Reja 1 “Marketing asoslari” fanining predmeti, obyekti va vazifalari
Download 74.52 Kb.
|
1-maruza
Mavzu boʻyicha xulosalar
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda isteʻmolchilarni tovar va xizmatlar bilan oʻzaro harakati bilan bogʻlanadi. Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bogʻliqdir, shu bois marketing soʻzini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market soʻzi – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat maʻnosini anglatadi). Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yoʻnalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot boʻyicha amaliyot faoliyati hamdir. Marketing – bu bozorni oʻrganish, u orqali isteʻmolchilarga taʻsir etishdan iboratdir. Zamonaviy marketing – bu bozor raqobati sharoitida bozorni kompleks tadqiq etish orqali, isteʻmolchilarni real talab, ehtiyojlarini maksimal qondirishga qaratilgan xoʻjalik faoliyatini boshqarishni tashkil etish tizimidir. Marketingni asosiy maqsadi – isteʻmolchini, yaʻni xaridorni vujudga keltirishdir. Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi boʻlib, isteʻmolchilar va ularning talab istaklarini oʻrganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat koʻrsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni oʻzaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketing konsepsiyasi (marketing faoliyati konsepsiyasi) – bu shunday yoʻl yoki yondashuvki, uning asosida korxona oʻzining marketing faoliyatini yurgizadi. Marketing kompleksi – bozorga taʻsir etish choralari va amaliy vositalar yigʻindisi sifatida bozor holatiga firmani moslashuvidir. YAxshi marketing kompleksi firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi. Marketing-miks keng qoʻllanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini oʻz ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bogʻliq boʻlgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, oʻrovi, xaridorlrga xizmat koʻrsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar. Download 74.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling