Reja : Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. Bilimlarni o’zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. O’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lash


O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish qoidasi


Download 70.5 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1374635
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tabiatshunoslikni o’qitish didabtik tamoyillarini o’rganish va tahlil qilish

O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish qoidasi
Ilmiylik tamoyili o’quvchilarga o’rganish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko’rilgan ma‘lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlari va kashfiyotlardan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o’tiladigan o’quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo’lishi va o’quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda o’quvchining ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o’z ilmiy saviyasini oshirib borishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo’lishi kerak. O’quvchilar o’rganayotgan bilimlar nazariy jihatdan tasdiqlangan va malda sinalgan bo’lishi lozim.
Tushunarli bo’lish tamoyili o’rganilayotgan materialning mazmuni, hajmi va o’qitish metodlari o’quvchilarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishini talab etadi. O’qitishni tushunarli qilish degani uni oson qilish lozimligini bildirmaydi. O’qitishning tushunarliligi o’quvchi imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta‘lim jarayonining borishida o’quvchilar oldiga qo’yiladigan o’quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish o’quvchilarning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O’quv materialining mazmuni shunday tanlanishi va tuzilishi kerakki, o’quvchilar uni o’zlarining oldingi bilimlari bilan bog’lay oladigan va uni tushunishda qiynalishmasin.
Uzoq vaqtlar boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o’quv fani sifatida o’qitilishi yetarli darajada qadrlanmadi. U goho tabiiyot nomi bilan saqlanib keldi, goho predmetli darslar va izohli o’qish bilan almashtirildi. 60-yillardan boshlab tabiatshunoslik mustaqil an sifatida o’qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o’lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang’ich maktabdagi tabiatshunoslik ta‘limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, geografiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan.
Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik qoidasi: hozirgi zamon fanida qat‘iy qaror topgan qoidalarni o’quvchilarga o’zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo’yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta‘minlash uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma‘lumotlarni tanlab olish kerak. O’quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o’quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borishi jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to’g’ri aniqlash o’quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o’quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko’tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O’quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo’lish bilan uyg’unlashishi kerak. Bunga uni o’quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiiyotshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida o’qishga qiziqish uyg’otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi.



Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling