchi bo’lishim kerak edi men har kuni shu ishni yoshligimdan tanlamaganim uchun afsus qilaman” derdi.
Jyul Gabriel Vern 1865 yilning yozida do’sti, mashhur fransuz avtori, Hetzel
noshirlik uyining noshiri Jorj Sandan xat oldi. U xatida Jyul Gabriel Vernning
romanlarini qiziqish bilan o‟qiganligini yozgandi. “Havo sharida besh hafta”, “Er
qariga sayohat” asari va ularning dengiz qarida o’tganligi ayniqsa boshqa
asarlaridan ko‟ra ko‟p yoqqanligini yozgandi. Jyul Vern juda hursand bo’ldi va asarlari Jorj Sandning asari singari mashhar bo‟lganligidan fahrlandi, yana unga hayrat baxsh etadigan fikrlar o’ylab topdi, va “Suv ostida 80 ming kilometr” asarini davomini yozishga kirishdi, ammo 2 yil davomida asar ustida ishlashni to’htatib qo’ydi. U bu asarini o’zining eng yaxshi asari bo’lishi mumkinligini his qildi, g’oya qiziqarli edi ammo, Jyul Vern uni barbod qilib qo’yishdan ya’ni yomon yozishdan qo’rqardi. 1868 yil nihoyat bu asar ustida ishlashni qaytadan boshladi. Shu yilning iyul oyida u birinchi qayig’ini ya’ni “Saint-Michel 1” ni sotib oldi va undan ishxona o’rnida foydalanardi. Barcha dengizchilar haqida uning romanlarida albatta yozilardi. Qanday ajoyib sayohat! Dengiz qarida bo‟lgan
hikoyalarni qayiqda yozish qanday maroqli bo‟lishini bilardi. Jyul Vern hikoyalarida dengiz haqida o‟qiganlaridan, u haqida o’zi ko’rgan boshidan kechirgan, eshitganlaridan ham foydalanardi, albatta. “Suv ostida 80 ming kilometr” ajoyib sarguzasht asar, undan dengiz olami va geografiyaga oid ko’b narsalarni: okeanlar,baliqlar, qayiqlar va hokozolarni o’rganish mumkin. Bu asar nashrdan chiqishi bilanoq muvaffaqiyatga erishdi, bir necha yil o’tib unga “Sirli orol” nomini berdi. Otasining qattiqqo’lligi sababli u huquqshunos bo’lishi kerak edi, va bo’ldi ham. Parijdagi Huquq maktabini bitirib diplomni ham olgan, lekin u otasiningadvokatlik byurosiga ishga qaytib bormadi. U boshqa ishga diqqatini jalb qilar edi. Bu teatr va adabiyot edi. U Parijda och, nochor holda qoldi, chunki otasi uning bu ishiga qarshi edi. U o‟zi tanlagan yo’ldan qaytmadi. Har-xil komediyalar, dramalar opera uchun qo’shiqlar yozdi ammo bu qo’shiqlarni hech kim ayta olmasdi. Jyul Vernning asosiy qiziqishi uni Milliy kutubxonaga olib keldi. U yerda Jyul Vern har-xil ma‟ruzalar va ilmiy eshittirishlarni tinglardi va astranomiya, geografiyadan qiziqqanlarini o’qirdi. Olimlar va tadqiqotchilar bilan tanishdi. Jyul Vern shu ketishda 27ga kirdi, u hali ham teatrdan umidini uzmagandi. Shunday qilib otasi o‟zining gapida turib Jyul Vernni uyiga qaytishini talab qildi, o’g’lini yonida ishlashini xohlardi. Jyul Vern otasiga shunday javob qildi “Men kelajagimdan shubhalanmayman, 35 yoshlarimda adabiyot sohasida faxrli o’rinni egallayman”. Jyul Vernning gapi to’g’i chiqdi, u haqiqatdan ham muvaffaqiyatga erishdi. Jyul Vern bir nechta dengiz va geografiya haqida hikoyalar to’plamini chiqarishga erishdi. Bo‟lajak adib, V.Hugo va A.Dyma bilan tanishadi. A.Dyuma uni o‟z qanoti ostiga oladi, va unga Fransiya haqidagi sarguzashtlarga boy sayohatlar haqida yozishni maslahat beradi. Jyul Vern tabiat, hayvonot olami o’simliklar halqlar va urf odatlar haqida yozishga juda qiziqardi. U sanat bilan ilm fanni birgalikda olib borishni xohlaydi. Jyul Vern 1862 yilda birinchi romanini yozadi, romanning nomi “Havo sharida besh hafta”. A.Dyma. Jyul Vernga tarbiya va hordiq jurnalining redaktori Etselga uchrashishni maslahat beradi. Jyul Vern Nildagi hali aniqlanmagan yangi buloqlarni ham aytib o’tgan. “Havo sharida besh hafta” romani odamlarda juda katta qiziqish uyg’otdi, tanqidchilar bu romanda yangi janrni yani ilm fan haqidagi roman janrni ko’rdi Jyul Vern Etsel bilan shartnoma tuzadi, unga ko’ra Jyul Vern ikki tomni bir yilda yozishi kerak edi. Shunday qilib adabiy romanlar “Dunyoning markaziga sayohat”
(1864y), “Kapitan Gattersning sayohatlari”(1865y), “Yerdan oygacha” (1865y) va
“Oy atrofida” (1870y) nomli romanlarini yozadi. Bu asarlarda yozuvchi yer shari
haqida yerning tortishish kuchlari haqidagi masalalarni ko’rib chiqqan.
Agar siz bu romanlar shunchaki dalilsiz ma’lumot deb o’ylasangiz, adashgan
bo‟lasiz shunday qilib “Yerdan oygacha” romanining bosh qahramoni Mishel
Ardan Jyul Vernning o’rtog’i yozuvchi, rassom, suratkash Feliks Turnashon edi.
Feliks Nadar tahallusi bilan mashhur edi. Feliks juda ham havo sharida sayohat
qilishga qiziqardi. “Gigant” nomli havo shari uchun pul yig’adi va 1864 yil 4
oktabrda birinchi marta unda uchub ko’radi. “Kapitan Grant bolalari”(1868y) nomli beshinchi romanidan keyin, Jyul Vern hamma yozilgan kitoblarini jamlab “G’aroyib sarguzashtlar” deb nomlaydi. “Kapitan Grant bolalari” nomli romani trilogiyaning birinchi kitobi edi va trilogiyaga yana “Suv ostida 80 ming kilometr” (1870) va “Sirli orol” (1875) kirar edi, trilogiya qahramonlarining pafoslarini jamlaydi. Unda qahramonlar faqat sayohatchi bo’lib qolmay har-xil turdagi jangchilar, shavqatsiz millatchilar qulchilik bilan shug’ullanuvchilar edi.
1872 yilda Jyul Vern Parijni butunlay tark etib katta bo‟lmagan Amien
shahriga joylashadi u shuni tan olardiki “Men ishlashni yaxshi ko’raman. Ish
mening hayotiy ehtiyojim. Qachonki ishlamasam o‟zimni yashamayotgandek his
qilaman”. Jyul Vern tong sahardan kech soat sakkizgacha yozuv stolida ishlardi.
Biograflarning ma’lumot berishlaricha Jyul Vern bir kunda bir yarim bet (pechatli
yozuv bilan,) yozardi. Bu kitobning 24 betiga to’g‟ri kelardi, bunday
muvaffaqqiyatga erishish juda mushkul. 1872 yilda yozilgan “Dunyo bo’ylab 80 kun’ romani unga mashhurlik keltirdi. Jyul Vernga bu asarni yozishda jurnaldagi maqola ilhom bag’ishlab agar sayohatchi yetarli qulayliklarga ega bo’lsa 80 kunda ham dunyoni aylanib chiqishi mumkunligini takidlaydi. 1870 yilda yangi ixtiro qilingan Suets kanalidir, bu kanal Yevropa dengizlarining Hind va Tinch okeanining qisqartmasidir. Yozuvchining fikriga ko’ra Edgar Poning “Bir haftada uch yakshanba” novellasida geografik paradoksdan foydalangan holda yana bir sutkani tejash mumkin. Agar Londondan, yoki g’arbdan sharqqa 2 chisi sharqdan g’arbga 3chisi bir joyda qolsagina bir xaftada uchta yakshanba bo’lishi mumkin, yana uchrashganlarida ular shuni bilishadiki, birinchisi uchun kecha yakshanba edi,
ikkinchisi uchun esa yakshanba ertaga bo’ladi, uchinchisi uchun esa yakshanba
bugun”. Jyul Vernning aytganini ko’p sayohatchilar amalda qo‟lladilar, amerikalik
Nelli Vlay dunyo bo’ylab sayohatini 72 kunda yakunladi. Jyul Vern entuziast
sayohatchini telegramma orqali tabrikladi. 1878- yilda Jyul Vern “O’n besh yoshli kapitan” nomli mashhur romanini yozdi, unda irqchilik va millatchilikka qarshi g’oyalar bor edi. Amirikada bo’lib o’tgan 60- yillardagi fuqarolar urishidan kelib chiqqan holda Vern millatchilik va irqchilikka qarshi g’oyalar mavzusini davom ettirgan, bu mavzu “Shimolga qarshi janub” (1887) romanida aks ettirilgan.
1885-yil J.Vern tug’ilgan kunida dunyoning har burchagidan tabriklar oladi.
Shu tabriklar orasida amerikalik gazeta qiroli Gordon Benettadan ham xat bor edi.
U J.Verndan amerikalik o‟quvchilar uchun maxsus roman –Amerika kelajagining
bashorati haqida kitob yozishni so’ragan edi.
Vern bu iltimosni bajaradi, asar “XXIX asr 2889-yildagi amerikalik
jurnalistning bir kuni” nomli edi. U amerikada bosilib chiqmadi. Bu qiziqarli
bashorat Markaz polisida –amerika dollari imperiyasining poytaxti bo‟lib boshqa
davlatlarga o’z ta’sirini o‟tkazgan, hattoki okeanning u tamonidagi davlatlarga
ham. Amerika imperiyasiga Rossiya, Buyuk Xitoy, Angilya, Fransiya yarim
qaramlik darajasida edi. Amerika yarim sharini Frensis Bennet boshqarar edi.
Xalqaro mashhurlik J.Vernga birinchi asarini yozib bo‟lgandayoq keldi.
“Havo sharida 5 hafta asari nashrdan chiqdi. Lev Tolstoy fikriga ko’ra
“J.Vernning asarlari ajoyib, men uni o‟qiganimda balog’atga yetgandim, shunday
bo‟lsada hayrat bilan o’qir edim”.
L.Tolstoy Jyul Vernning “Dunyo bo‟ylab 72 kun” asarida maxsus bolalar
uchun rasm chizgan. J. Vern 1905- yil Amiyenda vafot etdi. Bugungi kunda uning romanlari juda mashhur va butun dunyoda sevib o‟qiladi. Jahon ilmiy fantastik romanchiligining asoschilaridan biri, mashhur fransuz yozuvchisi J.Vern o‟z asarlari bilan fanda hali o’rganilmagan, mutlaqo yangi jabhani ochdi, ilm poeziyasini, ixtirochilik romantikasini yaratdi. Adib zamondoshlari u yaratgan asarlar majmuasini «geografiya ilmining ajoyib qomusi» deb baholagan edilar. Bizning asrimizda esa, yozuvchi voqiylikdagi afsonaviy kashfiyotlarning qariyib 70% i haqiqatga aylandi. Buyuk adib o’z asarlari bilan o „tgan asrning 70-yillaridayoq jahon adabiyotidan munosib o‟rin olgan edi. Bu davrda J. Vern romanlari yer kurrasidagi bir qator tillarda tarjima qilindi va o’qila boshlandi. Masalan, adibning « Havo sharida 5 hafta » nomli birinchi romani 1864-yilda, ya„ni original chiqqanidan bir yil keyinroq rus tiliga tarjima qilindi. Adibga zamondosh bo‟lgan badiiy so’z ustalari I.S Turgenev, L.N. Tolstoy,
N.S.Leskov, A.M.Gorkiy kabi buyuk yozuvchilar ham J.Vern ijodini yuksak
baholagan edilar. O‟zbek tiliga buyuk yozuvchi kitoblarini tarjima qilish ishi bizning asrimizda, aniqrog‟i 40-yillarga kelib boshlandi. Ilk bor adibning « Sirli orol» romanining birinchi kitobi M.Ismoiliy tomonidan o‟zbek tiliga tarjima qilinib, yosh kitobxonlarga taqdim etildi. 1947-yilda esa taniqli tarjimon Malik Rahmon yozuvchining ikkinchi kitobi « O’n besh yoshli kapitan » romanini o‟zbek tiliga tarjima qildi. 1953-yil ulug’ adib tug‟ilgan kunining 125 yilligi munosabati bilan yozuvchining ko’plab kitoblari turli tillarga qayta –qayta nashr etildi Taniqli tarjimon S.Muhammadjonov san’atkorning yirik asarlaridan biri,
qiziqarli sayohat voqealaridan iborat, yoshlarni mardlik va insoniylikka,
bilimdonlik va irodalilikka undovchi « Kapitan Grant bolalari » nomli romanini
tarjima qildi. 1973-yilda J.Vern romanlaridan yana birini ona tilimizda o‟qishga erishdik. Yozuvchi ijodining yuqori pog‟onasida turuvchi, ilm-fan muvoffaqiyatlarini o‟zida aks ettirgan, shuning bilan birga hayotda kurashuvchan, o’z xalqining ajoyib inson obrazini talqin qiluvchi « Suv ostida sakson ming kilometr » romani S.Karomatov tarjimasida bosilib chiqdi. Mashhur yozuvchi J.Vern asarlarini o’zbek tiliga o’girishda mohir tarjimonlarimiz barakali mehnat qilib, bir qator muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdilar. J.Vern o‟zining navbatdagi kitobi « O‟n besh yoshli kapitan » romanini yozishga kirishgunga qadar e‟lon qilingan bir qator asarlarida o’z qahramonlarining janubiy kenglikdagi sarguzashtlarni tasvirlar ekan, qullik zulmida azob chekayotgan mustamlaka mamlakatlaridagi yerli xalqlar hayoti bilan ham o’z kitobxonlarini tanishtirishni maqsad qilib qo’ygan edi. Romanning asosiy mazmuni ana shu mavzuga qaratilgan bo’lib, uning sujetida muallif irqiy zulmga keskin qarshi chiqadi. Asar o‟zining jozibadorligi, qiziqarliligi, qahramonlari-yosh kapitan Dik Send va negr Gerkuleslardagi jasorat va oliyjanoblik kabi xislatlari bilan dastlabki sahifalaridayoq o‟quvchini o’ziga maftun qiladi. J.Vernning bu kitobi bir necha bor tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi. Tarjimaning barcha nusxalari taniqli tarjimon Malik Rahmon qalamiga mansubdir. Tarjima – originalni g‟oyaviy va badiiy aks ettirish formasidir. Originalning g’oyaviy boyligini, badiiy ta’sir kuchini va o’ziga xos takrorlanmas xususiyatlarini, uslubini saqlagan holda o‟quvchiga yetkazib berish, tarjima oldidagi asosiy vazifadir. S.Karomatov va M.Rahmon tarjimalarini o’qir ekanmiz , tarjimon bu vazifani a’lo darajada bajara olgannining guvohi bo‟lamiz. Tarjimon o’ziga xos tarjima uslubi, fikr ifodasining ravonligi, mantiqni oson, qisqa ifodalar bilan tushuntira olishi orqaligina taniladi, ko‟proq biror sohada iqtisoslashadi. Tarjimon - ma‟rifat tarqatuvchidir. Biz buni yuqoridagi nomi zikr etilgan adiblarimizning tarjimalarida ko’rib o’tamiz. Ularning tarjimalarini o‟qir ekanmiz, ko’z oldimizda o’sha davr, o‟sha qahramonlar, o’sha shart-sharoit yaqqol gavdalanadi. O’qiyotgan asarimiz tarjima ekanligini unitamiz, originalni o’qiyotgandek zavqlanamiz. Zero tarjimonning sa’nati, qudrati, uning nomini mashhur qilgan ta‟lanti ham shunda. Tarjimashunos olimlarimiz tarjimachilik-tekstni bir tildan ikkinchi tilga o ‘tkazishdan iborat quruq ,,ko’chiruvchilik’’ emas balki muhim ilmiy va ijodiy yaratuvchilikdan iborat ajoyib san’at deb hisoblar edilar. Ularning tarjimon ishiga bergan baholari, unga qo‟ygan yuksak talablari ham shundan kelib chiqadi. Tarjima yuksak badiiy ijoddir. Ijod bo‟lganda ham, ba’zan original avtoridan ko‟proq izlanish, mehnat talab qiladigan ijoddir. Chunki avtor o’zi ijod qilayotgan til va adabiyot doirasdida erkin qalam tibratadi. Tarjimon esa o‟zga tilda yaratilgan badiyatni o‟z tilida qayta aks ettirishi, original tilining o’zigagina ayrim xususiyatlarini ham bu tilda qayta yaratish yo‟llarini izlashi lozim. Masalaning bu tomoni tarjimonning mahoratiga borib taqaladi. Taniqli tarjimashunos L. Sobolevning fikricha ,,roman yoki hikoya nomining tarjimasiga tushunmasdan unga mexanik ravishda yondoshib bo’lmaydi. Asar – nomi oddiy ettietka bo’lmasdan, u ravshan va ma’noli bo’lishi, asar stiliga muvofiq bo’lishi kerak degan so’zlari hamma vaqt tarjimonlarimizning diqqat etiborida bo’lmog’i lozim.
Taniqli rus yozuvchisi M.Gorkiy J.Vernga katta baho berib shunday deydi :
« J.Vernga qo’l tekkizish juda xavfli. Agar undagi (asarlaridagi) bironta ipni
tortguday bo’lsangiz butun mato so’kilib ketadi. Shuning uchun ham J.Vernni
o’zgartirish aslo mumkin emas »,-deganlari o’rinlidir.
Mashhur novella janrning ustasi G.de Mopassan fransuz tiliga juda katta
baho bergan « Fransuz tili-deb yozgan edi Mopassan,-toza suvdek musaffodir, uni
hech kim loyqatolmagan va bundan keyin ham loyqatolmaydi. Bizning tilimiz
o‟zining mantiqiyligi, manodorligi va burroligi bilan go’zaldir.
Tarjimashunos olimlarimizning fikricha - ,,Tarjimon-asl nusha harflarining
xuddi o’zginasini ko‟chiruvchi mexanik tilmoch emas, balki avtorning ongli
xodimi, uning fikrlarini yangi kitobxonga yetkazuvchi jarchidir.
So’zni-so’z bilan o‟girishga odatlangan tarjimon muqarrar pand yeydi.
Badiiy tarjimaning ilmiy tavsiflash eng qiyin bo’lgan xossasi shundaki, bunda
so’zni-so’z bilan emas, balki ma’noni-ma’no, ohangni-ohang, obrazni-obraz,
yumorni-yumor bilan nerish muhum ahamiyatga egadir. J.Vern kitoblarining asosiy tarjimoni M.Rahmondir. Masalan : ushbu jumlani olaylik :
Originalda : «Le vent de nord – ouest fraichissait a‟peu et le Piligrim filait
rapidement, a raison de cent soixante milles en moyenne par vingt – quatre
heures». Mana shu uncha katta bo‟lmagan bitta gapda ikkita raqam ishlatilayapti.
Hatto avtor, gapidagi « bir kunda so‟zini ham yigirma to’rt soat » ga aylantirib
mazmunni bir muncha jonlantirib ko’rsatmoqchi bo’lgan ushbu gapni o‟zbek
tarjimonlari o‟z tarjimalarida bunday berishgan : 1954 – yilgi o‟zbekcha tarjimada : « Shimol – sharqiy shamol kuchayaverdi. « Pligrimm » o‟rta hisob bilan har kuni bir yuz sakson mildan yo’l bosib g’izillaganicha oldinga qarab bormoqda edi.
Avvalo, o‟zbek tarjimoni M.Rahmon tarjimalarning har biri nusxaga
monanad bo’lib chiqqan. Demak, « bir mil (un mille – milya bu dengizdagi masofa
o’lchovi bo‟lib 1852 metrga teng ). Shunday ekan, « 180 mil » oddiy arifmetik
hisobda « 333 kilometr 360 metr » ga tengdir.
Ma’lumki, bir tildagi asarning boshqa bir tilda qayta yaratishda personajlar
nutqining o’ziga xos hususiyatlarini ifodalash ham birmuncha bo’lib, tarjimondan
o’ta sezgirlikni talab qiladi. Agarda tarjimon bu borada ozgina bo’lsada
e’tiborsizlik qilib qo’ysa u holda asar ruhiga putur yetkazishi hech gap emas.
Masalan, yosh kapitan Dik Send va keksa negr Tom o’rtasidagi dialog romanda
muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda yo’lovchilar ilk bor o’zlarini « Qora Afrika »
deb ataluvchi jirkanch qul savdosi hamon davom etib kelayotgan qit‟ada
ekanliklarini bilib qolgan payti aks etadi. Mana o‟sha dialogning orginaldagi
ko‟rinishi : « Ce fut sous un large bouquet de sarbers que Dick Send songes à tout
disposer pour la coucher. Mais le vieux Tom, qui s’occupait avec lui de ces
préparatifs, s’arrêta tout à coup, s’écriant : « Monsieur Dick ! Voyez ! Voyez !
- Qu’y a-t-il, mon vieux Tom ! demanda Dick Sand, du ton calme d’un
homme qui s’attend a tout. La...la....fit Tom ... sur ces arbres.... des taches de sang !.....Et.....a terre ...des membres mutiles !... »
Dick Sand se precipita vers l’endroit que designait le vieux Tom. Puis,
revenant a lui. « - Tais – toi, Tom, tais – toi ! « dit-il ».
M.Rahmon tarjimasida:
-“Dik tunash uchun kattakon bir daraxt tagini tanladi. Unga ergashib yurgan
keksa Tom birdaniga to‟xtab:
-Qarang! Qarang deb baqirib yubordi.
-Nima ekan? Tom? – deb ohista so‟radi Dik, har ehtimolga tayyor bo’lib.
-Ana, ana, bidirladi Tom, -daraxt tagida...qon izi... yerda kesilgan ko’llar
yotibdi.... Dek Send Tom aytgan daraxt tagiga chopib bordida keyin qaytib kelib:
-Damingizni chiqarmang Tom! hecha kimga aytmang!...
-Dedi. Dialog boshlanishidan oldin kelayotgan avtor gapiga e’tibor beraylik. Avtor
gapining original tarjimalaridagi mazmuni bir – biriga mos, ya ‘ni ikkalasida ham
“tunash” uchun kattakon bir daraxt tagini emas balki bir to‟p bo‟lib o‟sgan bir
necha katta daraxtlar tagini tanlashayabdilar. Qahramon har qanday dahshat oldida,
ham o‟zini tetik va hotirjam tutishga harakat qiladi. Uning nutqi bosiq dalda
beruvchi so’zlarga boy. 1866-yil hanuz odamlar xotirasidan ko‟tarilmagan g’aroyib voqealar bilan mashhur bo’lib qoldi. Bu voqealar haqidagi mish-mishlar butun dunyo xalqlari o’rtasida qiziqish uyg‟otdi va portshaharlar aholisini tashvishlantirib qo’ydi, dengizchilarni esa hayajonga soldi.
O’sha yili bir necha kemalarda kishilar dengizda qandaydir uzun, duksimon
bir narsani ko‟rishdi. U hajmi va tez harakat qilishi jihatidan kitdan ustun turar,
ba’zan yorqin yog’du taratardi. Bu mavjudotni o‟z ko‟zi bilan ko‟rgan ba’zi bir kishilar uning uzunligini ikki yuz ingliz futi deb chamalashdi, lekin bu juda kichraytirib aytish edi, albatta. Boshqalar esa uning uzunligini uch milya, enini bir milya deb haddan tashqari mubolag’a qilib yuborgan edilar.
1867-yilning 25-martiga o’tar kechasi Monreal kompaniyasiga qarashli
« Moraviya » kemasi hech qanday xaritaga tushmagan qoyaga urildi. « Moraviya »
orqadan esayotgan shamol va to’rt yuz quvvatli mashina yordamida o‟n uch uzel
tezlikda shiddat bilan urilish kema uchun ham, undagi ikki yuz o’ttiz yetti
yo’lovchi va kamanda uchun ham halokatli tugashi turgan gap edi.
Bu to’qnashuv ertalab soat beshda bo’ldi. Qorovulda turgan ofitserlar okean
sathini sinchkovlik bilan ko‟zdan kechirdilar. Biroq qudratli paroxod parragi
zarbidan hosil bo’ladigan kuchli to’lqindan bo’lak hech qanday shubhali narsa
sezishmadi. “Moraviya” bu yerning aniq koordinatlarini belgilab olgach, yo’lida davom etdi. “Moraviya”ning komanda sostavi kema suv osti qoyaga urildimi, yoki
cho’kib qolgan biror kemagami degan masala ustida rosa bosh qotirishdi.
Portga kelib quruq dokka chiqqach, “Moraviya’ning tag yog`ochi
shikastlangani aniqlandi.
Agar ushbu yozuvlarimizda “Adib falon yili tugʻilgan, falon yili vafot etgan, falon – piston asarlar yozgan”, degan soʻzlar bilangina kifoyalansak, ular anchayin joʻn, quruq sanalaru gʻaribgina maʼlumotlardangina iborat boʻlib qolardi. Jyul Vern singari olamshumul adiblarga – ku inchunun!

Zero, bu buyuk fransuz yozuvchisi hali hayotligidayoq “afsona”ga aylanib ketgan insonlardan biri edi. Zamondoshlari uni “tinim bilmas sayohatchi” deb hisoblasalar, kimlardir uni “dengizchi, kema kapitani” deb oʻylashar, yana kimlardir “koʻchirmakash yozuvchi” deb gʻiybat qilar, boshqalar esa, “bunaqa yozuvchi yoʻq. Jyul Vern – bu geografik jamiyatning nomi. Ana shu tashkilotning aʼzolari shu nom ostida kitoblar yozadilar”, deb isbotlashga urinadilar.

Aslida esa, Jyul Vern yozib charchamaydigan yozuvchi edi. U faqat ijod ogʻushidagina xordiq chiqarardi. Hatto aytishadiki, Vernning uyiga uni koʻrgani kelgan mehmonlarni ham oilasi davrasiga oʻtqazib qoʻyib, oʻzi xonasida yozib-chizib oʻtiraverarkan. Jyul Vern umr boʻyi ana shunday ishladi. 60 yildan ortiq davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida tinimsiz yozdi va jami yozgan asarlari 130 jildni tashkil etdi.

Uning asarlari boshqalarnikiga oʻxshamas, goʻyo u boshqa dunyoda, oʻzga bir sayyorada yashar, aniqrogʻi, uning romanlaridagi voqea-hodisalar yerda ham, osmonda ham, suv ostida ham, kosmosda ham sodir boʻlardi. Jyul Vern shu tariqa oʻz olamini yaratdi. Yaʼni, zamonaviy ilmiy-fantastik roman janrining asoschilaridan biri boʻlib qoldi. Aynan uning asarlari orqali jahon adabiyotiga jasur sayyohlar, kashfiyotchilar, olimlar, muhandislar, oʻz hayotini ilm-fan va texnika taraqqiyotiga bagʻishlagan odamlar obrazi hamda geografik, geologik, biologik, astronomik, aeronavtik va tibbiy mavzular kirib keldi. Diqqatga sazovor tomoni – insoniyat tarixida suv osti kemalari, samolyotlar, elektr yoritgichlar va telefonlar yaratilishini birinchi boʻlib bashorat qilgan kishi ham Jyul Vern boʻldi. Aytishlaricha, unga ana shu yoʻlni koʻrsatgan, fan va adabiyotni omuxta qilib asarlar yozishga daʼvat etgan mashhur fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma boʻlgan ekan. Lev Tolstoydek ulugʻ adib ham Jyul Vernning ana shu “mahorati”ga tan bergan, hatto uning “Yer shari boʻylab 80 kun” romaniga suratlar ham chizgan. Dmitriy Mendeleevdek buyuk olim esa uni “daho” deb atagan, dengizning qudrati va suv osti toʻlqinlarining elektr quvvati haqida ixtirolar qilgan akademik Jorj Klod boʻlsa, bu kashfiyotlariga Jyul Vernning “Kapitan Nemo” asari sabab boʻlganini eʼtirof etadi. Birinchi boʻlib suv osti kemasini yaratgan ixtirochi Lebef va taniqli gʻorshunos olim Kasterlar ham adibni oʻz kashfiyotlarining “hammualliflari” hisoblaydilar, oʻzlarida ilmga muhabbat tugʻilishiga aynan Jyul Vern asarlari sabab boʻlganini faxr bilan tilga oladilar.

Adibning “Havo sharida besh hafta” nomli birinchi romaniyoq kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotgan. Nashriyot yosh yozuvchining kelajagiga ishonch hosil qilib, u bilan 20 yilga, har yili 3 ta roman yozib berishga shartnoma tuzgan va biz bilgan “Gʻaroyib sayohatlar” nomli romanlar turkumi shu taxlit dunyoga kelgan. Yaʼni, adibning “Kapitan Grant bolalari”, “Yer markaziga sayohat”, “Sirli orol”, “Oʻn besh yoshli kapitan”, “Suv ostida 20000 kilometr”, “Suzib yuruvchi orol” singari mashhur romanlari ana shu saʼy-harakatining mahsuli oʻlaroq yaratilgan.

Shu oʻrinda kutilmagan va gʻalati bir maʼlumotni ham keltirib oʻtmoq joiz koʻrinadi. Hamma gap shundaki, Jyul Vern hech qachon Oʻrta Osiyoda, xususan Oʻzbekistonda boʻlmagan. Ammo oʻzining “Klodius Bombarnak” nomli romanida Oʻrta Osiyoning tarixi, geografik oʻrni va iqlimi, mahalliy xalqlarning urf-odatlari haqida shunday yozadiki, hayron qolasan. Jumladan, asar qahramoni tilidan Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarni tasvirlarkan, Buxoroni “Turkiston Rimi” deb taʼriflasa, Samarqandning tarixiy obidalari, koʻcha va mahallalari, bogʻlari, odamlari toʻgʻrisida nihoyatda ishonarli tarzda hikoya qiladiki, yozuvchining tasavvur olami kengligiga, quvvayi hofizasiga, taxayyuli cheksizligiga beixtiyor qoyil qoladi kishi. U oʻzining oʻnlab romanlari qatorida “Fransiyaning bezakli geografiyasi”ni ham yozgan, 6 jildlik “Buyuk sayohatlar va sayohatchilar” ensiklopediyasini, 4 jildlik “Ilm-fan va ishlab chiqarishning dunyoni zabt etishi” singari ilmiy asarlarini ham yaratdi. Zero, u yozishdan charchamaydigan yozuvchi edi. U 81 yoshga toʻlgandagina toliqqanini his qildi, tobi qochdi, xastaliklarga chalindi, koʻzlari koʻrmay qoldi, ammo shunga qaramay, oxirgi romanlarini nabiralariga aytib turib yozishga harakat qildi. Fransiyaning Amyene shahridagi qabristonda uning qabriga mahobatli yodgorlik oʻrnatilgan boʻlib, unda yodgorlikni qabrdan yelkasida koʻtargancha turgan Jyul Vern timsoli tasvirlangan va tagiga “Abadiyat va mangu yoshlik sari” degan soʻzlar yozib qoʻyilgan ekan. Yana bir ajoyib maʼlumot. XX asrda Oyning orqa tomoni kosmik raketalar tomonidan birinchi marta suratga tushirilganda yangi kashf etilgan kraterlardan biriga “Jyul Vern” nomi berilgan ekan. Demak, buyuk adibning nomi nafaqat yer yuzida, balki yuksak va olis samolarda yashayapti, deyish mumkin. Buning nomi esa bir soʻz bilan aytganda “Mangulik” deb ataladi…



Kapitan Grantning Bolalarini Kim Yozgan? "Kapitan Grantining Bolalari" Asarining Tahlili

Jamiyatda nima yuz berishi mumkin bo'lgan odam bo'lmasa, nima bo'ladi? Ehtimol, u hali tosh asrda yashagan bo'lar edi, u chuqur g'orda abadiy olovni qo'llab-quvvatlagan va yovvoyi hayvonlarni tayoq va kamon bilan ovlagan. Yaxshiyamki, xayolparastlar bor edi, bor va bo'ladi! Ular bizni ilgarilashga olib boradi va bizni orzularimizdan tashqariga olib chiqadi. Va bunday xayolparastlardan biri, bosh harf bilan yozilgan odamga ishonadigan ilmiy-fantastik yozuvchilar Jyul Verne.

Grant kapitani bolalarini kim yozgan?

FRANTSIYALIK XAYOLPARASTLARNING ENG YAXSHI ROMANI

Kapitan Grantning bolalarini kim yozgan? Ehtimol, hamma bu savolga javob beradi. Bu ish, garchi bola deb hisoblansa-da, oldindan aytib bo'lmaydigan va juda ajoyib bir hodisaga ega. Kitob ochiq tilda yozilgan va atrof-muhit haqidagi ilmiy g'oyalar va ma'lumotlarning qiziqishi shunchalik qiziqki, hatto kattalar ham ularni jo'shqinlik bilan o'qiy olishi mumkin. Shuning uchun biz romanni Jyul Vernning eng yaxshi asarlari deb aytishimiz mumkin.

Jyul - Grant kapitani bolalari

J. VERNE "KAPITAN GRANT BOLALAR": QURULISH

Kitob, boy Scottish Eduard Glenarvan'a tegishli yot Duncan haqida hikoya bilan boshlanadi. Safar davomida ekipaj bir qoramolni ushlaydi, qorin bo'shlig'ida eslatma bor. Unda uchta tilda bir kapitan Grant yordam so'raydi: ularning kemasi vafotidan keyin ("Britaniya") u orolda ikki dengizchi bilan birga edi. Bu erning geografik koordinatalarini to'liq o'qib bo'lmadi, chunki qog'oz sho'r suv bilan zararlangan. Ammo bu, olijanob odamlarni etishmayotganlarni qidirishga to'sqinlik qilmaydi. Hukumat qutqarish operatsiyasini bajarishdan voz kechgani uchun, lord o'z mablag'lari evaziga uni yuboradi. Ekspeditsiya tarkibida Maryamning qizi (o'n olti yosh) va Robert (o'n ikki yoshli) o'g'li Glenn Glenarvan, Major McNabbs, kapitan Jon Mangles, yordamchi kapitan Tom Ostin va Shotlandiyadan kelgan yigirma uch kishi ishtirok etadigan kapitan Grantning farzandlari bor.

"DUNCAN" SAFARI DAVOM ETMOQDA

Grant kapitani bolalari ishonchli

"Kapitan Grantning bolalari" ni kim yozgan bo'lsa, biz allaqachon bilib oldik. Keling, Glasgow portidan suzib o'tgach, kelining kelajagi haqida gapiraylik. Samolyotda birdaniga kemalarni aralashtirib yubordi. Tarqalgan olim Jak Paganel jasur sardorni izlashga qo'shilishga qaror qiladi. Birinchidan, "Duncan" Patagonia'ya ketadi, ammo sayohatchilar, o'ttiz ettinchi parallel bu erni kesib o'tib, barcha to'siqlarni engib o'tib, u erda Grant topa olmadilar. Lekin hamma joyda qiyin paytda yordam berishga tayyor bo'lgan olijanob odamlar bilan uchrashishdi. Argentina pampalarida ular Talxaviy ismli ona bilan uchrashishdi.

"Britaniya" ning ekipaji Janubiy Amerikada topilmagani bois, Paganel bu yozuv Avstraliyani nazarda tutgan. Jamoa Duncanga qaytadi va yashil qit'a uchun ketadi. Orol bo'ylab sayr qilish, kompaniya Avstraliyaga suzib ketadi. U erda tezda to'g'ri izlarni topdilar: ferma ishchisi Ayrton bir vaqtlar kapitan Grantning qayiqchisiga aylandi va o'z ko'zlari bilan halokatga uchradi. U kemaning barcha ekipaji yo'qolgan joyni ko'rsatish uchun ixtiyoriy ravishda xizmat qildi. Kapitan Grantning farzandlari va ularning yordamchilari materikning sharqiy tomoniga boradilar, lekin ular Ayrtonni aldab, ularni haydovchilarning lideri deb bilishadi. U Dankanni olib ketishni va yo'lovchilarini yo'q qilishni xohladi. Mo''jizaviy tarzda ular dahshatli taqdirdan qochishadi va Paganelning g'ayritabiiyligi kemani qutqaradi.

Grant kapitani bolalari muallifi kim?

SARGUZASHT DAVOM ETADI

"Kapitan Grant bolalari" nomli ajoyib kitob! Muallif o'z qahramonlarini Yangi Zelandiyaga yuboradi, u yerda mahalliy aholi deyarli devoured. Biroq, qutqaruv amaliyoti davom etmoqda. Ayrton biladigan har bir narsani aytadi va bu Glenarvan uchun Tinch okeanidagi adacıklardan biriga ekilgan. Baxtli tasodif bilan, o'ttiz ettinchi parallel joyda joylashgan Tabor orolining kapitani Grant va uning aholisi boshpanasi edi. Missiyasini bajarib bo'lgach, Duncan uyiga qaytadi. Baxtli tugatish.

QAHRAMONLARNING XUSUSIYATLARI

Romantik va idealist bo'lgan J. Verne, "Kapitan Grantning bolalari" buni tasdiqlaydi. Kitobda biz turli qahramonlar, ijobiy va salbiy ko'rinishdamiz. Ikkinchi toifadagi belgi - jamiyatning haqiqiy to'kisidir, foyda uchun har qanday jinoyatga tayyor. Shunday qilib, Ayrton, to'dasining etakchisi bo'lib, shotlandiya lordining yuqori tezlikli yaxtasini egallab olish uchun qariyb uchta odamni vayron qilishga tayyor edi. Lekin oxirida nimani ko'ramiz? Inson ruhining yovuzlikka bo'lgan g'alabasi, yomon odatlarga rahm-shafqat! Lord Glenarvan o'z xotiniga murojaat qiladi, u aytadigan haqiqatga qarshi Ayrtonni ozod qilishni so'raydi. Kemachi hikoyasi yo'qolgan sardorni qidirishga yordam berolmagan bo'lsa-da, olijanob odam so'zini cheklaydi. Qaroqchini yirtgan sinov va qattiq mehnatning o'rniga u orolga tushdi. Shunday qilib, u jamoadan kechirimni va tavba qilish imkoniyatini oldi.

"Captain's Children Grant" kitobining muallifi "Kapitan Grant bolalari" kitobining ijobiy xarakterlari jasoratli odamlar, olijanob, jasur. Ular o'zlarining so'zlarini, hatto o'zlariga berib turadilar va bir kishini qutqarish uchun turli to'siqlarni engishga tayyor. Ular o'z hayotlarini xavf ostiga qo'yishadi, lekin ular uchun maqsadlar oqlanadi. Ayollar Jules Verne (bu "Kapitan Grantining bolalari" deb yozgan kishi) ishida ham alohida. Ular ruhda kuchli, o'zlarini qurbon qilishga tayyor, rahmdil va taqdirga yoki mahrumlikka shikoyat qilmaydilar. Bu ideal yozuvchini jamiyatga keltirdi. U qo'shnilariga g'amxo'rlik qiladigan katta odamni jalb qildi va bu uchun osmondan yordam oldi. Axir, bu baxtli tasodiflar hamma narsani Xudodan himoya qilishdan boshqa narsa emas edi.

Bolalar sardori grant muallifi

ROMANNING XUSUSIYATLARI

Kimdir kapitan Grantning bolalarini yozgan bo'lsa, kitobxon allaqachon biladi. Va Jules Verne ishini sevadigan kishi, bu kitobning ma'nosi atrofidagi dunyo haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan to'la ekanligini eslay oladi. Yozuvchi hayvonlarning odatlari, tabiati va uning hodisalari, qit'alar va mintaqalarning iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi haqida, geografiya va tarixni sharhlaydi. Bu ilm-fanning turli sohalaridagi haqiqiy bilimlar ensiklopediyasi! Va buning uchun faqat romanni to'liq o'qish kerak.

JYUL VERNE BUYUK TRILOGIYASI

Jyul Verne yaratgan buyuk trilogiyaga kirgan birinchi kitobning hikoyasini qisqacha aytamiz. "Kapitan Grantning bolalari" davom etmoqda. Bu "Nautilus" deb nomlangan dengiz osti quruvchi birinchi kapitan Nemoning sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi "Dengiz ostidagi yigirma mingta leg" romani. Va hamma narsa normal holatga keladigan "sirli orol". Ya'ni, Ayrton yana jamiyatning oddiy a'zosi (boshqa qahramonlarning yordamisiz) bo'lib qoladi va Kapitan Nemo o'z kemasini boshqa dunyoga sir tutadi, biroq uning sirlarini odamlarga ochib beradi. Va yana, ushbu kitoblarni o'qiyotib, ajoyib ilmiy-fantastik yozuvchi tomonidan jalb qilingan haqiqiy insonning idealiga qoyil qolasan.

JULES VERNE "KAPITAN GRANT BOLALARI": ZAMONDOSHLARI HAQIDA SHARHLAR

Bolalar sardori grant muallifi

Ehtimol, buyuk frantsuzning asarlarini befarq qoldirmaslik mumkin emas. Ularni o'qigan har bir inson abadiy muhabbatga qulaydi. Ular bir nechta avlodga aylandi va biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bundan keyin ham bo'lmaydi. Jyul Verne romanlari asosida filmlarni o'qiyapmiz va tomosha qilamiz, biz eng yaxshi bo'lishni o'rganamiz, o'z idealimiz uchun harakat qilamiz.



Haqiqat uchun, "Kapitan Grantning farzandlari" kitobining boshqa trilogiyadagi singari ham bir xil emasligi aytiladi. Albatta, o'n to'qqizinchi asrda bu qalin hayol edi, unda ishonish juda qiyin edi. Va bugun - bu juda keng tarqalgan hodisa. Lekin men bu tanqidchilarga kitoblarni bolalar uchun va bolalar tuyg'usi, mo''jizalarga ishonish, sarguzashtlarga bo'lgan ehtiroslar uchun tirik ekanliklarini aytmoqchiman. O'qishni bolalik tuyg'usini qayta tiklashni istaganlar uchun kerak. Shuning uchun bu ismni hayot uchun eslang va muallifning kimligini so'ramang. "Kapitan Grant bolalari", noto'g'ri xayolparast Jyul Vernining boshqa romanlari singari, sizning e'tiboringizga sazovor bo'lgan kitobdir.

X U L O S A


Men ushbu referatda tanlangan mavzuni imkon boricha chuqurroq yoritishga
harakat qildim. Referat mazmuni reja asosida yozildi .
Avvalo, mashhur farang fantastik yozuvchisi Jyul Vern hayoti va uning bir
qancha asarlariga to’xtalib o’tdik. Jyul Vern asarlari ko’plab tarjimashunos olimlar tomonidan tarjima qilingan, shu bilan birgalikda yozuvchi ijodining yuqori
pog‟onasida turuvchi, ilm fan muvaffaqiyatlarini o’zida aks ettirgan, hayotda
kurashuvchan, o’z halqining ajoyib inson obrazini talqin qiluvchi « Suv ostida
sakson ming kilometr » romani S.Karomatov tarjimasida bosilib chiqdi. Ularning
har biri o’z tarjimasi yazasidan o‟zlarining nazariy fikrlarini bildirishgan.
Tarjimashunos olimlarimiz tarjimachilik – tekstni bir tildan ikkinchi tilga
o’tkazishdan iborat quruq “ko’chiruvchilik” emas balki muhim ilmiy va ijodiy
yaratuvchilikdan iborat ajoyib san’at deb hisoblar edilar. Ularning tarjimon ishiga
bergan baholari unga qo’ygan yuksak talablari ham shundan kelib chiqadi.
Bu nazariy fikrlar ham mazkur referat ishida yoritilgan. Adib asarlariga
to’htalib ularning qanday muhitda, qanday davrda, qanday joyda, qanday zamonda
berilishiga qarab tarjima qilishga harakat qildik. Turli adabiyotlardan, lug‟atlardan foydalangan holda, asardan keltirilgan parchalar o’zbek tiliga tarjima qilindi. Tanlangan mavzuni chuqurroq yoritish uchun, mazkur referat ishining
ahamiyati, qo’llash jarayonini o’rganish va tayyorlash, tarjimaga oid misollar
to’plash uchun birinchi galda lug‟atlardan, ilmiy, badiiy adabiyotlardan
foydalandim. Va shu bilan birgalikda tarjimashunos olimlarning ham Jyul Vern
asarlariga bergan bahosi naqadar qimmatli ekanligiga amin bo‟lindi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


1. Abduazizov A.A. O‟zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. Toshkent
‟‟O‟zbekiston‟‟ 1992. B – 5,6.
2. Ганшина. Французко-русский словарь. М. Русский язык, 1983.г.
3. Grand dictionnaire Universel du XIX siècle. Paris, 1985.
4. Petit Larouss. Dictionnaire encyclopedique pour tous. Paris. 1998.
5. Русского- узбекский словарь. 1-2.тома. Т . Уз. 1983 г
6. Щерба Л. В. Русско- французкий словарь.М. Русский язык. 1983 г
7. Salomov.G‟. Adabiyot nazariyasi. 1973 y. T.
8. Kollektiv. Badiiy tarjimaning aktual masalalari. Toshkent, O‟z. ,,Fanlar‟‟
nashriyoti 1997 y.
9. Quronov.D. Adabiyotshunoslikka kirish. Oripov.A. nomidagi xalq merosi
nashriyoti. T. 2004 y.
10. Malik Rahmon. ,,O‟n besh yoshli kapitan‟‟, Toshkent, G‟.G‟ulom
nomidagi. Adabiyot va san‟at nashriyoti ,1976 y.
11. J. Vern. ,,Suv ostida 80 000 kilometr‟‟ , Toshkent, G‟.G‟ulom nomidagi.
Adabiyot va san‟at nashriyoti ,1973 y.
12. Rahmon.M. ,,Kapitan Grant bolalari‟‟, Toshkent , O‟zdavnashr, 1957 y.


Internet saytlari
1. www.vonadoo.fr
2. www.ziyonet.net
3. www.edu.uz
4. www.google.uz


Download 45.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling