Reja: Idrok
Download 416.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Idrok,taffakur,nutq va hayol turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idrokning klassifikasiyasi
Idrokning konstantligi.
Idrok qilinadigan ob'yektlar idrok qiluvchiga nisbatan ko'p xil sharoitlarga ega. Ularning turgan joyi, masofasi,fazodagi holati, yoritilganlik darajasi cheksiz har xil bo'ladi.Lekin predmetlarni shakli, xajmi va rang jixatiga nisbatan doimiylikda idrok qilamiz. Narsa- hodisalarni idrok qilish sharoiti o'zgarsayu, ulardan hosil bo'lgan obrazlarning o'z holicha saqlanib qolishi idrokning konstantligi deyiladi. Ko'rish idroklarida masofa, rang shakl, hajm konstantliklari ro'y beradi. Masalan; qalamni 20 sm va 1 m masofadan idrok qilish, doskani 1 m va 10 m, masofadaya idrok qilish, oq kog'oz yoki oq bo'rni quyoshda, xona ichida, karidorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko'z ro'parasiga tushgan suratiga aynan muvofiq ko'rmaydi, balki ular haqiqatdan mavjud bo'lsa shunday ko'radi. Bu kishining tajribasi, amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladin. Idrokning klassifikasiyasi. Ma'lumki, idrok sezgi organlari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi organi ishtirok etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o'rinda turadi. Masalan: suratni idrok qilishda ko'rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi bosh o'rinda turadi. Idrok jarayoni qaysi sezgi organining yetakchilik o'ynashiga qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: ko'rish idroki, eshitish idroki, hid idroki, ta'm idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo'lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan: kinofilmni idrok qilishda kurish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar bir- biriga bog'liq. Ular muayyan makonda, ma'lum vaqtda sodir bo'ladilar. Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda, shakl, hajm va boshqa xossalarga egadirlar. Idrokni klassifikasiya qilishda materiyaning yashash formalari, fazo,vaqt, harakat asos qilib olinadi. Shunga ko'ra idrokning quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Fazoni idrok qilish. 2. Vaktni idrok qilish. 3. Harakatni idrok qilish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling