Reja: " O`zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" ni tasdiqlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
IV. Davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish
Download 29.43 Kb.
|
Fuqarolik Jamiyati Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.
IV. Davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish.
Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim: 1) mahalliy budjetlar xarajatlarining yo‘nalishlarini belgilash va ularning ijrosini nazorat qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etish mexanizmlarini joriy qilish; 2) tasarruf etilishi taqiqlangan holda ijtimoiy va homiylik maqsadlarida doimiy ravishda foydalanish (egalik qilish) uchun shu yo‘nalishlarda tashkil qilingan tashkilotlarga o‘tkazilishi nazarda tutilgan “ijtimoiy yo‘naltirilgan mol-mulk instituti”ning huquqiy asoslarini joriy qilish; 3) davlat organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish miqdori va hajmini oshirish; 4) “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik subyektlari” tamoyili asosida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish mexanizmini yanada takomillashtirish; 5) volontyorlik faoliyatini yo‘naltirish, muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, hisobga olish mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat organlarining vazifa va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamkor shaklda bajarish amaliyotini joriy qilish; 6) yirik korxonalarning korporativ volontyorlik faoliyatini tashkil etishda uslubiy, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan ko‘maklashish hamda qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy va huquqiy asoslarini mustahkamlash; 7) Birlashgan Millatlar Tashkilotining volontyorlik dasturida O‘zbekiston fuqarolarining ishtirokini kengaytirish; 8) BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb qilish. V. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash. Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim: 1) nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar mablag‘lari ishlatilishi hamda ularning o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanishi jarayonining oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha “Openness of non-governmental non-profit organizations” — “Ochiqlik standarti”ni joriy etish; 2) davlat organlari xodimlarining fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan bevosita elektron aloqa vositalari orqali tezkorlik muloqotini yo‘lga qo‘yish; 3) fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish jarayonida “kraudfanding instituti” imkoniyatidan foydalanish mexanizmini yaratish; 4) volontyorlik faoliyati hisobini olib borish va yo‘naltirish imkonini ta’minlovchi yagona interaktiv portal yaratish. Konsepsiyada belgilangan vazifalarni bajarish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda: fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi; fuqarolik jamiyati institutlariga ajratilgan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni ishlatish samaradorligi, shuningdek, ularning o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanishi jarayonining oshkoraligi ta’minlanadi; fuqarolik jamiyati ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganilib, uning rivojlanishi doimiy tahlil qilib boriladi; fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining axborot-ma’rifiy salohiyati va demokratik ko‘nikmalari oshirib boriladi; qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki huquqiy jihatdan mustahkamlanadi; ommaviy axborot vositalari sohasidagi huquqiy baza takomillashtiriladi, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli oshiriladi; jamoatchilik nazoratini ta’sirchan amalga oshirish ishlari jadallashtiriladi; volontyorlik va homiylik faoliyati rivojlantiriladi. Download 29.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling