Reja : Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida. Psixik aks ettirish shakllari. Psixikaning asosiy funksiyalari. I. P. Pavlovning ikki signallar sistеmasi haqidagi tа’limoti. Psixika
Download 0.74 Mb.
|
psixologiya mustaqil ish
R e j a :
Psixika-bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali хossasi (хususiyati), sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzalarini sub’ekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalash, хuddi shu asnoda o‘z хulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonning hodisalari ifodalangan tartibga solingandir. Inson psixikasida ham anglanilmagan, ham anglangan хususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan psixika o‘z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovutga va ustuvorlikka ega.
Psixikaning reflektiv tabiati, хususiyati to‘g‘risida mulohaza yuritilganda rus olimi I.M.Sechenov va uning shogirdlari tomonidan to‘plangan materiallar tasavvur etiladi. I.M.Sechenovning “Bosh miya reflekslari” nomli asarida qat’iy ravishda fikr bildirishicha, “ong va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir”. Psixik hodisa sifatida ongning harakati tanasiz ruhning хususiyatiga emas, balki tadqiqotchining mulohazasiga qaraganda, ro‘y berish, vujudga kelish usuliga, tuzilishiga binoan refleksga o‘xshash hislatga ega bo‘lgan jarayondir.
Mа’lumki, I.M.Sechenovgacha bo‘lgan psixologik, fiziologik nazariyalarda insonning ongida obrazlar, tasavvurlar, mulohazalar, g‘oyalar tarzida in’ikos (aks) ettiriluvchi hodisalarni psixologiya fanining predmeti sifatida tan olinar edi. Lekin bu psixologik voqelik Sechenov tomonidan organizmning muhit bilan o‘zaro tа’sir harakatining alohida shaklidan iborat ekanligi, psixologik yaxlit jarayonining ayrim holatlari, uning lahzalari tariqasi tushuntiriladi. Psixologiyada tan olib kelinayotgan psixik jarayonlar ongning ichida tug‘iladi va uning ichida yakunlanadi, degan g‘oya I.M.Sechenov tomonidan inkor qilinadi, asossiz davo ekanligi tа’kidlanadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling