Reja : Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. Bilimlarni o’zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. O’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lash


Nazariyani amaliyot bilan bog’lash


Download 70.5 Kb.
bet3/5
Sana21.04.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1374635
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tabiatshunoslikni o’qitish didabtik tamoyillarini o’rganish va tahlil qilish

Nazariyani amaliyot bilan bog’lash
Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo’llay bilish ham zarur.
O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda ana shu bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalari va malakalari hosil bo’ladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash o’quvchilarni ama­liy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o’zlashtirish sifatini ko’taradi. Bu qoida mehnat ta‘limi va o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakteri o’quv fanining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, “Tabiatda bahor” mavzusida (3-sinf) uni o’rganish bo’yicha amaliy ishlarni bajarish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta‘sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirishga maktab yoki fermer xo’jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek, “Tabiiy o’simliklar”, “Poliz ekinlari”, “Manzarali o’simliklar”, “Tut daraxti.Ipak qurti” mavzulari (3-sinf) bo’yicha amaliy ishlar o’tkazilishiga yordam berishi mumkin.
O’quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o’simliklarni ekish va ko’paytirish), shuningdek o’simliklarning suvga, issiqlikka, yorug’likka ehtiyojini (piyozni o’stirish misolida - 2-sinf), gul manzarali o’simliklarining o’sishi va rivojlanishiga organik va mineral o’g’itlarning ta‘sirini (3-sinf); pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko’chirib o’tqazilishining ta‘sirini aniqlash bo’yicha tajribalar (4-sinf) o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan o’quv-tajriba maydonchasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog’lanishi yaxshi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o’quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o’zlashtirib olishga bo’lgan intilishlarini bo’shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob‘ekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog’i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg’ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanilishi mumkin. Tajriba va laboratoriyalar o’quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichi bo’lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko’nikmalar va malaklar hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to’ldirilib va aniqlashtirilib boriladi.
O’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi - o’quvchilarning o’qishga ongli va ijodiy munosabatda bo’lishlarini; o’rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; o’qish mehnatini ijodiy xarakterda bo’lishini; bilimlardan amaliyotda ongli qo’llanilishi va ularni ishonchga aylanishini o’z ichiga oladi. Bu tamoyil o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadi.
O’qitishda onglilik tamoyili o’quvchilarning o’z o’quv ishlarining aniq maqsadlarini aniq tushunishlarini, o’rganilayotgan narsa, hodisa, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishni tushungan holda o’zlashtirib olishlarini, olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay olishlarini bildiradi.
Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o’qituvchiga taalluqlidir, u o’quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshilab bajarishga qiziqish uyg’otishi kerak.
O’qitishda onglilikni namoyon bo’lishining oliy shakli o’quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerba­riy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o’tkazilgan kuzatishlarni ta‘riflash va o’qituvchi taklif qilgan mavzu bo’yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog’liq bo’ladi.
O’qitishning ko’rgazmalilik qoidalari. Ko’rgazmalilik tamoyili o’qitish jarayonida turli sezgilardan: ko’rish, eshitish va boshqalardan foydalanishni talab etadi. O’quvchilar buyumni qanchalik darajada idrok qilishsa, ularning shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik to’la va chuqur bo’ladi. Ko’rgazmalilik tamoyili o’qitish maqsadlariga mos bo’lib, materialning mazmuni bilan belgilanadi. Bu materialni o’rganish esa o’quvchilarni chinakam ilmiy va hayotiy muhim bilimlar bilan qurollantirishi kerak. Mashg’ulotlarda turli xil ko’rgazmali qurollarni qo’llash o’quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, ularning diqqatini safarbar etadi. Shuning uchun ko’rgazmali vositalar o’qitishning hamma bosqichlarida: o’quvchilarning yangi materialni idrok qilishlarida, bilimlarni mustahkamlashda, tekshirish hamda amaliy faoliyatda va ishda qo’llashlarida, mehnat ko’nikmalari va malakalarini hosil qilishda tadbiq etiladi.
Ko’rgazmalilik qoidalaridan foydalanishning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o’qitishni nazarda tutadi. Ko’rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o’rganishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlaridan hosil qilgan xususiy taassurotlari asosi­da to’g’ri tushuncha va xulosalar hosil bo’lishiga yordam beruvchi qimmatli bilimlar olishlari kerak.
Tabiatshunoslik bo’yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, tirik tabiat burchagida, maktab oldi maydonchasida kuzatishlar o’tkazish, tajribalar qo’yishga imkon beruvchi metodlarning qo’llanilishini, ya‘ni o’quvchilarning bevosita ko’z bilan yoki bevosita ko’rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan yoki ularning tasvirlari bilan tanishishi deb tushuniladigan ko’rgazmali tamoyildan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.
Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni mashg’ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (ti­rik tabiat burchagidagi, zooparkdagi o’simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kollektsiyalar), foydalaniladi­gan yoki tajriba ko’rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko’rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, tablitsa, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko’rgazma­lilikka ajratish maqsadga muvofiqdir.
Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish asosida o’qitish, ayniqsa bolalar taraqqiyotining ertangi bosqichlarida, tafakkurni, kuzatuvchanlikni faollashishiga yordam beradi, o’rganilayotgan masalalarga o’quvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni:

  • oddiy tadqiqotlar olib borishga o’rgatadi,

  • bilim­larni faol qabul qilishga yordamlashadi,

  • ularni o’z­lashtirib olish jarayonini osonlashtiradi,

  • bilimlarning mustahkamligini ta‘minlaydi.


Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling