Reja: 1 «Demi plie»
Download 43.36 Kb.
|
Dastgox oldida mashqlarni (ekzersis) o\'rganish uslubiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- BATMAN TANDYU YONGA (ong oyoq yonga oyoq uchida)
«DEMI PLIE».
Y arira cho'qqayishlarda tovonlar poldan uzilmasligi kerak. Bu Axilliyev payini rivojlantiradi va i oyoq panjalarining tovondan sakrashdagi to'g'ri holatini shakllantiradi. Yarim cho'qayishda qo'l dastlab II holatga yoziladi. «GRAND PLIE» Chuqur cho'qqayib o'tirishda tovonlarni polda iloji boricha uzoq ushlab turish, toki ular beixtiyor poldan uzil-guncha. Tiklanislida tovonlarni iloji boricha ertaroq polga tushirishga tirishish kerak, lekin oyoqlarni tiklash sur'atini tezlashtirmay. Ikkala tovonni baravar poldan uzish va baravar polga tushirish zarur. Har doim sonlarning o'ta yozilgan va oyoq kaftlarining tashqariga yo'naltirilganlik holatini saqlash kerak. II holatda to'liq cho'qqayib o'tirishda tovonlar poldan uzilmaydi. IV holatda o'tirishda tana og'irligini oyoq panjalari orasida to'g'ri taqsimlab, ikkala oyoqda bir maromda o'tirish kerak. Keyinchalik cho'qqayishlar soni 2 barobar qisqartiriladi. Tayoq oldidagi va zal o'rtasidagi mashqlarga o'tirish bilan bog'liq harakatlar qo'shiladi. shuninguchun ortiqcha o'tirishlar soniga qiziqmaslik kerak: bu oyoq bo'g'inlarini bo'shashtiradi. Kundalik mashqlar va butun o'quv bosqichi davomida tayoq oldidagi o'tirishlarni navbatlash tavsiya qilinadi: bir kun o'ng oyoqdan bajarish, boshqa kuni - chap oyoqda va h.k.; Bu ikkala oyoqning birxil rivojlanishini ta'minlaydi. «BATTMENT TENDU» Battment tendu (batman tandyu) fr. «Battment»- urish, qayta-rish, uning yonidagi ikkinchi so'z esa harakat xususiyatini bildiradi. Harakatning asosiy maqsadi, oyoqlar kuchi va tortiluvchanligi, tizzalar, panja, bannoqlarning buriluvchan boiishini ta'minlaydi. BATMAN TANDYU YONGA (o'ng oyoq yonga oyoq uchida) BATMAN TANDYU OLDINGA (o'ng oyoq oldinga oyoq uchida) BATMAN TANDYU ORQAGA (o'ng oyoq orqaga oyoq uchida) Download 43.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling