Reja: 1 Favqulotda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini tashkil etish


Download 115.18 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi115.18 Kb.
#1158155
Bog'liq
FAVQULOTDA QUTQARUV


Mavzu: Favqulotda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini tashkil etish
Reja:
1 Favqulotda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini tashkil etish
2 Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish
3 Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganida harakat qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi, sohaning zarur me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha imkoniyatlarini mustahkamlash borasida ko‘lami va mazmuniga ko‘ra salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjud: 

birinchidan – tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan bo‘lishiga qaramasdan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning ta’sirchan tizimi yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar, ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash to‘liq amalga oshirilmayapti; 

ikkinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng ko‘lamli va samarali amalga oshirishni ta’minlamayapti; 

uchinchidan – ayrim shahar va tumanlarda quyi bo‘g‘in mavjud emasligi va rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik chora-tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik qilishni ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining professional qutqaruv otryadlari ma’muriy markazlarda joylashgani olis tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, ularni faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan cheklaniladi; 
beshinchidan – hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim bo‘lgan boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi ta’sirchan mexanizmlar mavjud emas
oltinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari va aloqa vositalari bilan ta’minlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda;
yettinchidan – aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan amalda to‘liq foydalanilmayapti; 

sakkizinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash, ularning xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim bo‘lgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda; 


to‘qqizinchidan – aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, kelgusida ushbu sohada ishlovchi professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi mavjud emas. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida: 

1. Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin: 


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini favqulodda vaziyatlar tahdidi va xavfini oldindan bartaraf etadigan, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat olib boradigan, uning har bir xodimi “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida xizmat qiladigan mobil, zamonaviy professional xizmatga aylantirish; 
aholi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotlarni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; 
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavflar manbalari mavjudligini hisobga olgan holda, tuman va shaharlardagi kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish
favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfining chuqur tahlilini va aniqlashni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari bo‘yicha rayonlashtirish; 
fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar ko‘rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini oshirishni ta’minlash; 

Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, shuningdek, kichik hajmli kemalarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va suv havzalarida odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat nazorati va kuzatuvini kuchaytirish; 


aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vakolatiga ega rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish; 
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, shuningdek, vazirlik uchun kadrlarni shakllantirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish; 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, gidrometeorologik va seysmologik xizmatlarning moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash, o‘quv va ilmiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, ilmiy xodimlar, mutaxassislar va qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish;favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ular yuz berganda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirish. 


2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga belgilangan tartibi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmat markazi tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda;


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov
nomidagi Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i. 
Belgilansinki, Gidrometeorologik xizmat markazi va uning tarkibiy tuzilmalari, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i mavjud shtat birligi va moddiy-texnik bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi bilan o‘tkaziladi. 

3. Berilayotgan Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tashkil etilsin. 


Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi. 

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2915-qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga topshirilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 


O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati tarkibida Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tashkil etilsin. 
5. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin: 
tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sog‘ligini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash; 
aholiga fuqarolarning hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada o‘zaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish; 
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini ta’minlash; 
favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish; 
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy xokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, gidrotexnik inshootlar, kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, o‘tkazish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish; 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda aholini, mansabdor shaxslarni hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish; 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat va hududiy komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 1-3 ilovalarga muvofiq ma’qullansin. 
Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: 
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash; 
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 
har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida) hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va o‘tkazish; 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; 
moliyaviy va moddiy resurslar davlat zaxiralarini tashkil etishni ta’minlash, shuningdek, ulardan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilash. 
Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin: 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarning mustahkamligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; 
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga idoraviy boshqaruv organlari, kuch va vositalar shayligini ta’minlashda ishtirok etish, obyektlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, jumladan, obyekt xodimlarini evakuatsiya qilish harakatlarini muvofiqlashtirish; 
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun idoraviy moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini tashkil etish va ulardan foydalanishga rahbarlik qilish; 
favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholini, jumladan, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda bevosita ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini nazorat qilish va tekshirish. 
Quyidagilar shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin: 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariya, halokat, tabiiy ofatlar zarari va oqibatlarini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish; 
boshqaruv organlari kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini ta’minlashda ishtirok etish; 
avariya-qutqaruv tuzilmalarini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish tadbirlarini ta’minlash xarajatlarini qoplashda ishlatiladigan moliyaviy va moddiy-texnik resurslar zaxira jamg‘armalarini tashkil etish.

7. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar nazarda tutilsin: 


O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkiliy-shtatlar tuzilmasini takomillashtirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish; 
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning malakasini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish; 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda fan va texnika yutuqlarini tatbiq etish; 
qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini takomillashtirish. 
Belgilansinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar. 

8. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (A.J.Ramatov): 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari vazirlik va idoralar bilan birga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning to‘laqonli va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlasin; 
vazirlik va idoralar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining yetakchi olimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhi tuzsin, ularning samarali ishlashini tashkil etsin; 
qonun hujjatlarining chuqur tanqidiy tahlilini, amaliyotda qo‘llashni va ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, shu asosda Dasturda nazarda tutilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni ta’minlasin; 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muntazam va sifatli tayyorlash, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kiritish yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin. 

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov): 


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini bir hafta muddatda kiritsin; 
bir oy muddatda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlasin; 
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar kiritsin; 
uch oy muddatda vazirlik bo‘linma va muassasalarining o‘ziga xos xususiyati va maqsadlarini hisobga olgan holda to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish tadbirlari to‘g‘risidagi dasturni tasdiqlasin. 

10. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Mahmudov zimmasiga yuklansin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2017-yil 1-iyun 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish va samarali bartaraf etish aholining tinch va xavfsiz hayot kechirishini ta’minlash, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishda muhim ahamiyatga ega. 


Iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanayotgani, ishlab chiqarish texnologiyalarining murakkablashib borayotgani, ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlariga yaqin joylashtirilayotgani, aholi soni ko‘payib, urbanizatsiya jarayoni tezlashayotgani, xavfli tabiiy jarayonlarning tez-tez sodir bo‘layotgani va ko‘lami kengayib borayotgani, shuningdek, transchegaraviy xavflarning mavjudligi tabiiy hamda texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lish xavfini yanada oshirmoqda. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi va hududlarni tabiiy ofatlar, texnogen avariya va falokatlardan himoya qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi, zarur me’yoriy-huquqiy baza shakllantirildi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, aholini falokatlar paytida harakat qilishga tayyorlash borasida ko‘lami va mazmuni jihatidan ulkan ishlar amalga oshirildi. 
Shu bilan birga, amaldagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatining tahlili mamlakat aholisi va hududlarini tabiiy ofatlar, texnogen avariya va halokatlardan muhofaza qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator muammoli masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda. 
Xususan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini yanada modernizatsiya qilish talab etiladi. Ushbu tizim bugungi kunda xavfli gidrometeorologik holatlarning mavjud xavf-xatarlarini hamda ular yuz berganda harakat qilish mexanizmlarini manzilli aniqlash imkonini bermaydi. 

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasidagi muammolarni hal qilish uchun mamlakatimizning mavjud ilmiy salohiyatidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik ta’minoti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash, fuqarolarni bunday vaziyatlar ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, xavfli tabiiy jarayonlar kuchayishi bilan bog‘liq mavjud xatarlar, shuningdek, texnogen avariya va halokatlar xavfi to‘g‘risida o‘z vaqtida va aniq xabardor qilish tizimi bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi. 

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 
Hujjatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilandi. 
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining Tezkor xabarlar xizmati O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o‘tkazildi. 

Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning vazirlik tizimiga o‘tkazilishi munosabati bilan tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv havzalarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash hamda boshqa vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yangi asosiy vazifalari etib belgilandi. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni favqulodda vaziyatlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan tumanlarda (shaharlarda) favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘shimcha bo‘limlar va qutqaruv otryadlari tashkil etish orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining salohiyatini mustahkamlash va quyi bo‘g‘inlarini kengaytirishga qaratilgan. 
Mazkur farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman shahar hokimliklari huzurida ham shunday hududiy komissiyalar tashkil etilganini ta’kidlash zarur. Ularning tarkibiga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlashda ishtirok etadigan barcha darajadagi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari kiritildi. 
Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi: 
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash; 
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar shaharlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilishi bo‘yicha takliflar tayyorlash; har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida), aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va o‘tkazish; 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish. 
Hujjatda aholi bilan muloqotni mustahkamlash va kengaytirish, “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish vazifalarini bajarishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. 
Mazkur farmonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 
Farmonni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari imzolandi. 
Mazkur hujjatlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi amaldagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini tubdan oshirish, shuningdek: 
birinchidan – xalq bilan muloqotni mustahkamlash va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni o‘z vaqtida tizimli asosda qabul qilish; 
ikkinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash borasidagi ishlarni sezilarli darajada yaxshilash va sifatini oshirish, gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar bo‘yicha ishlarni tizimlashtirish, yirik gidrotexnik inshootlar va suv obyektlarida favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lish xavf-xatarlarini barvaqt aniqlash; 
uchinchidan – favqulodda vaziyatlarda kompleks harakat qilish tezkorligini oshirish va ularning zararini kamaytirish; 
to‘rtinchidan – mahalliy korxonalar negizida asosiy turdagi avariya-qutqaruv texnikasi, mulk va uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishlarini tashkil qilish imkonini beradi.
Download 115.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling