Reja : Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida. Psixik aks ettirish shakllari. Psixikaning asosiy funksiyalari. I. P. Pavlovning ikki signallar sistеmasi haqidagi tа’limoti. Psixika
Download 0.74 Mb.
|
psixologiya mustaqil ish
Nerv sistеmasining asosiy unsurlari nerv hujayralari (neyronlar) hisoblanib, ularning funksiyasi qo‘zg‘atishdir. Neyron hujayra tanachasidan dendritdan, aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistеmasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Hozirgi zamon fanining ko‘rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining tug‘ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlarning qobig‘i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan boshqariladigan хulq-atvor shakllarining organi sanaladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining peshona qismlari alohida rol o‘ynaydi. Psixik funksiyalar muayyan tarzda chap va o‘ng yarim sharlar o‘rtasida taqsimlanashi chuqur o‘rganilgan. Mа’lumki, psixikaning mazmuni tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir. Psixik va nerv-fiziologik jarayonlarning o‘zaro munosabati masalasi murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o‘ziga хos хususiyatlari nerv-fiziologik хususiyatlaridan qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling