Reja : kirish I. Bob. Respublikamiz hududida tarqalgan suv omborlarida tarqalgan baliqlar
Respublikamizdagi baliqlarning ko'chib yurish xususiyatlari va bioekologiyasi
Download 350 Kb.
|
Suv omborlarida tarqalgan baliqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sazan-zogora - Cyprinus carpio L.
1.4.Respublikamizdagi baliqlarning ko'chib yurish xususiyatlari va bioekologiyasi
Respublikamizning daryo va ko'llarida 62 baliq turi yashaydi.Bu baliq turlari asosan karpsimon baliqlar oilasiga kiradi.7 tur va kenja turlar itbaliqsimon hamda bijkasimon baliqlar oilasiga oiddir. Osetrsimon baliqlar oilasiga atiga 5 tur baliq, olabug'asimon baliqlar hamda tosh osti baliqlar oilasiga taxminan uch tur baliqkiradi.Qolgan baliqlar oilalariga(cho'rtan baliqlaroilasi,laqqabaliqlar oilasi, somiksimonlar oilasi, gambuziyasimonlar oilasi, ilonboshlar oilasi va boshqalarga)kiruvchi atiga bittadan ortiq turi bor.Baliqlarda urchish,qishlash yoki ovqatlanish migrasiyalari qayd etilgan. Bu paytda ular minglab kilometr masofani o'tadi.Migrasiya ikki xil bo'ladi:passiv va aktiv. Qishlash migrasiyasi ham keng tarqalgan. Chunonchi, zog'ora baliq, sla, laqqa kabilar kuz faslida suv ostidagi chuqurlarga yig'ilishib, qishi bilan karaxt bo'lib yotadilar. Baliqlarning oziq topish bilan bog'liq bo'lgan oziq izlash migrasiyasi ayniqsa keng tarqalgan.Kuzda Sirdaryo tomonga ko'chadigan ship va mo'ylov baliqlarning ko'chishini tuxum qo'yish uchun emas, balki qishlash maqsadida ko'chish deb tushunish kerak. Ko'pchilik yarim o'tkinchi baliqlar (leshch, zog'ora baliq,qizilko'z va boshqalar),chuchuk suv quyilishidan uzoqqa ketmaydigan va daryo bo'ylab yuqoriga ko'tarilmaydigan baliqlar oziqlanish davri tugagandan keyin daryolarning quyilish joyiga keladi va qishlash uchun chuqurlarga kirib ketadi. Bunday chuqurlarda ba'zan minglab baliqlar to'planadi. Respublikamizdagi baliqlarning ko'chib yurish xususiyatlarini bir qancha baliqlarda o'rgandim: Sazan-zog'ora - Cyprinus carpio L. O'zbekistonning suv havzalarida zog'ora baliq(sazan)juda ko'p tarqalgan.Tanasi nisbatan cho'ziq,deyarli hamma yerda uning yuqori tanali formalari uchraydi.Sazan ko'llarda, baliqchilik zavodlariga qarashli suv havzalarida, ariqlarda, sholipoyalarda, ba'zan esa daryolarning uzanlarida yashaydi. Bunday baliqlar chuchuk suvlardagina emas, balki sho'rtob suvli havzalarda va Orol dengizida ham uchraydi. Yosh baliqlari dastlab zooplanktonlar (shoxlangan mo'ylovli va kurak oyoqli qisqichbaqalar) bilan oziqlanib, keyin esa suv ostida yashaydigan jonivorlar (xironomid lichinkalari, mollyuskalar) bilan oziqlanadi. Voyaga etganlari iste'molqiladigan oziqlarining ko'pchilik qismini chuvalchanglar, hasharotlar va yonboshlab suzgichlarning lichinkalari, suvda o'sadigan o'simliklar tashkil etadi. Sazan uvildiriqlarini aprel oyida suvning temperaturasi 12—15° ga etganda suv o'tlari orasiga yoki suv toshgan yerlardagi o'simliklar orasiga ko'pi bilan 1,5metr chuqurlikka tashlaydi. Hap qaysi urg'ochi balig'i 2,5 mln donagacha uvildiriq tashlaydi. Ertalabki soatlarda bunday baliqlar 2—10 tadan gruppa bo'lib to'planishib, to'qaylardagi suvlar yuzasiga shulp-shulp qilib otilib o'ynaydilar. Kuzatishlarga qaraganda sazanning uvildiriq tashlash vaqti bir sutkadan bir oygacha davom etadi. Ko'pchilik baliqlar esa uvildiriq tashlash joylarida 5—15 kun bo'ladilar. Erkaklari uch yoshida,urgochilari esa uch yoki to'rt yoshida jinsiy jihatdan voyaga yetadi.Sazan Orol dengizida ovlanadigan asosiy baliqlardan biri hisobanadi. Bu erda har yili 50—105 ming sentnergacha, suv omborlarida esa 600—650 sentnergacha sazan ovlanadi.Sazan ovlashda asosan yoyma to'r va venterlardan foydalaniladi.Ba'zan esa ular Amudaryoning o'zanlarida qo'zg'almas to'r va suvda suzib yuradigan turlar bilan ham tutiladi.Qarmoq bilan sazanni aprel oyidan boshlab,oktabrgacha tutish mumkin.Yoz paytlarida avji kun issig'ida suv juda isib ketib,baliqlarning aktivligi susayib ketadi. Natijada ular ovqat ham axtarmasdan, suvning chuqur joylarida dam olib yotadilar. Shunga ko'ra yoz paytlari sazanni erta tongda va kechqurunlari salqin tushganda ov qilingani ma'qul. Ko'llarda sazan qamishzorlardan iborat bo'lgan chakalakzorlar orasidan,daryolarda esa suv sekin oqadigan joylardan tutiladi. Download 350 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling