Davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan sport obyektlarini investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan belgilangan tartibda xususiy investorlarga berish
Download 166.18 Kb.
|
1 2
Bog'liq184 01.03.2019
[OKOZ: 1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan sport obyektlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va trener kadrlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining: davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan sport obyektlarini investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan belgilangan tartibda xususiy investorlarga berish; xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilingan sport obyektlarining holatini yaxshilashga ko‘maklashishni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlat sherigi hisoblanadi; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalariga ko‘ra tuziladi. 3. Quyidagilar: Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlarga beriladigan foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan sport inshootlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Quyidagilar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan sport obyektlaridan foydalanish va keyinchalik ularning faoliyatini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: tashabbuskorlarning mablag‘lari; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi uch oy muddatda: jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish komissiyasini (keyingi o‘rinlarda tanlov komissiyalari deb ataladi) shakllantirsin va ularga quyidagi vazifalar yuklansin: jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko‘rib chiqish, ma’qullash, rad qilish yoki qayta ishlash haqida qarorlar qabul qilish; davlat-xususiy sheriklik bitimi loyihasini, zarur hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) taqdim qilish; jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini Agentlik bilan birgalikda keyinchalik tanlov komissiyasiga kiritish maqsadida baholash; tanlov komissiyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasi ma’qullanganidan so‘ng barcha moliyaviy va iqtisodiy tavsiflari kiritilgan holda loyihani amalga oshirish haqida tegishli qaror qabul qilsin; belgilangan tartibda tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda uning yakunlari bo‘yicha xususiy sherik bilan tegishli davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish choralarini ko‘rsin; Agentlik bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik loyihasi, uni tayyorlash va amalga oshirish hamda xususiy sheriklarni tanlash haqidagi ma’lumotning Agentlikning butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, davlat-xususiy sheriklik shartlarida investorlarga topshirilgan obyektlarda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotining faoliyati tashkil etilgan kundan boshlab, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining muddatlari davomida uni qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar: uch oy muddatda o‘zlariga tegishli bo‘sh turgan sport obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishi zarur bo‘lgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga taqdim etsin; har yili 1-martga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotining binolarini qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkalarini hamda o‘zlariga tegishli bo‘sh turgan sport obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishi zarur bo‘lgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini aniqlab, ularning ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga doimiy ravishda taqdim etib borilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratilishini, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan tegishli ro‘yxatlarni umumlashtirgan holda, xususiy sheriklarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida beriladigan yer uchastkalari va sport obyektlarining yagona ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritib borsin. 9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmuni va ahamiyati keng yoritilishini hamda aholiga yetkazilishini tashkil etish tavsiya etilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2019-yil 1-mart, 184-son Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi 184-son qaroriga 1-ILOVA Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb ataladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyekti (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) — bitim bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalanish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan ishlamaydigan, to‘liq yoki qisman foydalanilmaydigan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hamda boshqa obyektlar; davlat-xususiy sheriklik loyihasi — davlat, ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik ahamiyatga ega bo‘lgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muhim investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui; balansda saqlovchi — davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sherikka beriladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, yer maydonlari va boshqa mulk egasi — davlat tashkiloti; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar — kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar a’zolari, yetim bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensionerlar; konsessiya (konsession bitim) — muayyan muddatga tuzilgan bitim bo‘lib, unga ko‘ra davlat konsessionerga qurilish ishlarini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport muassasasini qayta qurish va jihozlash uchun binolarga egalik qilish (tasarruf etish huquqisiz) va ulardan foydalanish huquqini beradi, konsession faoliyat natijasida konsessionyer ega bo‘lgan mahsulot va daromadlar konsession bitimda belgilangan hajmda va shartlarda uning mulki hisoblanadi; otaliq — otaliqqa olingan jismoniy tarbiya va sport muassasasiga jismoniy yoki yuridik shaxs (otaliq) tomonidan iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, ta’lim yoki tizimli beg‘araz yordam ko‘rsatish bo‘yicha boshqa faoliyat. xususiy sherik — bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik yoxud jismoniy shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sheriklar bo‘la olmaydi, shuningdek, xususiy sheriklar sifatida ishtirok eta olmaydi; filantropik faoliyat — jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan pul mablag‘larini beg‘araz o‘tkazish, bepul ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, boshqa turda ko‘maklashish bo‘yicha ixtiyoriy faoliyati; davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi. 3. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi: davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi va qulayligi, davlat sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil qiladigan ma’lumotlar bundan mustasno; kamsitishning yo‘qligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi; tomonlarning bitim bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi; xavf-xatarlar va majburiyatlarning bitim tomonlari o‘rtasida adolatli taqsimlanishi; davlat-xususiy sheriklik tomonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shartnomada kelishib olinishi. 4. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Oldingi tahrirga qarang. nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari binolarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer uchastkalarini ijara huquqi asosida taqdim etish; (4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmaydigan binolari yoki korpuslarini uzoq muddat bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga o‘tkazish; mavjud davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qayta qurish va jihozlash; Oldingi tahrirga qarang. keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari obyektlarini qurishga yer uchastkalarini ijara huquqi asosida taqdim etish; (4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun ijaraga yer uchastkasi yoki bino ajratish; (4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta’minlash; otaliq shaklidagi filantropik faoliyat. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida hududlardagi foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan sport obyektlarini (yer maydonlarini) aniqlash bo‘yicha tanlov komissiyalari (keyingi o‘rinlarda hududiy tanlov komissiyalari deb ataladi) tuziladi. Hududiy tanlov komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, moliya, soliq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari hamda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Hududiy tanlov komissiyalari toq sonli a’zolardan iborat bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari tegishli hududdagi hududiy tanlov komissiyasining raisi hisoblanadi. Hududiy tanlov komissiyasi ishining reglamenti mazkur komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. 6. Hududiy tanlov komissiyalari: hududlarda foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan sport obyektlarini (yer maydonlarni) aniqlaydi; davlat-xususiy sheriklik shartlari bo‘yicha investorlarga berilishi taklif etilayotgan obyektlar ro‘yxatini tuzadi; ro‘yxatning har yili kelgusi yilning 10-fevraliga qadar yangilab borilishini ta’minlaydi; ro‘yxatga kiritilgan obyektlar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga taqdim etadi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi; mazkur Nizomda belgilangan tartibda tanlovlarni tashkil etadi va o‘tkazadi. 7. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining davlat sherigi yoki xususiy sherik tomonidan taklif etilishi jismoniy tarbiya va sport sohasida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi. 8. Ushbu Nizomga muvofiq nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish uchun xususiy sheriklarga yer uchastkalarini taqdim etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarida belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini taqdim etish tartibi tatbiq etilmaydi. 2-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish komissiyasi 9. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Tanlov komissiyasi deb ataladi) kamida 5 kishidan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri buyrug‘i bilan tashkil etiladi. Tanlov komissiyasiga rais boshchilik qiladi. 10. Tanlov komissiyasi tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar ko‘rib chiqiladi. 11. Tanlov komissiyasi zaruriyatga ko‘ra, Tanlov komissiyasi raisining qarori bo‘yicha chaqiriladi. Tanlov komissiyasi majlisini Tanlov komissiyasi raisi, u bo‘lmagan taqdirda — Tanlov komissiyasi raisining qarori bo‘yicha Tanlov komissiyasi a’zolaridan biri boshqaradi. 12. Tanlov komissiyasi majlisi, agar majlisda Tanlov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Tanlov komissiyasining qarori ochiq ovoz bergan holda, ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 13. Tanlov komissiyasi a’zolarining ovozi teng bo‘lib qolgan taqdirda Tanlov komissiyasi majlisida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 14. Tanlov komissiyasi qarori protokollashtirilishi va unda Tanlov komissiya a’zolarining imzosi bo‘lishi kerak. 3-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi 15. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan xususiy sherik tanlov komissiyasiga tegishli ariza beradi. Arizaga mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan zarur hujjatlar ilova qilinadi. 16. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelib tushgan ariza, kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 17. Ariza ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar buzilgan holda berilgan bo‘lsa, ariza unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi. Oldingi tahrirga qarang. Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi xabar yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka topshiriladi (jo‘natiladi). Xabarda qanday talablar buzilganligi, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik ko‘rsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni davlat sherigiga takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan aniq muddat ko‘rsatiladi. (17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Xususiy sherik kamchiliklarni bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma yoki elektron xabar olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. 18. Kelib tushgan ariza ko‘rib chiqilib Tanlov komissiyasidan ijobiy xulosalar olingach, Tanlov komissiyasi tanlovni e’lon qiladi. Tanlov ushbu Nizomda belgilangan tartibga muvofiq o‘tkaziladi. 4-bob. Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif qilish va tanlovni o‘tkazish tartibi 19. Davlat sherigi tegishli hudud aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan takliflarni o‘rganish natijalari asosida va ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq tanlovni e’lon qilish orqali davlat-xususiy sheriklikning loyihasini amalga oshirishni taklif qilishi mumkin. 20. Davlat sherigi tanlov boshlanishidan 30 kun oldin tanlov savdolari o‘tkazilishi haqidagi e’lonni o‘zining butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadi. 21. Tanlov haqidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: davlat sherigining nomi, telefon raqami, pochta, shu jumladan elektron pochta manzili; obyekt nomi, joylashgan manzili, soni, tavsifi; davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari; davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllariga qarab talab etiladigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning eng kichik hajmi; tanlov o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy; tanlov takliflari qabul qilinadigan oxirgi muddat (kuni va soati ko‘rsatilgan holda). 22. Tanlovda ishtirok etish uchun xususiy sherik tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Oldingi tahrirga qarang. ariza va yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan to‘g‘risidagi guvohnoma (tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno) yoki pasportning ko‘chirma nusxasi (agar ariza jismoniy shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa); (22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son) tanlovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etiladigan kundan kamida bir oy oldin soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yo‘qligi to‘g‘risida ariza; jismoniy tarbiya va sport muassasasi binosini qurish (qayta qurish) yuzasidan tegishli taklif; jismoniy tarbiya va sport muassasasi binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki bankrot bo‘layotgan, mol-mulki xatlangan da’vogarlarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 23. Tanlov bo‘yicha taklifi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb topilgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi. Shuningdek, tanlov yakunlari bo‘yicha takliflarining parametrlari tanlov shartlariga mos keladigan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq g‘olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past bo‘lgan zaxiradagi g‘olib aniqlab olinadi. Tanlov g‘olibi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan muddatlarda imzolashni rad etsa yoki imzolashdan bo‘yin tovlasa, zaxiradagi g‘olib bilan tegishli bitim tuzilishi mumkin. 24. Faqat bir ishtirokchidan ariza kelib tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmaydi, tegishli qaror esa tanlov komissiyasi tomonidan ishtirokchi arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni tanlov e’lon qilingan vaqtdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat tugagandan keyin 5 ish kuni ichida o‘rganish yakunlari bo‘yicha qabul qilinadi. Tanlov komissiyasi xususiy sherik takliflarining tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib, ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi. 25. Davlat sherigi tanlov komissiyasining tanlov yakunlari bo‘yicha qarori qabul qilingan kunda butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytiga yoki boshqa ommaviy axborot vositalariga ma’lumot joylashtirish orqali tanlov natijalari haqida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart. 26. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmasa, qaror yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 5-bob. Bitimni tuzish, o‘zgartirish, to‘xtatish va bekor qilish Oldingi tahrirga qarang. 27. Tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida, u qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat sherigi va xususiy sherik qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadi va bitimni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining yagona reyestriga kiritish uchun ushbu vazirlikka ma’lumot taqdim etadi. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 28. Bitimda uni amalga oshirish shakliga qarab quyidagilar aks ettirilishi zarur: bitimning amal qilish muddati va shartlari; xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi; jismoniy tarbiya va sport muassasasi foydalanishga topshiriladigan va faoliyati boshlanadigan muddatlar; bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari; loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, loyihaning bajarilishini texnik nazorat qilish tartibi; davlat-xususiy sheriklik loyihasining bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish tartibi; infratuzilma obyektlari, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqiladigan va (yoki) ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablar; xususiy sherik tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish jarayoni to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari; davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida bitim tuzish bilan bog‘liq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlari; davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘tkazib beriladigan infratuzilma obyektiga egalik qilish va undan foydalanish tartibi; jismoniy tarbiya va sport muassasasidan foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, ta’mirlash, modernizatsiyalash tartibi; bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida paydo bo‘lgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi; bitim shartlariga rioya qilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi; bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi; bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini to‘ldirish yoki qoplash tartibi; xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun sanksiyalar; bitimni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi. Oldingi tahrirga qarang. Bitimda qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham keltirilishi mumkin. (28-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 29. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida bo‘lgan va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarga berilgan sport obyektlarida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish orqali tushgan umumiy tushumlarning 20 foizi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq balansda saqlovchining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi (otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat xususiy sheriklik shartlarida bundan mustasno) va quyidagicha taqsimlanadi: Balansda saqlovchining maxsus hisob raqamlariga kelib tushgan mablag‘ning 50 foizi davlat sherigining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Qolgan qismi balansda saqlovchining ixtiyorida qoladi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda balansda saqlovchining maxsus hisob raqamlariga kelib tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda balansda saqlovchining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va boshqa ehtiyojlariga sarflanadi. 30. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasining matnini taqdim etadi. 31. Zaruratga qarab, bitim qoidalarini davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida kelishib olish maqsadida muzokaralar o‘tkaziladi. 32. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi. 33. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuritiladi. 34. Bitim tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi. Oldingi tahrirga qarang. 35. Bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni oladi, nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakllari bundan mustasno. (35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 36. Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin: tomonlarning o‘zaro roziligi bilan; Oldingi tahrirga qarang. davlat sherigining talabi bo‘yicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir jismoniy tarbiya va sport sohasini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi munosabati bilan; (36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) sudning hal qiluv qarori asosida. 37. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi: tomonlarning o‘zaro roziligi bilan; xususiy sherik bankrot bo‘lsa yoki tugatilsa; davlat sherigining talabi bo‘yicha — xususiy sherik o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda; xususiy sherikning talabi bo‘yicha — davlat sherigi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda. Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim bir yildan keyin bekor qilinadi. 38. Bitim uning amal qilish muddati tugagandan keyin to‘xtatiladi. Bitimning amal qilish muddati to‘xtatilishi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi. 6-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari 39. Xususiy sherik: davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etishga; yer uchastkalarini, bo‘sh turgan binolarni, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarini, shuningdek, ularning foydalanilmayotgan binolari yoki korpuslarini bitim amal qiladigan muddatga bepul olishga hamda ulardan foydalanishga; binolar va inshootlarni xarid qilish, qayta qurish, zamonaviy o‘quv uskunalari va o‘qitish vositalarini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olishga; bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilishga haqli. davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan sport inshootlariga maxsus turniket va videokuzatuv vositalarini o‘rnatishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. Xususiy sherik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (39-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 40. Xususiy sherik: Oldingi tahrirga qarang. bitim va qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilishi; (40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) bitim amal qiladigan butun muddat davomida obyekt faoliyatining ixtisosligini saqlashi; jismoniy tarbiya va sport tashkilotida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilishi; Oldingi tahrirga qarang. jismoniy tarbiya va sport tashkilotini yuqori malakali pedagog kadrlar va boshqa kadrlar bilan to‘ldirish, o‘quv-mashq jarayonini qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishi; (40-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport mashg‘ulotlari hamda tadbirlarini o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi, shu jumladan iste’dodli yoshlarni aniqlashi va qo‘llab-quvvatlashi; ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportning innovatsion-pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatning samaradorligini va natijadorligini oshirish choralarini ko‘rishi; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning shug‘ullanishini ta’minlash, ular uchun to‘lovlarni imtiyozli shartlarda (ushbu joydagi davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari uchun belgilangan miqdordan ortiq bo‘lmagan hajmda) belgilashi; mashqlarni o‘tkazish muddatlari va shartlari, haq to‘lash miqdorlari, tomonlar huquqlari va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq shug‘ullanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishi; obyektning to‘liq yoki qisman moliyalashtirilishini, undan foydalanilishini, unga texnik xizmat ko‘rsatilishini, shuningdek, loyihalashtirilishi, qurilishi, qayta qurilishi, ta’mirlanishi, modernizatsiyalanishini ta’minlashi shart. Oldingi tahrirga qarang. Xususiy sherik qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. (40-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Bitim amal qiladigan muddat tugamasdan, xususiy sherik mulki bo‘lgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xususiy sherik qonunchilik hujjatlariga muvofiq almashtirilishi bundan mustasno. (40-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 41. Davlat sherigi: xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish jarayoni to‘g‘risida hisobot olishga; bitim shartlarini bajarish jarayoni yuzasidan monitoring o‘tkazishga va davlat-xususiy sheriklik loyihalarning amalga oshishini baholashga; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga; (41-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan obyekt bo‘yicha zararlar qoplanishini talab qilishga; bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimning sud tartibida bekor qilinishini talab qilishga; davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishini moliyalashtirishda ishtirok etishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. Davlat sherigi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (41-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 42. Davlat sherigi: xususiy sherikka obyektni bitimda belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda bepul taqdim etishi; Oldingi tahrirga qarang. xususiy sherikka soliq imtiyozlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa preferensiyalardan foydalanishida ko‘maklashishi; (42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) bino va inshootlarni xarid qilish, qayta qurish, zamonaviy sport anjomlari va jihozlari, o‘quv uskunalari va o‘qitish vositalarini xarid qilish uchun xususiy sherikka imtiyozli kreditlar olishida ko‘maklashishi; xususiy sherikning xo‘jalik faoliyatini olib borishiga aralashmasligi shart. Oldingi tahrirga qarang. Davlat sherigi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. (42-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 7-bob. Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining binolarini qurish uchun ijara huquqi asosida taqdim etish tartibi (7-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 43. Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari ajratiladi. 44. Davlat sherigi 30 yil muddatga bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida xususiy sherik — tanlov g‘olibining arizasini bitimda ko‘rsatilgan shartlarda taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi. 45. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi xususiy sherik arizasini va tanlov komissiyasi qarorini obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi taqdim etish bo‘yicha materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmasiga yuboradi. 46. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda Qurilish vazirligining hududiy organlari deb ataladi) yigirma ish kuni ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi hamda ushbu materiallarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi. Oldingi tahrirga qarang. 47. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch kun ichida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini davlat sherigiga doimiy foydalanish uchun taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. (47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. 471. Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha bitimga qo‘shimcha kiritilishini ta’minlaydi. (471-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. (48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 49. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bog‘liq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik tomonidan qoplanadi. 50. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini berishi shart. 51. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etadi. 52. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi majburiyatlar yuklanadi: tutash hududni qurish, jihozlash, obodonlashtirish hamda jismoniy tarbiya va sport muassasasini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish. Bitim mulkni bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigida qoldirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, xususiy sherik bitimni uzaytirish bo‘yicha ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. 8-bob. Davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi 53. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining topshirig‘iga binoan uning hududiy organi axborot olgan vaqtdan boshlab uch kun ichida davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyektni, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmaydigan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining binolarini balansda saqlovchiga (keyingi o‘rinlarda balansda saqlovchi deb ataladi) mulkni Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma talabni yuboradi. 54. Balansda saqlovchi o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda xatlov o‘tkazadi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organiga: xatlov komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini; xatlov komissiyasi majlislarining bayonnomalarini; xatlov komissiyasi a’zolari va rahbari tomonidan imzolangan mulkni xatlovdan o‘tkazish hujjatlarini; kadastr hujjatlari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlarni (agar mavjud bo‘lsa); yer uchastkasiga, yer osti boyliklariga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni; balansda saqlovchining jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha soliq organi tomonidan tasdiqlangan balansini; O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha davlat aktivlari bo‘lgan obyektlarning pasporti va fotosuratlarini (kamida to‘rtta) ilova qilgan holda taqdim etadi. 55. Xatlov balansda saqlovchi tomonidan oraliq balans tuzilgan sanada o‘tkaziladi, bunda balansning har bir qatori tegishli xatlov ro‘yxatlari bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 56. Balansda saqlovchi va xususiy sherik o‘rtasida xatlov hujjati tuzilgach, obyektni qabul qilish-o‘tkazish hujjati uning balans qiymati ko‘rsatilgan holda imzolanadi. 57. Obyektni qabul qilish-o‘tkazish hujjati imzolangach, besh ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organi xususiy sherikka “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan egalik qilish huquqi uchun davlat orderini beradi. 58. Bitimning amal qilish muddati tugashi bilan xususiy sherik o‘z majburiyatlarini va bitim shartlarini bajargan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organi davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan axborot bo‘yicha xususiy sherikning egalik qilish huquqi uchun davlat orderining asl nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qabul qiluvchi komissiyaning hujjati, shuningdek, audit xulosasi asosida “tasarruf etish huquqi bilan” belgisini qo‘yadi. 59. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini berishi shart. 60. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlari tashkil etadi. 61. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar yuklanadi: tutash hududni qayta qurish va jihozlash, obod qilish hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda foydalanilmaydigan bino va yer uchastkalari egalarining maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. 9-bob. Davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmaydigan binolarini (korpuslarini) uzoq muddat bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga o‘tkazish tartibi 62. Davlat sherigi 30 yil muddatga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida bitimni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat raqobat qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markaziga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun, shuningdek, obyektni balansida saqlovchiga yuboradi. 63. Tuzilgan bitim shartlariga muvofiq balansda saqlovchi o‘n kun muddat ichida xususiy sherikka obyektni taqdim etadi, xususiy sherik esa bitimning amal qilish muddati tugashi bilan yoki bitim muddatidan oldin bekor qilinsa, balansda saqlovchiga obyektni bitim shartlariga mos holda qaytarishi shart. 64. Obyekt xususiy sherikka beriladi va ushbu sherik tomonidan obyektning barcha buyumlari unga taalluqli bo‘lgan texnik hujjatlar bilan birga qaytariladi. 65. Obyekt tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida ikki tomonlama o‘tkazish to‘g‘risida hujjat tuzilgan holda o‘tkaziladi va qaytariladi. Mazkur hujjatda quyidagilar ko‘rsatiladi: hujjat tuzilgan joy va sana; bitim rekvizitlari (tuzilgan sana, raqam); davlat mulkining texnik holati. O‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatni tomonlarning vakolatli vakillari imzolaydi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi. 66. Balansda saqlovchi va xususiy sherik o‘rtasida o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjat imzolangach, bir hafta muddatda kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan belgilangan tariflar hisobga olingan holda, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar miqdorini, ularni kiritish tartibi va muddatlarini tartibga soluvchi bitim tuziladi. Elektr energiyani, suv va gazni hisobga oluvchi zarur uskunalar balansda saqlovchi yoki xususiy sherik tomonidan bitim shartlariga muvofiq o‘rnatiladi. 67. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart. 68. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etadi. 69. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar yuklanadi: davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmaydigan bino (inshoot)larini qayta qurish, hududni obodonlashtirish, davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasining binosini joriy ta’mirlash va muhandislik kommunikatsiyalarini tegishli holatda saqlash yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanilmaydigan bino (inshoot)larni bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish; ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda foydalanilmaydigan bino va yer uchastkalari egalarining maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. Oldingi tahrirga qarang. 10-bob. Ishlab turgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hududidagi yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi (10-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 70. Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish va nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilot binolarini qurish uchun yetarli hajmda ortiqcha maydonga ega bo‘lgan va ishlab turgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hududidagi yer uchastkalari taqdim etiladi. 71. Davlat sherigi 30 yil muddatga bitim tuzilgan sanadan boshlab bir kun ichida xususiy sherik — tanlov g‘olibining arizasini bitimda ko‘rsatilgan shartlarda yer uchastkasini taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. 72. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi obyektni qurish bo‘yicha yer uchastkasi taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organiga xususiy sherik arizasini va tanlov komissiyasi qarorini yuboradi. 73. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organi yigirma ish kuni ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi hamda xulosani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. Oldingi tahrirga qarang. 74. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari uch kun ichida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini davlat tomonidan sherikka doimiy foydalanish uchun taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. (74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. 741. Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha bitimga qo‘shimcha kiritilishini ta’minlaydi. (741-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. (75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 76. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bog‘liq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik tomonidan qoplanadi. 77. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart. 78. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etadi. 79. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar yuklanadi: nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini qurish va jihozlash, tutash hududni obodonlashtirish, ishlab turgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasi hamda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkiloti o‘rtasida to‘siq qurish, nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish; ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda balansda saqlovchi maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. Oldingi tahrirga qarang. 11-bob. Mavjud davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qayta qurish va jihozlash hamda keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari obyektlarini qurishga yer uchastkalarini ijara huquqi asosida taqdim etish tartibi (11-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 80. Xususiy sherik bilan aholi punktidagi yer uchastkasini taqdim etish hamda mazkur yer uchastkasida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotini qurish, qayta qurishga muhtoj bo‘lgan biriktirilgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasini qayta qurish va jihozlash, shuningdek, uni keyinchalik otaliqqa olish sharti nazarda tutilgan bitim tuziladi. 81. Xususiy sherikka 20 yil va undan ortiq davr mobaynida qayta qurish va kapital ta’mirlash bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmagan va kapital ta’mirga muhtoj bo‘lgan hamda yer uchastkasi ajratilayotgan tumanda joylashgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasi biriktiriladi. 82. Bitim tuzilgach, davlat sherigi bir kun muddatda xususiy sherik — tanlov g‘olibining arizasini yer uchastkasini bitimda ko‘rsatilgan shartlarda taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. 83. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi xususiy sherikning arizasini va tanlov komissiyasining qarorini obyekt qurilishiga yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organiga yuboradi. 84. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organi yigirma kun ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishib oladi hamda xulosani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. Oldingi tahrirga qarang. 85. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi uch kun ichida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini davlat sherigiga doimiy foydalanish uchun taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. (85-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. 851. Davlat tomonidan sherik unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha ijara shartnomasi imzolanishini ta’minlaydi. (851-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. (86-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 87. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bog‘liq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik tomonidan qoplanadi. 88. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart. 89. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar yuklanadi: tutash hududni qayta qurish va jihozlash, obodonlashtirish hamda biriktirilgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; o‘ziga ajratilgan yer uchastkasida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkiloti qurilishini va bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash; biriktirilgan jismoniy tarbiya va sport muassasasini otaliqqa olish, jumladan, uni bitim amal qiladigan muddatda, biroq 30 yildan kam bo‘lmagan davrda jihozlar, uskunalar, sport anjomlari va jihozlari, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash. 90. Ajratilgan yer uchastkasida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga davlat-xususiy sheriklikning boshqa shakllari asosida tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport muassasalari uchun belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. 12-bob. Konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino ajratish tartibi 91. Jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qurish, qayta qurish hamda jihozlash uchun davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida konsessiya asosida bitim tuzilishi mumkin. Konsessiya asosidagi bitim o‘n besh yil muddatga tuziladi. Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy tarbiya va sport muassasasini qurish uchun yer uchastkasi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratiladi. (91-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Jismoniy tarbiya va sport obyektini qayta qurish va jihozlash uchun xususiy sherikka bo‘sh turgan, shu jumladan foydalanilmayotgan, davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hududida joylashgan binolar ajratiladi. Yer uchastkasi yoki bino bepul taqdim etiladi. Xususiy sherik taqdim etilgan yer uchastkasiga va binolarga tasarruf etish huquqisiz egalik qiladi va ulardan foydalanadi. Jismoniy tarbiya va sport obyektini qurish, qayta qurish, jihozlash va undan foydalanish natijasida xususiy sherik tomonidan olingan daromadlar konsessiya bitimida belgilab beriladigan miqdorlarda uning mulki hisoblanadi. Xususiy sherikning jismoniy tarbiya va sport obyektini qurish, qayta qurish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlari davlat sherigining talabnomalari bo‘yicha 15 yil davomida bitimda belgilangan tartibda konsessiya asosida O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xususiy sherikka bitimda ko‘rsatilgan mazkur xarajatlarni to‘lash jadvali O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo sanoat vazirligi bilan kelishib olinishi lozim. 92. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: barcha zarurat tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarur bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart. 93. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik: jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etishi; asosiy faoliyatdan, shuningdek, boshqa qo‘shimcha faoliyatdan foyda olish huquqiga ega. Qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirish davlat sherigi bilan oldindan kelishib olinadi va bunday faoliyatni amalga oshirishda taqdim etilgan yer uchastkasining ko‘pi bilan 30 foizidan foydalaniladi. 94. Davlat-xususiy sheriklik konsessiya asosida amalga oshirilsa, xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: tutash hududni qurish, jihozlash, obodonlashtirish va jismoniy tarbiya va sport muassasasini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda konsessiya asosida foydalanishga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda balansda saqlovchi maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. 95. Konsessiya asosidagi bitimning amal qilish muddati tugashi bilan jismoniy tarbiya va sport obyekti davlat sherigi mulkiga o‘tkaziladi. 13-bob. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini moddiy ta’minlash shaklida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish 96. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini moddiy ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 97. Davlat-xususiy sheriklikni mazkur shaklda amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi: Oldingi tahrirga qarang. (97-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son) yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma; binolarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining pasportlari; yong‘in nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi; Oldingi tahrirga qarang. sanitariya-epidemiologiya xizmatining mavjud binolar va xonalarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi xulosasi; (97-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son) xususiy sherik trener xodimlarining tegishli ma’lumoti va ruxsatnomalari borligini tasdiqlovchi hujjatlar. 98. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida yetti kun ichida bitim tuziladi. 99. Bitim xususiy sherik zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab kuchga kiradi. 100. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart; Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etadi. 101. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi majburiyatlar yuklanadi: ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda balansda saqlovchining maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. 14-bob. Davlat-xususiy sheriklikni otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida amalga oshirish 102. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 103. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy beg‘araz yordami (faoliyati) orqali amalga oshiriladi. Bu ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va xayriya maqsadida boshqacha shaklda ko‘maklashish uchun mol-mulkni, shu jumladan pul mablag‘larini davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalariga beg‘araz yoki imtiyozli shartlarda o‘tkazishda ifodalanadi. 104. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi: Oldingi tahrirga qarang. yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno (agar ariza jismoniy shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa); (104-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son) o‘tkazib berilayotgan mulk va pul mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar; ishlar va xizmatlarni imtiyozli asosda taqdim etish shartlari; xususiy sherikning moliyaviy resurslari to‘g‘risida ma’lumotlar. 105. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi va tegishli hudud aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirish to‘g‘risida 1 yil muddatga bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 106. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda: o‘z xodimlarining farzandlarini otaliqqa olgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasida shug‘ullanishlari uchun ustuvorlikka ega bo‘lish; otaliqqa olgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasi ish rejimining o‘zgarishini kelishish; o‘z homiylik xayriyalaridan foydalanish maqsadi va tartibini belgilab olish; taqdim etilayotgan mablag‘lar va mol-mulkdan maqsadli foydalanish to‘g‘risida hisobot talab qilish huquqiga ega. 107. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda: bitimda belgilangan hajmlarda va muddatlarda homiylik yordamini ko‘rsatishi; otaliqqa olingan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasiga jismoniy tarbiya hamda sport xizmatlarini rivojlantirish va ularning sifatini oshirishdan boshqa maqsadlarda yordam ko‘rsatmasligi shart. 108. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: olingan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlashi; olingan homiylik xayriyalari hisobini yuritishi; homiylik xayriyalari olingan kundan boshlab o‘n kun ichida ular to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, agar Internet axborot tarmog‘ida o‘z rasmiy veb-saytlari mavjud bo‘lsa, mazkur veb-saytlarda axborot berishi; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xususiy sherikka tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishi shart. (108-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 15-bob. Yakunlovchi qoida Oldingi tahrirga qarang. 109. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. (109-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomga ILOVA Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish SXEMASI Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi 184-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlarga beriladigan foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan sport inshootlari Download 166.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling