Reja: 1 J. M. Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asari
Download 23.34 Kb.
|
JON MEYNARD KEYNS TA’LIMOTI VA KEYNSCHILIK
MAVZU: JON MEYNARD KEYNS TA’LIMOTI VA KEYNSCHILIK J.M.KEYNS TA’LIMOTI. Reja: 1 J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asari. 2 Yangi keynschilik. 3 Keyns g‘oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati. 4 Keynschilik onsepsiyasining Monetarizmdan farqi. 5 J.M.Keyns ta’limoti. Jon Meynard Keyns (1883-1946) – hozirgi zamonning buyuk olimi-iqtisodchisi. Uning dunyoqarashi o‘zi oldin bilim olgan, keyin o‘qituvchilik qilgan Kembridj universitetida shakllandi. U A.Marshall qo‘lida ta’lim oldi. Ammo uning izidan bormadi, o‘ziga xos yo‘nalishda nazariya yaratdi. J.M.Keyns o‘z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular «Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1921), «Erkin tadbirkorlikning tugatilishi» (1926), «Pul to‘g‘risida traktat» (1930) va b. Uning «Ish Bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yili Chop etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta’minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdir. Keyns ta’limotining asosiy va Yangi g‘oyasi shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o‘z-o‘zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o‘sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi. 2. J.M.Keynsning «Ish Bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yil Chop etildi. Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, J.M.Keynsning Ushbu asari 20-asr iqtisodiy fanida katta burilish yasadi va ko‘p jihatdan hozirgi davrda ham mamlakatlar iqtisodiy siyosatini ifodalaydi. J.M.Keyns birinchi bo‘lib makroiqtisodiy uslubni qo‘lladi, ya’ni xalq xo‘jaligi yalpi miqdorlari: ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg‘arma, yalpi investitsiya, jami iste’mol harajatlari va b. o‘rtasidagi bog‘liqlik va nisbatlarni tadqiq etdi. Keyns o‘z tahlilining boshlang‘ich nuqtasi qilib ish Bilan bandlik muammosini tanladi, chunki ishsizlik o‘sha paytda nihoyatda ko‘paygan edi. Aynan iste’mol buyumlariga talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Keyns asarning boshidayoq klassik maktab ta’limotiga qarshi ekanligini bayon etdi. J.M.Keyns fikriga ko‘ra, inqiroz paytida davlat yalpi talabni pul-kredit va byudjet siyosati vositasi yordamida tartiblab turishi kerak. U, eng avvalo, xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Yalpi talabni rag‘batlantiruvchi vositalardan biri kambag‘allar, ya’ni jamg‘armaydiganlar uchun soliqlarni kamaytirish, boylar uchun esa soliq stavkasini oshirish (bu jamg‘armani kamaytiradi) taklif qilindi. J.M.Keyns insonning psixologik moyilligini o‘rganib, uni daromad o‘zgarishi bilan bog‘laydi. Iste’mol o‘zgarishi bilan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatni iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik, deb ataydi va uni qo‘yidagi formula bilan ifodalaydi: MRS = delta S / delta Y Agar daromad o‘zgarsa, iste’mol ham shu yo‘nalishda o‘zgaradi, lekin iste’mol o‘zgarishi daromad o‘zgarishi darajasidan past bo‘ladi. Iste’mol va umumiy daromad o‘rtasidagi nisbatni u iste’molga bo‘lgan o‘rtacha moyillik deb atadi: ARS = S / Y Shu bilan birga J.M.Keyns o‘z nazariyasida jamg‘armaga bo‘lgan moyillik tushunchasini ham ilgari surdi. MRS = delta S / delta Y, va ARS = S/ Y Agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‘aradilar, ya’ni Delta S q delta S = delta Y. J.M.Keynsning asosiy psixologik qonuniga muvofiq, daromadlarning o‘sib borishi bilan jamg‘armaga bo‘lgan moyillik oshib boradi, ya’ni milliy daromadning jamg‘ariladigan qismi ko‘payadi. Milliy daromad 0 100 200 300 400 500 Iste’mol (S) 50 100 150 200 250 300 Jamg‘arma (S) -50 0 50 100 150 200 Keyns jamg‘arma va investitsiya o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlab, agar jamg‘arma bilan investitsiya o‘rtasida katta, sezilarli uzilish paydo bo‘lsa, u o‘z navbatida iqtisodiy inqirozga olib kelishini isbotlab berdi. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan kam bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan kam va milliy daromad kamaya boradi. Agar investitsiyalar jamg‘armalarga teng bo‘lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o‘zgarmay qoladi. Multiplikator J.M.Keyns investitsiyalarning ko‘payishi bilan milliy daromadning ko‘payishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi. Investitsiyalarning ko‘payishi milliy daromadning o‘sishiga olib keladi va u qo‘yidagi formula ko‘rinishida ifodalanadi: D. Y = D. I Investitsiyalarning ko‘payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining ish bilan bandligining o‘sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko‘riladi. Iqtisodiy samara multiplikator deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsiyenti bo‘lib, daromad o‘sishi bilan ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o‘simi o‘rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931 yili ishlatgan (ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator). M = dY / d I, yoki M = 1/MRS Multiplikator nazariyasiga ko‘ra, kishilarning jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi qancha ko‘p bo‘lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‘ladi. To‘la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo‘sh turgan resurslarning bo‘lmaganligi sababli ishlab chiqarishni ortiqcha kengaytirib bo‘lmaydi. Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQShning multiplikatorini aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o‘sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 marta ortiq degani, ya’ni 1 dollar investitsiya 2,5 dollar daromad keltiradi (ish bilan bandlikni o‘stirish – asosiy maqsad). Likvidlik ustunligi nazariyasi D.M.Keyns «likvidlik usutnligi» (odam o‘zida naqd pul bo‘lishini xohlash) tushunchasini kiritdi. O‘z ishlarining yurishib ketishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Kishilarning o‘z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo‘yicha, qo‘yidagi sabab (motiv)larga bog‘liq: • harid qilish zarurligi (transaksion motiv); • kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan); • olib sotarlik sababi. Likvidlikka bo‘lgan talab bilan foiz stavkasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, odamlarda o‘z aktivlarini naqd shaklda saqlashga bo‘lgan xohish shuncha kam bo‘ladi va aksincha. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari J.M.Keyns ta’limotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi ko‘rsatib berildi. Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo‘lgan «aralash iqtisodiyot»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. J.M.Keyns fikriga ko‘ra, iqtisodiy jarayonlarning davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalarordamida vositalarni qidirishga, aholining to‘la ish bilan bandligiga erishishga, foiz normasini pasaytirish va belgilashga bog‘liq. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns konsepsiyasi bo‘yicha, ssuda foizi qancha past bo‘lsa, investitsiyalarga bo‘lgan qiziqish shuncha yuqori bo‘ladi, bu o‘z navbatida ish bilan bandlikni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi. 20 asrning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida Yangi keynschilik shakllandi. 50-yillarda keynschilik g‘oyalari rivojlantirilib, yangi g‘oyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi mexanizmlarni aniqpash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «multiplika-tor-akselerator» tizimini hisoblashga asoslangan va o‘ziga xos keynschilikning o‘sish nazariyalari, jamg‘arish qamda iste’mol o‘rtasidagi o‘zoro bog‘lanish harakteristikalaridan foydala-nib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi. Uning ancha ko‘zga ko‘ringan vakillari amerikalik E.Xansen (1887-1975), P.Samuelson (1915), Yevsey Domar (1914), S.Harris (1897-1974), R.Solou (1924), ingliz Robert Harrod (1900-1978)lar hisoblanadi. Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtisodiy miqdorlarning (yalpi talab, yalpi taklif, jamg‘arma) o‘zaro ta’siri hisoblanadi. Ular iqtisodiy o‘sish nazariyasini ishlab chiqdilar. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari investitsiya hisoblanadi. Yangi keynschilar multiplikator tamoyilini akseleratsiya tamoyili bilan to‘ldirdilar. Akselerator prinsipiga ko‘ra daromadlarning o‘sishi konkret sharoitda investitsiyaning ko‘payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi shundan iboratki, daromadlarning ko‘payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va Yangi investitsiyalarga bo‘lgan talab kelib chiqadi (Yangi investitsiyalarni ko‘payishi – asosiy maqsad). Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash chora-tadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir o‘tqazish usuliga soliq siyosati, byudjet orqali moliyalashtirish, kredit siyosati va b. kiritdilar. Ularning naza-riyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo‘’tadil) sur’atlarda o‘sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish)ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xu-losalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to‘la foydalanishga erishish mumkin. Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo‘yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlar-dagi jamg‘arma hissasi va kapital quyilmalarning o‘rtacha sa-maradorligi uzoq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinomik barqarorlik va doimiy o‘sishga erishish avtomatik ravishda bo‘lmasligi, balki davlat-ning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinli-gini ta’kidlaydilar. Domar va Harrod modellaridagi farq-boshlang‘ich pozitsiya-lardagi ayrim ko‘rsatkichlardir. Masalan, Harrod medelida in-vestitsiya va jamg‘armalar tengligi g‘oyasi, Domarda esa pul daro-madlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daro-mad o‘sishini ta’minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa ko‘zda tu-tiladiki, o‘sshi bandlikka yordam beradi, bu esa o‘z yo‘lida, kor-xonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldi-ni oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so‘zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo‘yicha, iqgisodiy jarayonlar investitsiya va jamg‘armalar orasidagi proporsiyalar xususiyati hamda dina-mikasiga bog‘liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o‘sishi, baholar darajasi o‘sishiga sabab bo‘ladi, jamg‘armalar o‘sishi esa korxonalarning to‘la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir. Keyns g‘oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati. Keyns ta’limoti inqirozlar, urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki favqulotta holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‘lishi kerak. Amalda esa ayniqsa, 2-jahon urushidan so‘ng G‘arb mamlakatlarini sotsialistik orentatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat byudjeti qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sgan, inflyatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqsa. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish (inflyatsiyaga olib keladi), ya’ni emissiya yo‘li ko‘pchilikka oson ko‘rinadi. Bu konsepsiya ma’lum davr mobayniyaa inflyatsiya bo‘lmagan holda minimal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi. 70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo‘yicha neoliberalizm g‘oyalari asosiy bo‘lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko‘pgina mam-lakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflyatsiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqgisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiya-lar kamayganligi ular g‘oyalarining sayozligidan dalolat bera-di, deb hisoblaydilar. 70-80-yillar neoliberal g‘oyalar iqtisodiyetda tobora us-tunligini egallay boshladi. Ko‘p davlatlarda iqgisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o‘tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning ikqisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Keynschilik onsepsiyasining Monetarizmdan farqi. Monetarizm va keynschilik konsepsiyalarining umumiy tomonlari shundan iboratki, har ikala nazariya, eng avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida qo‘llanishga qaratilgan. Ma’lum ma’noda har ikala nazariya bir-birini o‘zaro to‘ldirib turadi. Agar J.M.Keyns daromadlarning harajatlarga miqdoriy bog‘liqligini asoslab bergan bo‘lsa, M.Fridman esa daromadlarning pulga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. J.M.Keyns, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, «aralash iqtisodiyot», bandlik, milliy daromad, investitsiya, foiz, likvidlik, multiplikator – akselerator. Download 23.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling