Reja: 1 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o`rni
Download 225.18 Kb.
|
6 mavzu KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATI
Reja:1 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o`rni.2. Korxonalarda asosiy fondlarning eskirishi, ularni baholash va ta`mirlash.3. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo`llari va ko`rsatkichlri.4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati.MAVZU. KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATI Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo`lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o`zining natural-moddiy holatini yo`qotmaydi hamda o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o`tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o`tkazish jarayoni amortzitsiya deb, ushbu jarayonda to`plangan mablag`lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi. .1. Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o`rni Iqtisodiy maqsadlariga ko`ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o`z moqiyatiga ko`ra, korxonaning ishlab chiqarish potentsialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: •ishlab chiqarish binolari va inshoatlari; •uzatish qurilmalari; •quvvat mashinalari va uskunalari; •ishchi mashinalar va uskunalar; •transport vositalari; •o`lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari; •foydalanish muddati bir yildan kam bo`lmagan va qonunchilikda belgilab qo`yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari. Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo`lib, o`z qiymatini tayyor mahsulotga o`tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog`chasi va yaslilar, sportsog`lomlashtirish va boshqa ob`ektlar kiritiladi. Korxona asosiy fondlarining tarkibi. Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang`ich qiymat bo`yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo`lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli qolga keltirish bilan bog`liq bo`lgan-ularni keltirish, o`rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan qolda yuzaga keluvchi qiymat. Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang`ich qiymati – bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma`lum bir sanada sotib olgan va bu qaqda buxgalteriya qujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir. Download 225.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling