Reja : Minerallarning paydo bo’lishi


Download 47.94 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi47.94 Kb.
#1820062
  1   2
Bog'liq
Reja


Reja : 1.Minerallarning paydo bo’lishi ..................................2
2.Ekzogen geologik jarayonlar....................................3
3.Magmatik-metamorfik tog’ jinslari..........................5
4.Cho’kindi tog’ jinslari...............................................7

1
“Minerallar” deb bir yoki bir necha elementlarning tabiiy birikmasiga aytiladi. Minerallar faqat bitta ellementda yoki bir necha elementdan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Minerallarni mineralogiya fani o’rganadi.Minerallar tabiatda qattiq (olmos, kvarts, yoqut). Suyuq (suv, neft, simob), va gaz (metan,propan) holda uchraydi va turli geologik jarayonlarda hosil bo’ladi. Bunday jarayonlarga “magma” deb ataluvchi , yerning chuqur qismidan (200-250m) ko’tarilib, yer po’sti ichkarisida kristallanib va yer yuziga otilib chiqib sovib qotadigan, qizigan (1500* gacha ) xamirsimon massaning faoliyati hamda unda ajralib chiqqan, elementlarga boy eritmalar va gazlar bilan bog’liq larayonlar kiradi. Bundan tashqari minerallar dengiz va okean suvlaridagi elementlarning birikib cho’kmaga tushishi yoki o’simlik va hayvonlar faoliyati natijasida ham hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtda fanga 3000dan ortiq mineral ma’lum bo’lib, ulardan 450ga yaqini tabiatda keng tarqalgan, qolganlari kam uchraydi. Mineral hosil qiluvchilar orasida kislorod 1-o’rinda turadi. Undan tashqari H;Si;Al;Fe;Mg;Na va boshqa elementlar ham mineral hosil qiladi. Minerallarning tashqi qiyofasi va shakli turli tuman bo’lib, ular alohida kristallar,donador,yersimon massa shaklda bo’lishi mumkin. Minerallarning fizik xossalariga uning rangi, yaltiroqligi, shaffofligi, qattiqligi, zichligini misol qilishimiz mumkin. Mos shkalasiga qattiqligi turlicha bo’lgan 10ta etalon mineral kiritilgan bo’lib, ular: talk, gips, kalsit, flyuorit, apatit, ortoklaz, kvarts, topas, korund, olmos.

2

Yerning ichki qismida bo‘Iadigan geologik jarayonlar endogen


jarayonlari deb ataladi, yerning tashqi kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan
jarayonlar esa ekzogen geologik jarayonlar deb ataladi. Endogen
geologik jarayonlar magmatizm, metamorfizm va Yer po‘stining
deformatsiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular ta’sirida Yerdagi
materiya qayta taqsimlanadi, foydali qazilma konlari vujudga keladi,
zilzilalar va vulqon harakatlari ro‘y beradi. Endogen jarayonlar
natijasida tog'lar va vodiylar yuzaga keladi, bu esa Yer po‘stining
kimyoviy tarkibini va Yerning shaklini o'zgarishiga olib keladi. Yerning ostidan chiqayotgan qaynoq silikatli gazlarga boy eritma magma deb ataladi.
Litosferaning quyi chegarasi to‘g‘risida biz aniq tasawurga
ega emasligimiz yuqorida ko‘rsatilgan edi. Yer yuzasiga oqib
chiqadigan lava planetamiz ichki qismida tosh massalarining erigan
holatda bo‘lishini ta’minlaydigan harorat hukm surayotganligini
ko‘rsatadi. Biroq vulqon hodisalari nomi bilan yuritiladigan bu
hodisalar Yer yuzasining faqat ma’lum bir joylardagina kuzatiladi.
Bu esa vulqonlar ayrim-ayrim manbalardan ta ’minlanadi deb
o ‘ylashga va Yer bag‘rida yaxlit erigan olovday qizigan suyuq
qobiq-pirosferaning borligini rad qilishga olib keladi.

3
Odatdagi vulqonlar balandligi bir necha metrdan bir necha


kilometrgacha bo‘lgan konussimon tog‘lardan iboratdir. Vulqon
cho‘qqisida otilish yuz beradigan chuqurlik — krater deyiladi. Magmaning Yer ichidan yuqoriga harakatlanishi ikkita omilgabog'liq:
1. Magmani siqib chiqarish uchun yetadigan gidrostatikbosim.
2. Suyuqlik-gaz hajmining ortishi.
Vulqon harakati 3 bosqichdan iborat:
1. Yer ostidan tovushning chiqishi, gaz va chang zarralarining
otilishi.
2. Portlash kuchining ortib borishi.
3. Lavaning Yer yuzasiga chiqishi.
Lava sekin Yer betiga quyilishi mumkin yoki fawora bo‘lib
otilishi mumkin (300 m balandlikkacha va 30 m diametrli bo‘lishi
mumkin). Vulqonlar krater holatiga qarab 4 xil bo'ladi:
1. Qadimgi vulqonlar, erroziya natijasida krater umuman yo‘q
bo‘lib ketgan.
2. Hozirgi so‘ngan vulqonlar.
3. Hozirgi so‘nayotgan vulqonlar.
4. Harakatdagi vulqonlar.
Ko‘p yilgi kuzatishlar natijasida vulqonlar lava harakatiga ko‘ra
ikkita guruhlarga ajratiladi:
1. Qalqonli vulqonlar.
2. Portlovchi vulqonlar.
Vulqon mahsulotlari uch xil bo‘lib, ular qattiq, suyuq va gaz
holatida bo‘ladi. Vulqonning qattiq mahsulotlariga vulqon
bo‘mbalari, lapillalar, vulqon qumlari va ko‘llari kiradi. Mayda
changlaming tushgan massalari vulqon kuli deb nom olgan. Ancha
yirik zarrachalar (bir necha yoki bir necha o ‘n metr parchalar)
lapilli yoki rapilli (toshchalar) deb ataladi.
Vulqonlardan oqib chiqadigan lava shu bilan farq qiladiki,
undagi magmada bug‘ va gazlar boMmaydi, chunki ular yer yuzasiga
chiqqanda yo‘qoladi.
4
Magma tog' jinslari, yuqori mantiya (astenosfera) va litosfera
quyi qismidagi yuqori haroratli silikatli tabiiy eritma magmaning
kristallanishi natijasida hosil boMadi. Magmaning paydo bo‘lish
sharoitiga qarab turli tarkibdagi magmalar hosil bo‘ladi. Magmaning
kristallanishi natijasida, ichidagi uchuvchan komponentlarning
bir qismi kamayadi; buning natijasida magmaning va undan hosil
bo‘luvchi jinslarning kimyoviy tarkibi turlicha bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda uchta birlamchi magmaning borligi aniqlangan:
granit (nordon), bazalt (asos) va peridodit (o‘ta asos). Ishqorli
magmaning borligi ehtimoldan uzoqdir.
Magma tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar genetik
belgilariga, ikkilamchi va kristallooptik xususiyatiga qarab shaffof
va noshaffofga bo‘linadi.
Magma tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar genetik
belgilariga, ikkilamchi va kristallooptik xususiyatiga qarab shaffof
va noshaffofga bo‘linadi. Birlamchi mineral magma eritmasidan
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri kristallanib ajralib chiqqan, ikkilamchilari esa
eritmaning to ‘la kristallanishidan hosil b o ‘lgan birlamchi
mineralning o ‘zgarishidan yoki eritmadan ajrab chiqib yoriqlar
va bo‘shliqlaming to‘lib qolishidan hosil bo‘ladilar.
Birlamchi minerallar muhim va aksessor (aralashma)
minerallarga boiinadi. Birinchisi — rangsiz va rangdorlarga bo‘linadi.
Rangsizlarga kvars, dala shpatlari (ortoklaz, sinidin, mikroklin,
anortoklaz, plagioklazlar), feldshpatoidlar (nefelin, sodalit,
leytsit), rangdorlarga-slyudalar (biotit, muskovit, flagopit),
amfibollar, piroksenlar va olivinlar) guruhlari kiradi. Slyudalar
rangdorlarga o‘tish minerallari bo‘lib, ulardan muskovit rangsizlar
jumlasidandir. Magma har xil chuqurliklarda turlicha kristallanadi. Chunki magmaning kristallanishi bosimga, haroratga va unga imkon
beruvchi uchuvchan komponentlar, ya’ni mineralizatorlarning
bor-yo‘qligiga bog‘liq. Bosim qancha ko‘p bo‘lsa, magma qancha
sekin sovisa, mineralizatorlar qancha ko‘p bo‘lsa, magma shunchalik
to‘la kristallanadi. Shunday sharoit bu murakkab jarayon
uchun normal vaqt va normal muhit tug'diradi. Normal sharoitlarda
minerallarning doim yaxshi o ‘sgan kristallaridan iborat to‘la
donador, yaxlit kristalli jinslar hosil bo‘ladi.
5

Aksincha haroratningtez pasayishi va magma bosimining past bo‘lishi, mineralizatorlarningmagmadan chiqib ketishi kristallanish jarayonining normalketishi uchun yo‘l qo‘ymaydi. Bunday hollarda vulqon lavalari,shishalar kristallanmagan massalar va boshqa jinslar hosil bo‘ladi.


Jinslarning minerallik tarkibi magmaning S i0 2 ga nechog‘liq
to ‘yinganligiga bog‘liq. Shuning uchun ham nordon jinslar uchun
kvars qoMlanma mineral bo‘lishi kerak, chunki kvars hamma
asoslar bilan to'yinganidan keyin qolgan sof silikat kislotaning
kristallangan erkin ortiqcha qismi bo‘lib qoladi.
0 ‘ta asos va asos jinslarga silikat kislotalari ancha kam bo‘lgan
minerallar xarakterlidir. Bunga olivin va ma’danli minerallar kiradi.
Bu jinslarda metasilikatlardan ko‘pincha avgit, dala shpatlaridan
asos plagioklazlar uchraydi.
Magma tog‘ jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi odatda
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
Sinflarga bo‘luvchi muhim jins hosil qiluvchi minerallarga
kvars, dala shpatlari va feldshpatoidlar kiradi. Shunga ko‘ra magma
jinslar kvarsli va kvarssizlarga bo‘linadi. Dala shpatlariga qarab,
ular kaliy shpatli va plagioklazli, shuningdek aralashgan jinslarga
bo'linadi. Nihoyat feldshpatoidli jinslar guruhi ham mavjud.
Magmatik jinslarning muhim aniqlash komponentlariga
rangdor minerallar ham kiradi.
Magmatik jinslarning tasnifi granit guruhidan boshlanadi. Bu
guruh jinslariga kvarsning mikdori 30—25%, kaliy shpati, nordon
plagioklazga qaraganda ko‘proq bo‘lib, biotit va shox aldamchi
5—10% ni tashkil qiladi. Normal qatorda granitdan keyin granodiorit guruhi turadi.
Unda kvarsning miqdori kamroq (25% gacha), plagioklaz kaliy
shpatidan ko‘p bo‘lib, rangdor minerallar 15-20% ni (andezit)
tashkil qiladi. Diorit guruhida kvars uchramaydi. Dioritdan so‘ng
gabbro guruhi turadi. Bu guruhda asos plagioklaz bilan piroksenning
miqdori deyarli tengdir. Normal qator peridotit guruhi bilan
tamom boMadi.

6
Cho‘kindi jinslarga awal hosil bo‘lgan tog‘ jinslarining yer


yuzasida quyi harorat va past bosim natijasida yemirilishidan hosil
b o ‘lgan jin s la r k ira d i. S h u n in g d ek , v u lq o n n in g q a ttiq
mahsulotlaridan hosil bo‘lgan piroklast jinslar (vulqon ko‘llari,
toshlari, bombalari) cho‘kindilarning alohida guruhini tashkil
qiladi. Ular litosferaning ustki qismida okean, dengiz, ko‘l, daryo,
botqoqlik tublarida va chuqurlikda turli minerallarning ekzogen
sharoitda to‘planishidan hosil b o ‘ladi.
Cho‘kindi tog‘ jinslarining tarkibi ilgari hosil boMgan mineral
va magmatik, c h o ‘kindi, metamorflashgan tog‘ jinslarining
yemirilishidan hosil bo‘lgan mineral va jins bo‘laklaridan, organik
moddalarning (hayvon va o‘simlik) qoldiqlaridan va kimyoviy y o i
bilan hosil boMgan moddalarning to‘planishidan hosil bo‘lgan
cho'kindilardan iborat.
Cho‘kindi jinslarning umumiy ta ’rifmi M.S. Shvedov quyidagicha
keltiradi: ≪Cho‘kindi jinslar organizmlarning hayot faoliyatidan
hosil bo‘ladigan va havo hamda suvdagi har qanday materiallar
muhitidan ch o ‘kib tushadigan, shunda ham hamisha Yer
yuzasidagi bosim va harorat ta ’sirida vujudga keladigan jinslardir.
Cho‘kindi tog‘jinslari magmatik jinslarga qaraganda litosferaning
oz qismini, ya’ni atigi 5% tashkil qiisada, Yer yuzasining
75% maydonini qoplab yotibdi.
Cho'kindi tog‘ jinslarini o'rganishda magmatik jinslar kabi
ularning struktura va teksturalarini o ‘rganish katta ahamiyatga
ega.
Cho‘kindi jinslar maydalanishdan hosil bo‘lgan
jins bo‘laklarining kattaligiga qarab quyidagi asosiy guruhlarlarga
bo‘linadi:
a) dag‘al bo‘lakli (psefit) jinslar — bo‘laklarning diametri 2
mm dan katta bo'lgan yirik bo‘lakli jinslar;
b) qumli (psammit) jinslar — boMakchalari 2 mm dan 0,1
mm gacha bo‘ladi;
d) changsimon (alevrit) jinslar — zarrachalari 0,1 mm dan
0,01 mm gacha bo‘ladi;
e) gilli (pelit) jinslar — zarrachalari 0,01 mm dan kichik bo‘ladi.
7
Zarralarning o ‘zaro joylanishlariga qarab cho‘kindi
tog‘ jinslari orasida quyidagi teksturalar mavjuddir: a) tartibsiz
tekstura — jinsni tashkil etgan material betartib joylashgan, ya’ni
xuddi aralashgan holatda b o ‘ladi. Bunday tekstura muz
yotqiziqlariga, morenalarga, dag‘al konglomeratlarga va boshqalarga
xosdir; b) varaqsimon va (qat-qat teksturalar) qat-qatlik yuza
bo‘ylab turli kattalikdagi donalar tez-tez almashinib turganligidan jins yupqa-yupqa varaqchalarga (qavatchalarga) ajraladi; d) cherepitsasimon tekstura (varaqsimon teksturaning bir xili). Jins donalari osonlikcha yupqa, mayda taxtachalarga, ko‘pincha bir-birini
qoplaydigan cherepitsalarga ajraladi.

Download 47.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling