Bajardi: Juraboyeva Dilnavoz
Tekshirdi:__________________________
Reja :
1.Psrostaglandinlar tuzilishi strukturasi va sintezi
2. Prostaglandinlarning turları
3.Prostaglandinlilar bilan bog'liq kasalliklar va ulardan klinik foydalanish.
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Prostaglandinlar
Bular toʻqima va aʼzolarda sintezlanadigan biologik faol moddalar qatoriga kiradi. Ular koʻp qoʻshbogʻ tutuvchi toʻyinmagan yogʻ kislotalarining oʻzgarishidan hosil boʻladi. Ularning molekula asosini ѐn zanjirlarga ega
boʻlgan siklopentan halqasi tashkil etadi. Yogʻ prostaglandinlarga aylanishi endoplazmatik retikulumda boʻladi.
Fosfolipidlarga fosfalipoza A2 taʼsirida araxidon kislota ajralib,fermentativ reaksiya xiliga qarab, prostaglandinlarga aylanishi kuzatilgan Prostaglandinlar membranalarga bilvosita taʼsir qilib, sAMF sintezini yogʻli toʻqimalarda, trombotsitlarda va boshqa aʼzolarda tezlanishi aniqlangan. Ular gipofizga taʼsir etib, gormonlar sintezini tezlashtiradi.
Prostaglandinlar (PG) besh aʼzoli halqasining tuzilishiga qarab 4 guruhga boʻlinadi: A, B, Ye, F (PGA, PGB, PGS, PGF)ga boʻlinadi. Ular metilli va karboksilli yoki zanjirdagi qoʻshbogʻlar soniga qarab, har bir guruhning maxsus vakillariga ajraladi. Prostaglandinlar uglevodlar, lipidlar almashinuvida bevosita ishtirok etadi. Ularning qondagi oz miqdordagisi yogʻ kislotalar va glitserin konsentratsiyasini oshiradi, lekin koʻp miqdori, aksincha taʼsir etadi. Shuningdek, ular taʼsirida qondagi mineral moddalar miqdori oʻzgarishi, glyutation va askorbin kislotalar muhim aʼzolar boʻyicha qayta taqsimlanishida ishtirok etishi tasdiqlangan.Prostaglandinlar bachadonning qisqarishini faollashtiradi. Ulardan ayollarning farzand koʻrish jarayoniga ijobiy taʼsir qiluvchi dori-darmon sifatida foydalaniladi. Ularning kalsiy transportida ishtirok etuvchi,fermentlar faoliyatiga ham taʼsir qilishi aniqlangan.
PGE2 Bu juda xilma-xil funktsiyalarga ega bo'lgan turli xil to'qimalarda mavjud bo'lgan prostaglandin. U og'riq, vazodilatatsiya (ishemiya kasalligidan himoya qiladi) va oshqozonni himoya qilish (kislota sekretsiyasini va oshqozondan qon oqishini modulyatsiya qiladi), shilliqqurt va isitmaga javob beradi.
Endometriumda PGE kontsentratsiyasi2 u menstrüel tsiklning luteal bosqichida ko'payib, hayz paytida maksimal darajaga etadi va bu prostaglandin ayollarning tug'ilishida muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |