Reja:  Idrok


Download 416.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi416.43 Kb.
#1546027
1   2   3   4   5
Bog'liq
Idrok,taffakur,nutq va hayol turlari

Idrokning konstantligi.
Idrok qilinadigan ob'yektlar idrok qiluvchiga nisbatan ko'p xil
sharoitlarga ega. Ularning turgan joyi, masofasi,fazodagi holati, 
yoritilganlik darajasi cheksiz har xil bo'ladi.Lekin predmetlarni shakli, 
xajmi va rang jixatiga nisbatan doimiylikda idrok qilamiz. Narsa-
hodisalarni idrok qilish sharoiti o'zgarsayu, ulardan hosil bo'lgan
obrazlarning o'z holicha saqlanib qolishi idrokning konstantligi
deyiladi. Ko'rish idroklarida masofa, rang shakl, hajm konstantliklari
ro'y beradi. Masalan; qalamni 20 sm va 1 m masofadan idrok qilish, 
doskani 1 m va 10 m, masofadaya idrok qilish, oq kog'oz yoki oq
bo'rni quyoshda, xona ichida, karidorda ham oq idrok qilinadi. 
Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko'z ro'parasiga tushgan
suratiga aynan muvofiq ko'rmaydi, balki ular haqiqatdan mavjud
bo'lsa shunday ko'radi. Bu kishining tajribasi, amaliy faoliyati
jarayonida vujudga keladin.



Idrokning klassifikasiyasi.
Ma'lumki, idrok sezgi organlari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha
sezgi organi ishtirok etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o'rinda turadi. 
Masalan: suratni idrok qilishda ko'rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish
organi bosh o'rinda turadi. Idrok jarayoni qaysi sezgi organining yetakchilik o'ynashiga
qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: ko'rish idroki, eshitish idroki, 
hid idroki, ta'm idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud
bo'lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan: kinofilmni idrok
qilishda kurish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar bir-
biriga bog'liq. Ular muayyan makonda, ma'lum vaqtda sodir bo'ladilar. Shuningdek, ular
bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda, shakl, hajm va boshqa
xossalarga egadirlar. Idrokni klassifikasiya qilishda materiyaning yashash formalari, 
fazo,vaqt, harakat asos qilib olinadi. Shunga ko'ra idrokning quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Fazoni idrok qilish.
2. Vaktni idrok qilish.
3. Harakatni idrok qilish.




Download 416.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling