Reja 1 Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Umumiy o’rta ta’lim maktablari 5-6-sinflarda geometrik materialni hamkorlikda o’qitish texnologiyasi asosida dars ishlanmalar loyihasi Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi


Download 60.95 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi60.95 Kb.
#223992
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi

ISHLANMASI

I. Mavzu:  Uchburchak va uning turlari

1.     Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad :

-o‘quvchilarni quyidagi tushunchalar  bilan  tanishtirish;

– uchburchak  va uning elementlari haqida  tushuncha;

uchburchakning turlari;

– uchburchak perimetrini  hisoblashni  o‘rgatish;

b) Tarbiyaviy maqsad:

– o‘quvchilarni vatanparvarlik va estetik ruhda tarbiyalash;

– jamoa  bilan ishlash ko‘nikmasini hosil  qilish;

c) Rivojlantiruvchi maqsad:

– o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini  umumlashtirib, xulosa  chiqara  olish;

– chiqarilgan  xulosalardan amalyotda  to‘g‘ri  foydalana olish.

d) Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad:

– o‘quvchilarni kelajakda kerak bo‘ladigan muhim kasblarga yo‘naltirish

Mavzuni  o‘rganish  jarayonida o‘quvchilar quyidagi  bilim va ko‘nikmalarga ega  bo‘lishlari  kerak.



Bilimlar: 

– uchburchak  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lish;

– uchburchakning turlari  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lish.

–  uchburchakning  perimetri  nima  ekanligini  bilish;

 Ko‘nikmalar:

– uchburchaklar  shaklini  chiza  olish;

– uchburchaklarni tomonlari va burchaklari bo‘yicha  turlarga  ajrata  olish.

– chizg‘ich  yordamida  berilgan uchburchakning  perimetrini o‘lchay  olish;



Malakalar:

– uchburchak va uning turlari mavzusiga oid sodda masalalarni mustaqil yecha olish.




Download 60.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling