Reja: 1 – Kirish
IV. Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash
Download 28.05 Kb.
|
AYNURA
IV. Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash iqtisodiyotning normal mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani barpo etish qismi bo‘yicha budjet mablag‘lari hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida olingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar berishda paydo bo‘ladigan budjetning, kredit, sug‘urta muassasalari va korxonalarining yo‘qotishlarini kompensatsiya qilishga, kreditlarga kafolat berishga va tadbirkorlar faoliyatini sug‘urta qilishga da’vat etilgan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond) tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, ham bilvosita (imtiyozli soliq solish) mablag‘ bilan ta’minlash yo‘li bilan respublika va mahalliy budjetlarning mablag‘larini, jamoat jamg‘armalari mablag‘larini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek xususiy xayr-ehson va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, vodoprovodlar, kanalizatsiya tizimlari va inshootlari, gaz va elektr ta’minoti tarmoqlari, yo‘llar qurilishi, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek ijtimoiy infrastrukturani ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obyektlarini, mehnat kuchlari ortiqcha bo‘lgan qishloqlarda esa uy-joy qurish uchun zarur bo‘lgan qishloq, joylarda muhandislik va ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlari qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash ushbu obyektlarni rivojlantirishning tegishli davlat dasturlari doirasida ustun darajada tegishli budjetlar va budjetdan tashqari fondlar hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘larning 20 foizini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirish hisobidan amalga oshiriladi. Maqsadli davlat markazlashtirilgan sarmoya qo‘yilmalarini qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik infrastrukturasini rivojlantirishga taqsimlash davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlariga yuklanadi. Meliorativ, gidrotexnika, elektr energetikasi inshootlari va tarmoqlari qurilishi, yerlarga suv chiqarish, ekologik va eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, kimyoviy melioratsiya, ko‘p yillik ko‘chatlar ekish, qayta ishlash sanoati korxonalari qurilishi va ularni texnika bilan qayta jihozlash, dehqon (fermer) xo‘jaliklari, jamoa korxonalari va boshqa korxonalarni rivojlantirishga ko‘maklashish, qishloq joylarda ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirish tegishli davlat dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qishloq joylarda ijtimoiy-madaniy va sport maqsadlaridagi barcha muassasalarga, shu jumladan nogironlar va mehnat faxriylari uylari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari xarajatlari, shuningdek jismoniy tarbiya-sport tadbirlari o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlar ustun darajada budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Download 28.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling